qoidasi sifatida alohida tu r qilib nominalizatsiya ajratiladi.
Bunda
yadro gap kesimidagi kesimlik shaklining yo'qotilishi transfor-
matsiya vositasi hisoblanadi.
M asalan,
Dars boshlandi —*dars-
ning .... boshlanishi. Bu esa transformatsiya oldiga qo ‘ygan talabga
javob bermaydi. Chunki transform atsiya
yadro gapning gaplik
holatini saqlab qolish doirasidagi turli ichki grammatik o'zgarish-
lardir. Yuqoridagi holda esa yadro gap gaplik holatini yo‘qotib,
birikmaga aylanyapti.
TMdagi ana shu cheklangan tom onni e ’tiborga olgan holda,
V.S.Xrakovskiy sintaktik transformatsiya bilan sintaktik derivatsiyani
bir-biridan farqlash lozimligini ta ’kidlaydi.1
S.D. Katsnelson gaplar o ‘zaro faqat
transformatsiya m uno-
sabatida emas, balki derivatsiya munosabatida ham bo ‘lishini bayon
qilgan edi.2
Shuning uchun V.S. Xrakovskiy sintaktik dcrivatsiya deb hosila
gapning asos gapdan grammatik
maqomi va mazmuni jihatidan
farq qiladigan shakliy o'zgarishni tushunadi.3
Derivatsiyaning tarkibiy qismlarini ham transformatsiyaning
tarkibiy qismlariga anologiya yo‘li bilan quyidagicha belgilaydi: asos
gap
uchun operand, hosila gap uchun derivat,
yasovchi vosita
uchun esa derivatsiya operatori atamalarini qo'llaydi.
Y uqorida ko‘rib o ‘tilgan lingvistik tahlil metodlari Amerika
deskriptiv lingvistikasining tulshunoslik
nazariyasi uchun bergan
eng qimmatli tom onlaridar. Bu m etodlar garchi tilning qanday
funksiallashuvi haqida
savolga javob bera olmasa ham , lekin urri
tavsiflash uchun katta xizmat qildi. Bu tahlil metodlarining ko‘p
jihatlari bugungi tilshunoslikning tahlil metodi uchun ham foydadan
holi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: