Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


Download 437.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana24.02.2023
Hajmi437.71 Kb.
#1227453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
LO41438372

REPUBLIC OF UZBEKISTAN
100095, Тoshkent shahar, Talabalar shaharchasi,
Talabalar koʻchasi, 70 Теlefon: (998-71) 246-95-43 Faks: (998-
71) 246-64-75 e-mail: mm.markaz@umail.uz
100095,Tashkent city,Talabalar city,Street Talabalar,70
Phone:(998-71) 246-95-43 Fax: (998-71) 246-64-75 e-mail:
mm.markaz@umail.uz
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: LO41438372


Markazning 2023-yil 22-fevral
1/03-22-sonli xatiga ilova
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,
IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
MAʼLUMOTLAR
YOQILG‘I-ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHASIDA
DAVLAT NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHCHORA-
TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
https://uza.uz/oz/posts/yoqilgi-energiya-resurslaridan-foydalanish-sohasida-davlat-
nazorati-samaradorligini-oshirishchora-tadbirlari-togrisida_454401
2023-YILDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI VA
ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI
JADALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
https://uza.uz/oz/posts/2023-yilda-qayta-tiklanuvchi-energiya-manbalarini-va-
energiya-tejovchi-texnologiyalarni-joriy-etishni-jadallashtirish-chora-tadbirlari-
togrisida_455004
IJTIMOIY SOHALARDAGI VAZIFALAR BELGILANDI
Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sohalarga mas’ul rahbarlarni qabul
qildi.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy
islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq
ixcham va samarali boshqaruv tizimiga o‘tilmoqda. Birinchi bosqichda vazirliklar
isloh 
qilinmoqda.
Xususan, bir-biriga yaqin sohalar negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Madaniyat va turizm vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashkil etildi.
Prezidentimiz O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida “ijtimoiy davlat”
tamoyiliga alohida e’tibor qaratgan edi. Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson
salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot
kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, demakdir. Bu esa ta’lim va tibbiyot sifati, ilm-
fan va madaniyat rivoji, yoshlar hayotida aks etadi.
Yig‘ilishda ushbu sohalardagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Mamlakatni olg‘a boshlovchi, islohotlarni amalga oshiruvchi asosiy kuch bu –
bilimli va sog‘lom avlod. Shu bois ta’lim tizimining barcha bosqichlari isloh qilinib,
izchil rivojlantirilmoqda. So‘nggi yillarda ko‘plab bog‘cha va maktablar qurildi.


Yangi universitetlar tashkil etildi. Maktablarda o‘quvchi o‘rni, oliy ta’lim qamrovi
oshdi. Endi asosiy e’tibor sifatga qaratilmoqda.
2022-yilda 386 ming nafar maktab bitiruvchilaridan 137 ming nafari oliy
ta’limga, 20 ming nafari kollej va texnikumlarga qamrab olingan. Lekin
bitiruvchilarning 50 foizi hech qanday kasb-hunarsiz mehnat bozoriga kirib kelgan.
Jahondagi shiddatli raqobat sharoitida yetuk mutaxassislar tayyorlash,
o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashishni bugun hayotning o‘zi taqozo
etmoqda. Shuning uchun, 2023-yildan boshlab, o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta
kasbga o‘rgatish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining eng ustuvor vazifasi
bo‘lishi ta’kidlandi.
Bunga hamohang ravishda, oliy ta’lim tizimi ham o‘zgarishi kerak. Shu bois
institut va universitetlarning faoliyatini isloh qilib, malakali kadrlar tayyorlash, ilm
bilan ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
So‘nggi yillarda olimlarning ish haqi 4,5 barobar oshirilgan. Bu yil ilm-fan va
innovatsiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratilmoqda. Bundan foydalanib, suv va energiyani
tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi dolzarb
yo‘nalishlarda ilmiy asoslar yaratish zarurligi qayd etildi.
Yosh avlodni yuksak madaniyat ruhida tarbiyalash masalasiga ham to‘xtalib
o‘tildi. Teatr, musiqa va kino sohalarini rivojlantirish, maqom va baxshichilikni asrab-
avaylash muhimligi ta’kidlandi. Xalqimiz madaniyati va tabiat maskanlarini keng
targ‘ib qilib, turistlarga sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Sog‘liqni saqlash sohasida ham dolzarb masalalar ko‘p. bugungi kunda
aholining 56 foizida ortiqcha vazn, 30 foizida surunkali kasalliklar bor. Shu bois
“To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakati boshlanishi
ma’lum qilindi.
Tibbiyot ta’limiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish, tizimni raqamlashtirish va
tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yish orqali xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar
berildi. Aholini qiynab kelayotgan onkologik, yurak-qon tomir va endokrin kasalliklar
bo‘yicha erta o‘limni keskin kamaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Download 437.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling