Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga


XALQ ICHIGA KIRIB, XALQ BILAN BIRGA QILINAYOTGAN SA’Y-


Download 437.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana24.02.2023
Hajmi437.71 Kb.
#1227453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
LO41438372

XALQ ICHIGA KIRIB, XALQ BILAN BIRGA QILINAYOTGAN SA’Y-
HARAKATLAR NATIJASI
Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti va sanoat korxonalari faoliyati
bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda hududlarni rivojlantirishning
muhim masalalarini muhokama qilish maqsadida 17-fevral kuni Buxoro viloyatiga
tashrif buyurdi.
Prezident tashrifni Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
Qur’on tilovat qilindi. Alloh taolodan o‘tganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik-
farovonlik tilab duo o‘qildi.
Hamma joylarga borib, sohalarga turtki berib, muammolarni hal etib, xalqni rozi
qilishga harakat qilyapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bugun Buxoroga ham yangi
marralarni belgilash, odamlarning birini ikki qilish uchun keldik. Hamma xayrli
ishlarimizda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin.
Olimlar bilan suhbatda diniy ta’limni rivojlantirish, jaholatga qarshi ma’rifat
bilan kurashish zarurligi ta’kidlandi.
Oxirgi yillarda hamma sohalar qatori din bo‘yicha ham ochiqlik, erkinlik berildi,
bir nechta ilmiy markazlar tashkil etdik. Lekin bulardan xalqimizga nima manfaat
bo‘layapti? Manfaat shunday bo‘lishi kerakki, bu salohiyatni jamiyatga yetkazish
kerak. Buxoriy, Moturidiy, Marg‘inoniy kabi buyuk bobolarimiz merosiga tayangan
holda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarur. Buning uchun diniy ta’limni
amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy markazlarimizni dunyoda yetakchilarga aylantirish
kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi Rabotiqalmoq mahallasida
bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi.
Bu yerda 9 mingdan ziyod aholi yashaydi. Quyi tizimdagi manzilli ishlar natijasi
ushbu mahallada ham namoyon – tadbirkorlik rivojlanib, ish o‘rinlari ko‘paymoqda.
Xususan, ilgari foydalanilmay yotgan maydonda tikuvchilik korxonasi barpo etildi.
30 dan ortiq xotin-qiz o‘z mahallasida ishli bo‘ldi. Yaqinda ish boshlaganiga qaramay,
korxona 100 mingta trikotaj mahsulotlari uchun buyurtma olgan.


Davlatimiz rahbari mazkur korxona faoliyati bilan tanishib, ishchilar bilan
suhbatlashdi.
Mahalladagi o‘zgarishlarni, sizning ishli bo‘lganingizni ko‘rib, xursand
bo‘ldim. Bular – xalq ichiga kirib, xalq bilan birga qilayotgan sa’y-harakatlarimizning
kichik bir natijasi. Agar hokimlik va tashkilotlar sharoit yaratib berolsa, har bir oila
o‘zini eplab ketolsa, maqsadimga erishgan bo‘laman. Shunda katta oilamiz –
davlatimiz ham mustahkam bo‘ladi, – dedi Prezident.
Shu yerda viloyatdagi tadbirkor ayollarning hunarmandchilik mahsulotlaridan
namunalar namoyish etildi. Ular ishlab chiqarishda va kasanachilik asosida xotin-
qizlar bandligini ta’minlayotganini so‘zlab berishdi. Davlatimiz rahbari ularning bu
boradagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar
berdi.
Rabotiqalmoq mahallasida yana 10 dan ortiq savdo va servis shoxobchalari,
Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish markazi ham bor. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosi
mukammal ta’mirlangan. Aholining bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishi uchun “Otaxonlar
choyxonasi”, kutubxona, sport maydonchasi va xiyobonlar tashkil etilgan.
Davlatimiz rahbari bu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, shu yerlik Baxtiyor
Po‘latov xonadonida mehmon bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida klasterlar rahbarlari bilan
muloqot qildi.
Buxoro viloyatida 11 ta paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyat yuritmoqda.
2022-yilda ular tomonidan qariyb 99 ming gektar yerda 358 ming tonnadan ortiq
paxta yetishtirilgan. Jami 2 trillion 36 milliard so‘mlik 36 ta loyiha amalga oshirilib, 3
ming 600 ta ish o‘rni yaratilgan. Tashqi bozorga qariyb 77 million dollarlik mahsulot
eksport qilingan.
Muloqotda bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlar, klasterlar oldidagi dolzarb
masalalar muhokama qilindi.
Qiyin bo‘lsa ham, nima uchun klaster tizimiga o‘tdik? Ilgari xalqimiz paxta
ekardi, lekin shunga munosib manfaat topmasdi. Besh yil davomida klasterlarni
avaylab, sharoit yaratib, shu darajaga olib keldik. Endi ular xalqparvar bo‘lishi kerak.
Mayli, boy bo‘lsin, faqat hayot bilan birga, xalq bilan birga, – dedi Shavkat
Mirziyoyev.
Klasterlar rahbarlari bugungi natijalari so‘nggi yillardagi islohotlar tufayli
ekanini, bunga javoban ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha o‘zlariga mas’uliyat olishini
ta’kidlashdi.
Barcha islohotlarimizdan pirovard maqsad – xalqimizning daromadini oshirish.
Kambag‘allikni yo‘q qilib, aholining xarid qobiliyatini oshirsak, tadbirkorlarning ishi
ham rivojlanadi. Besh yil oldin Buxoro qanday edi, hozir qanday? Shu sur’atda davom
etsa, yana besh yildan keyin natijalar bundan-da yaxshi bo‘ladi. Chunki shunday
buyuk, mehnatkash xalqimiz bor, – dedi Prezident.
Klasterlar faoliyatida muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish, suv
tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha ham
ko‘rsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari shu yerda buxorolik hunarmandlar mahsulotlarini ko‘zdan
kechirdi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Aksa Enerji Bukhara”
mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishga tushirilgan issiqlik elektr stansiyasi
faoliyati bilan tanishdi.
Iqtisodiyot rivojlanib, korxonalar ko‘payishi bilan energiya resurslariga talab
oshib bormoqda. Shuning uchun barcha hududlarda bunday quvvatlarni oshirish
choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, o‘tgan yili “Aksa Enerji Bukhara” tomonidan issiqlik elektr stansiyasi
ishga tushirilgan edi. U 150 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya evaziga
barpo etilgan. Uskuna va jihozlar Turkiyadan keltirilgan. Bu yerda 150 kishi mehnat
qiladi.
Stansiya quvvati 270 Megavatt. Bu yiliga 2 milliard 200 million kilovatt
soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish, viloyatning 60 foiz iste’molini qoplash
imkonini beradi.
Davlatimiz rahbari stansiyaning dispetcher xonasini ko‘zdan kechirdi,
boshqaruvchilar bilan suhbatlashdi.
2023-yilda Buxoroda yillik elektr iste’moli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil
etib, taqchillik 150 million kilovatt soat bo‘lishi kutilayotganini inobatga olib,
mutasaddilarga viloyatda taqchillikni qoplash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash,
energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish va tarmoqlarda yo‘qotishlarni
kamaytirish, sohaga yuqori texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shofirkon tumanidagi “Buxara Azteks”
tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Ilgari bu tumanda sanoat umuman yo‘q edi. Qishloq xo‘jaligidagi
yangilanishlar, klaster tizimi natijasida bu yerda ham sanoat paydo bo‘ldi. Hozir
birgina paxtadan ip, kalava, mato, tayyor kiyimlar, chigitdan yog‘, sovun, ozuqa va
boshqa o‘nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
“Buxara Azteks” ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda paxta
yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashning to‘liq zanjiri yo‘lga qo‘yilgan. Shu bois
mahalliylashtirish darajasi 100 foizga yetgan.
Loyihaning qiymati 8,7 million dollar. Uskunalar Yaponiya, Germaniya va
Turkiyadan keltirilib o‘rnatilgan. Ming nafardan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.
Korxonada yiliga 16 million dona tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab
chiqariladi. Ularning 50 foizini xorijga eksport qilish mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbari korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini ko‘zdan
kechirdi, ishchilar bilan muloqot qildi.
Yana bir muhim jihat, korxona tomiga quyosh panellari o‘rnatilgan. Prezident bu
kabi zamonaviy korxonalarni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash yuzasidan
mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida sanoatni rivojlantirish va
energiya ta’minotini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilish avvalida 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Ular
G‘ijduvon tumanidagi “G‘ijduvon ipak tola”, Buxoro shahridagi “Layxter Kamalak
Tekstaylen”, Jondor tumanidagi “Arjumandbonu chorvasi”, G‘ijduvon tumanidagi
“Usmon Sher Shamshod”, Romitan tumanidagi “VBM Romiteks” korxonalari va
Buxoro shahridagi to‘rt yulduzli mehmonxonadir. Ipakchilik, to‘qimachilik,


parrandachilik, meva-sabzavotni qayta ishlash va turizm tarmoqlariga ixtisoslashgan
bu majmualarda 3 ming 500 ta yangi ish o‘rni ochilmoqda. Umuman, bularning
natijasida viloyat ishlab chiqarishiga 850 milliard so‘m qo‘shiladi.
Davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni rasman ishga
tushirdi. Videoaloqa orqali ularning rahbarlari bilan muloqot qildi.
Yig‘ilishda Buxoroda energiya ta’minotini yaxshilash masalasiga alohida
e’tibor qaratildi, qo‘shimcha quvvatlarni yaratish va samaradorlikni oshirish zarurligi
ta’kidlandi.
Buxoroning iqlimi issiq. Bundan foydalanib, 740 ta korxonada 22 Megavattli,
ijtimoiy ob’ektlar va ko‘p qavatli uylar ustida 11 Megavattli quyosh panellari o‘rnatish
mumkinligi aytildi.
Elektr tarmoqlarini yangilash orqali 50 million kilovatt soat elektr
yo‘qotishlarini kamaytirish, 45 ta yirik sanoat korxonasida energiya sarfi yuqori
bo‘lgan
uskunalarni
almashtirish
imkoniyati
ko‘rsatib
o‘tildi.
Xususan,
“Amu-Buxoro” nasos stansiyasida chastotali boshqarish vositalarini yangilash
hisobiga bu yil 60 million, kelgusi yil 100 million kilovatt soat energiyani iqtisod
qilish mumkin.
Yig‘ilishda tumanlardagi yangi zaxiralarni ishga solib, sanoatni rivojlantirish
kerakligi qayd etildi.
So‘nggi besh yilda Buxoroda 31 trillion so‘m investitsiya jalb qilinib, 3 mingdan
ziyod korxona ishga tushgan. Ishlab chiqarish 4,3 baravarga ko‘paygan. Bu
ko‘rsatkich 2022-yilda 27 trillion so‘m bo‘lgan. Sanoat eksporti 200 million dollarga
yetgan.
Joriy yilda Buxoroda 880 million dollarlik 703 ta korxonani ishga tushirib,
15 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Bu loyihalarga 220 million dollar kredit
va infratuzilmasiga 100 milliard so‘m ajratilmoqda.
Prezident har bir tuman hokimiga qo‘shimcha zaxira topib, yana kamida
50 million dollar investitsiya olib kelib, yangi loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha
topshiriqlar berdi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasini
borib ko‘rdi.
Bu madrasa 500 yillik tarixga ega. Undan ko‘plab olimlar, imomlar, muftiylar
yetishib chiqqan. Lekin o‘tgan asrda uning maqomi o‘rta maxsus bilim yurti
darajasiga tushib qolgan edi. Binosi ham zax tortgan, kitoblar yetishmasdi.
Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda bu yerga kelib, ahvolni ko‘rgan, madrasaning
tarixiy mavqeini tiklashni maqsad qilgan edi. Buning uchun Ark yaqinida yangi bino
barpo etildi va yaqinda foydalanishga topshirildi.
Oliy madrasa 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda Qur’oni karim, hadis, fiqh va
tasavvuf ilmlari, xorijiy tillar puxta o‘rgatiladi. bugungi kunda jami 107 nafar talaba
ta’lim olmoqda.
O‘quv xonalari, kutubxona, faollar zali, talabalar yotoqxonasi va xizmat uyi,
sportzal va basseynda barcha qulayliklar yaratilgan.
Davlatimiz rahbari madrasa talabalari bilan suhbatlashdi.
Bunday uzoq tarixga ega ta’lim dargohlari juda kam, – dedi Shavkat
Mirziyoyev. – Bugun uning sharoitini yaxshilab, tarixiy adolatni tiklaganimiz xayrli
ish bo‘ldi, deb o‘ylayman. Demokratik islohotlarimiz natijasida diniy sohaga ham


erkinlik epkini kirib keldi. Shu bilan birga, axborot makoni ham ochiq. Internetda
ilmiy asosi bo‘lmagan turli talqinlar ham bor. Lekin ularni tajribasiz yoshlar qayerdan
biladi? Buni sizga o‘xshagan ilmli kishilar, imom-xatiblarimiz isbotlab, to‘g‘ri
tushuntirib berishi kerak.
Diniy ta’lim soatlari va sifatini isloh qilish, uni amaliyot bilan bog‘lash bo‘yicha
fikrlar bildirildi.

Download 437.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling