Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga
ENERGETIKA SOHASIDAGI YIRIK LOYIHALAR ELEKTR
Download 437.71 Kb. Pdf ko'rish
|
LO41438372
ENERGETIKA SOHASIDAGI YIRIK LOYIHALAR ELEKTR
TA’MINOTIDA BARQARORLIKNI TA’MINLAYDI Prezident tashrifidan so‘ng... Elektr energiyasi mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham, aholi uchun ham eng zarur manbalardan biri sanaladi. Uning barqaror ta’minoti bir qator omillarga bog‘liq. Mamlakatimizning bir yillik elektr energiyasi iste’moli o‘tgan yili 67 milliard 985 kVt soatni tashkil qilgan. Bu resursga bo‘lgan talab yiliga 5-6 foizga ortib bormoqda. Bu o‘rinda yildan yilga aholi soni va ehtiyojlarning ortishi, iqtisodiyotning o‘sishini hisobga olish lozim. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 2030 yilga kelib yillik elektr energiyasi bo‘yicha iste’mol hajmi 120 milliard kVt soatdan ziyodga yetishi taxmin qilinmoqda. Bu raqamlar sohada amalga oshirilayotgan har bir loyiha, qilinadigan ishlar nechog‘lik dolzarb va ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi. Mamlakatimizga qish mavsumining ancha sovuq kelishi elektr energiyasi ta’minotida mavjud muammolarni yaqqol yuzaga chiqardi. Xususan, joylarda ayrim transformatorlar eskirgani, oqibatda yuklanishni ko‘tara olmagani sababli elektrda uzilishlar kuzatildi. Davlatimiz rahbari huzurida bu kabi muammolarga samarali yechim topish, tezkor choralar ko‘rish uchun bir qator yig‘ilishlar o‘tkazildi. Soha mas’ullariga tegishli topshiriqlar berildi. Tarmoq uchun zarur jihozlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha vazifalar ham belgilandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-fevral kuni poytaxtimizning Sergeli tumanidagi “Aysel Energy” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishgan edi. Tashrifdan so‘ng korxona mas’ullari bilan suhbatlashar ekanmiz, bu uchrashuv kelgusida mamlakatimizda energetik muammolarning oldini olishga qaratilgan ishlarning bir qismi bo‘lganini ta’kidladi. Asosan turli xildagi elektr transformatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxona 2019 yilda ish boshlagan edi. Sakson nafardan ortiq xodim mehnat qilayotgan korxona yiliga 10 ming dona elektr uskuna ishlab chiqarish hajmiga ega. bugungi kunda mahsulotlar asosan ichki bozorga yo‘naltirilmoqda. Istiqbolda Rossiya va Turkiya davlatlariga eksport yo‘lga qo‘yiladi. Ayni paytda savdo aylanmamiz oyiga 20-30 milliard so‘mni tashkil qilmoqda, – deydi “Aysel Energy” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Denis Golovin. – Biz ishlab chiqarayotgan mahsulotlar katta yuklamalarda ham ishlay oladi, shuningdek, energiya tejamkor. Nafaqat yirik sanoat korxonalari, balki uy-joy quruvchi shirkatlar bilan ham hamkorlik qilamiz. Mahsulotlar uchun zarur metall xom ashyoni, misni mamlakatimizdagi yirik ishlab chiqaruvchilardan olamiz. Bu jarayon mahalliylashtirish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Prezident korxonamiz faoliyati bilan tanishib, xodimlar bilan muloqot qildi. Importni kamaytirib, eksportga e’tibor qilishimiz zarurligini ta’kidladilar. Mahalliylashtirishni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Ish jarayonida bu topshiriqlar ijrosiga alohida e’tibor qaratamiz. So‘zimiz boshida elektr energiyasining barqaror ta’minoti bir qator omillarga bog‘liqligi haqida ta’kidlagan edik. Ulardan biri zamonaviy transformatorlar sanaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil mamlakatimizda 3 ming 200 ta transformator, 12 ming kilometr kabellarga zarurat bor. Korxona Turkiyadan keltirilgan zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan. Ish jarayoni esa to‘liq avtomatlashtirilgan. Bu ishlab chiqarilayotgan qurilmalarning yuqori sifatini ta’minlaydi. Korxona o‘tgan qisqa davrda turli darajadagi kuchlanishli va to‘plamli taqsimlovchi qurilmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada yetakchilardan biriga aylanmoqda. Elektr energiyasiga talab ortib borayotgan, uni tejab, nazorat bilan ishlatish zarur bo‘layotgan bugungi sharoitda bu kabi yirik loyihalarga e’tibor ortishi muhim ahamiyatga ega Download 437.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling