Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi abduhamid nurmonov struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari


Download 4.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/90
Sana06.09.2023
Hajmi4.72 Mb.
#1673631
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90
Bog'liq
abduhamid nurmonov.struktur tilshunoslik ildizlari va yo\'nalishlari


Xancen K.
nym n uejw 
crpyKT>'pajiH3Ma. 
- B5I, 1959, N° 4, c.92.
121
www.ziyouz.com kutubxonasi


Strukturalizm
maktablarining o ‘ziga xos jihatlari
K o‘pchilik mutaxassislarning e'tiro f etishlaricha strukturalizm- 
ning Praga va Kopengagen maktablari o'zaro qutbiy zidlanishda 
b o iib , ularning oralig'ida Amerika deskriptiv lingvistikasi turadi. 
Bu shuni ko ‘rsatadiki, Praga lingvistlari m a iu m jihatlari bilan 
glosemmatiklardan farq qilgan holda, Amerika tilshunoslariga yaqin 
keladilar. Shu bilan birgalikda Praga va Kopengagen maktablarining 
umum iy jihatlari ham mavjudki, bu tomonlari bilan har ikki maktab 
Amerika maktabiga qaram a-qarshi qo ‘yiladl.
I. 
Strukturalizm ning ikki qutbida turuvchi Praga lingvistik 
m aktabi bilan K opengagen lingvistik m aktabi o'rtasidagi farqli 
to m o n lar V ladim r Skalichkaning «Kopengagen strukturalizm i 
va Praga maktabi» m aqolasida aniq o ‘z ifodasini topgan. Bu ikki 
lingvistik m aktab o ‘rtasidagi quyidagi farq larn i 
k o ‘rsatish 
m um kin:
1. 
L.Yelmslevning fikricha, hozirgacha bo ‘lgan tilshunoslik bir- 
biridan ajralgan turli hodisalardan tashkil topgan. U lardan biri 
psixologiyaga, ikk in ch isi fizikaga, u c h in ch isi fiziologiyaga, 
to ‘rtinchisi tarixga, beshinchisi m antiqqa yaqin turadi. L.Yelmslev 
ana shunday parchalanishdan xalos bo'lish uchun tilshunoslikni 
boshqa fanlar yukidan ozod qilishni istaydi. Ana shu maqsadni 
amalga oshirish uchun tilni transsendent o'vgamsYidan, ya'ni tildan 
tashqari hodisalar ta'sirida o ‘rganishdan im m anent o'rganishga 
o ‘tishni tavsiya etadi. Lingvistik nazariya tilni o ‘rganishda unga 
tildan tashqaridagi hodisalar konglamerati sifatida emas, balki o ‘z 
ichida yopiq bir butun struktura, o ‘ziga xos xususiyatga ega bo‘Igan 
struktura sifatida o ‘rganish lozimligini ta'kidiaydi.
X uddi m ana shu jih a t Praga m aktabi bilan K opengagen 
maktabi o ‘rtasidagi birinchi va eng m uhim farqlanish hisoblanadi. 
C hunki Praga lingvistik m aktabi vakillari tilni tildan tashqaridagi 
b o rliq b ila n b o g ‘liq h o ld a o ‘rg a n a d i va n u tq iy fa o liy a tn i 
guruhlarga ajratish uchun m uhim omil sifatida lingvistik aloqada 
b o 'lg a n s o 'z la s h u v c h ila rn in g o ‘zaro m u n o sab a ti: u la rn in g
ijtim oiy, kasbiy, hud u d iy va q arin d o sh lik aloqalariga jiddiy
122
www.ziyouz.com kutubxonasi


e ’tibor beradilar. Shuningdek, tillarning o ‘zaro aloqasi, tillar 
ittifoqi, badiiy til kabi m asalalar ham Praga tilshunosligining 
diqqat m arkazida b o ‘ladi.
2. L.Y elm slev tiln i n u tq d an ajratgan holda, tilga sotsial 
qo ‘llanishi va moddiy gavdalanishiga bog'liq bo'lm agan sof shakl 
hisoblanuvchi sxema sifatida yondashadi. Shu bilan birgalikda uni 
bevosita kuzatishda tu rlich a gavdalanuvchi m oddiy vositalar 
yordamida tushuntirilishi m umkin b o ‘lgan va muayyan ijtimoiy 
g u ru h to m o n id a n q a b u l q ilin g a n k o ‘n ik m a la r y ig ‘in d is i 
hisoblanuvchi «uzus» sifatida ham e ’tirof etadi.
L.Yelmslev til tushunchasini izohlashda F.de Sossyurning tilni 
shaxmat o ‘yiniga qiyoslaganiga ko‘proq e ’tibor beradi. Shunfng 
uchun u til sxcma sifatida o ‘yindan boshqa narsa emasligini, 
shaxmatda muhim narsa donalarining material tom oni emas, balki 
o ‘yin qoidasi ekanligini ta ’kidlaydi.
Praga tilshunoslari esa bunga e ’tiroz bildirgani holda, shaxmat 
o ‘yini o ‘n yoshli o ‘quvchi osongina o ‘zlaslitirib oladigan bir necha 
qoidalarning yig'indisigina emas, shaxmat o ‘yinidagi muhim narsa 
sezish qiyin bo ‘lgan, doim iy o'zgarib turuvchi vaziyat sanalib
o ‘yinning muvaffaqiyatini ta ’minlash uchun ularni doim o e'tiborga 
olish lozimligini ko'rsatdilar. Bu dalillarning barchasi tilni sotsial 
shart-sharoitga bog'liq holda o'rganish lozimligini ko‘rsatishini 
bayon qiladilar.
3. Glossem atiklar tom onidan m atem atikadan o ‘zlashtirilgan 
empirizm tamoyili talabi: 1) ziddiyatga yo‘l qo'ymaslik; 2) tavsifning 
to'liqligi; 3) soddalik Praga tilshunosligi uchun begona.
L .Y elm slev n azariy asi u c h u n e m p iriz m n in g y u q o rid ag i 
belgilarining ikkinchisi, ya’ni tavsifning to'liqligi tamoyili tayanch 
nuqta sanaladi. Bu tamoyil tilni har qanday sotsial shart-sharoitdan 
uzilgan mustaqil struktura sifatida o ‘rganishga imkon beradi. Lekin 
tilning adabiyot, jam iyat, m adaniyat, san 'at bilan b o ‘lgan barcha 
murakkab m unosabatlarini yoritishda bu talabni q o ‘yib b o ‘lmaydi. 
Shuning uchun Praga tilshunoslari tilning boshqa hodisalar bilan 
yuqoridagi murakkab m unosabatlarini e ’tiborga olib, uni m atndan 
ajra lg an h o ld a t o ‘liq tav sifi h a q id a g a p irib b o ‘lm aslig in i 
ta'kidlaydilar.
123
www.ziyouz.com kutubxonasi


4. Epirik tamoyil L.YeImslev uchun induksiyani bildirmaydi. 
Aksincha, u induksiyaga kcskin qarshi chiqadi va deduksiyani olg'a 
suradi. Deduksiya ostida L.Yelmslev butundan b o ‘lakka, ya’ni bir 
butun m atndan abzasga, abzasdan jum laga, ju m ladan so‘zga, 
so‘zdan tovushga qarab yo‘nalishni tushunadi.
V. Skalichkaning e 'tiro f ctishicha, bunday yo'nalish, albatta, 
foydadan holi emas: butun har doim qismlari yig‘indisidan katta. 
Lekin bu tilshunosni qanoatlantirmasligi kcrak. Chunki qism faqat 
butunning qismigina cmas, balki u o ‘zining mustaqil hayotiga va 
obyektivlikka nisbatan mustaqil munosabatiga ham ega boMadi'. 
Shuning u ch u n Praga tilshunoslari L.Y clm slevning deduktiv 
tamoyilini ham rad etadilar.
5. G lossem atiklar ham , Praga tilshunoslari ham funksiya 
tushunchasiga tayanadilar. Lckin funksiyaning talqinida bir-biridan 
farqlanadilar.
Praga tilshunoslari funksiya atamasi ostida maqsad yoki vazifani 
tushunadilar. Xususan, Gavranek «Tilshunoslikdagi strukturalizm 
haqida» maqolasida til haqida fikr yuritar ekan, u doim o m a’lum 
maqsadni yoki funksiyani bajarishini ta ’kidlaydi.
Praga tilshunoslari tom o n id an funksiya atam asi lingvistik 
birhklarning m a'nosi yoki m a'noli birliklar strukturasi haqida gap 
ketganda q o ‘llaniladi. M asalan, so‘zning funksiyasi, m orfem a 
funksiyasi, fonema funksiyasi kabi.
Glossematiklar va shaxsan L.Yclmslcv qo‘llagan funksiya atamasi 
matematikadagi funksiya atamasi m a’nosiga yaqindir. Ya’ni bu 
atama glosscmatiklar tom onidan qat'iy bog‘liqlikni ifodalash uchun 
qo ‘llaniladi. L.Yelmslev talqini bo‘yicha funksiyaning bir qancha 
turlari mavjud. Masalan, so‘z kategoriyasi ham, fe’l boshqaaivi 
ham, ega va kesim munosabati ham funksiya sanaladi. Lingvistik 
birliklarning ifodalovchi tomoni ham, ifodalanmish tomoni ham 
har biri funksiya hisobianadi.
L.Yelmslevning fikriga ko‘ra, tilda bir qancha funksiyalar mavjud. 
Shuning uchun funksiya tiplarini belgilashga harakat qiladi.
K o‘rinadiki, «funksiya» atamasining L.Yclmslev talqini uning 
tilga va tilshunoslikka um umiy qarashi bilan uzviy bog‘liqdir. 1
Skatichka V. 0 ‘sha asar, 96-bct.
124
www.ziyouz.com kutubxonasi


L.Yclmslev sof munosabat bo‘lmagan narsalarni tilga kiritmaydi. 
Demak, tilda u funksiya deb nomlagan birqancha munosabatlardan 
boshqa hech narsa qolm aydi1.
6. 
L.Yelmslev F.de Sossyur g‘oyalari ta'sirida tilni ikki am orf 
massa — tafakkur dunyosi va tovushlar dunyosining qo‘shilishidan 
iborat deb tushunadi. Bu ikki tom onning qo'shilishi natijasida hosil 
bo‘lgan til substansiya emas, shakl sanaladi. Ifoda plani bilan m a’no 
planining ajratilishi tilrri tashqi olam dan ajratib qo ‘yadi. Fikrining 
isboti sifatida rang spektrini keltiradi. L.Yelmslev fikricha, rang 
spcktrida am orf uzluksizlik mavjud. Xuddi shuningdek, tilda ham 
a m o rf uzluksizlik b o ‘lib, u turli tillarda tu rlich a ifodalanish 
xususiyatiga ega. Masalan, son kategoriyasiriing ifodalanishida buni 
kuzatish mumkin. Bir guruh tillarda birlik va ko'plik son, boshqa 
tillarda esa birlik — ikkilik — ko'plik son, yana boshqalarida birlik 
- ikkilik — uchlik — ko'plik son kategoriyalari mavjud.
Praga tilshunoslari tilning form a yoki substansiya ekanligi 
masalasini farqlashni hech qachon kun tartibiga qo ‘ymagan. Shu 
bilan birga tashqi olam am orf substansiya ekanligiga ham jiddiy 
e ’tiroz bildiradi. Gavranck yuqoridagi maqolasida tilni Hngvistik 
belgilar strukturasi sifatida, y a ’ni tashqi olam bilan bevosita 
m unosabatda bo‘lgan belgilar sistemasi sifatida izohlaydi1
2.
F.M .B erezinning ta ’kidlashicha, L.Yelmslev nazariyasining 
amaliy ahamiyati o ‘ta cheklangan bo ‘lsa, Praga tilshunoslari alohida 
tillar sistemasini tadqiq etishda, ayniqsa, fonologiya sohasida tilshu- 
noslikka katta hissa qo ‘shdilar3.
II. 
Agar Praga lingvistik maktabining glossematika maktabidan 
hech narsa olishi mumkin bo‘lmagan b o isa , fonologiya sohasida 
Praga lingvistik maktabi bilan deskriptiv lingvistika o ‘rtasida bir 
qator umumiyliklar mavjud.
H ar ikki m aktab vakillari ham fonologiya birligi fonem a 
ekanligini e'tiro f etadilar. Lekin fonem ani ajratish metodi va uning 
mohiyati masalasida ular farqlanadilar.
Skalichka V. 0 ‘sha asar, 97-bet.

Download 4.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling