Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI IJROSI


Download 437.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana24.02.2023
Hajmi437.71 Kb.
#1227453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
LO41438372

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI IJROSI
KO‘RIB CHIQILDI
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkil etish masalalari bo‘yicha 15-fevral kuni yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati manzilli va keng qamrovli.
Xususan, o‘tgan yili 9 ming 406 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga
qo‘yilib, ularning muammolarini joyida hal etish imkoniyati yaratildi. Natijada
yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30 kundan 5 kunga qisqardi. Ayni
paytda yetakchilarning tavsiyasi asosida yigit-qizlarga 25 ta yordam turlari
ko‘rsatilmoqda.
Yosh avlodning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va bandligini
ta’minlash maqsadida 14-30 yoshdagi 9 million nafar yoshlarning balansi
shakllantirildi. Bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorini yuzaga chiqarish
maqsadida 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazib kelinmoqda.
Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni davom ettirib, sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish zarurligi ta’kidlandi. 
Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan
ta’minlashga qaratilgan “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusini
bildirdi.
Yoshlarni e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan to‘la qamrab olish maqsadida ular
“mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali davlat idoralariga biriktirilishi belgilandi.
Yoshlarga ajratilayotgan mablag‘larning shakllanishi va moliyalashtirish
jarayonlarini raqamlashtirib, maqsadli yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi. Yigit-qizlarning
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish
bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yoshlarimiz san’at, adabiyot, sport sohalarida ham intiluvchan. Ularga bunday
imkoniyatlarni yaqinlashtirish maqsadida hududlarda “Madaniyat karvoni” tadbirlari,
festivallar, intellektual va sport musobaqalari o‘tkaziladi. Yoshlar saylgohlari, kreativ
parklar tashkil etiladi.
Yoshlarni yot g‘oyalar xurujidan ishonchli himoya qilish uchun muqobil axborot
resurslari yaratib, boyitib borish muhimligi aytildi.


Yig‘ilishda mutasaddilar joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
axborot berdi.

Download 437.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling