Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


Gorizontal integratsiya bo'yicha qurilgan korporatsiya tuzilmasiga


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

4. Gorizontal integratsiya bo'yicha qurilgan korporatsiya tuzilmasiga 
misol keltiring.
5. Korporativ tizimlarni rivojlantirishning obyektiv zaruriyati nimada?


5. KORPORATIV TUZILMALARNI BOSHQARISHNING 
JAHON TENDENSIYALARI
5.1. Hozirgi davrda korporativ tuzilmalarni boshqarishning jahon ten­
densiyalari.
5.2. Korporativ tuzilmalarni boshqarishning anglo-amerika modeli.
5.3. Korporativ tuzilmalarni boshqarishning yapon modeli.
5.4. Korporativ tuzilmalarni boshqarishning Germaniya modeli.
5.1. Hozirgi davrda korporativ tuzilmalarni boshqarishning 
jahon tendensiyalari
Rivojlangan mamlakatlarda yirik integratsiya qilingan korporativ 
tuzilmalar — korporatsiyalarni tuzish va rivojlantirishning boy tajribasi 
to‘plangan. Ayrim davlatlarda ushbu yuqori integratsiya qilingan 
birlashmalar tuzilmasi va tavsifidagi o‘xshashliklar (birinchi navbatda 
millatlararo kompaniyalar faoliyati) va farqlari mavjud. Ular ma’lum 
darajada aniq tarixiy voqealar bilan bog'langan hamda ishlab chiqarish 
va bozor holati bilan yakka tartibda aniqlanadi, ammo eng awal, 
korporativ mulkchilik va boshqarishga aloqador moliyaviy tashkilot- 
laming qonunchilik jihatidan boshqarilishi xususiyatlariga bog‘langan.
Korporativ tuzilmalar faoliyatining jahon tajribasi o‘z taraqqiyotida 
bir qancha bosqichdan o‘tgan bo‘lib, ularning asosiylariga quyidagilar 
kiradi:
— tarmoq korporatsiyalarini rivojlantirgan holda gorizontal integra- 
tsiyalashuvi;
— yagona texnologik zanjimi ta’minlovchi turli tarmoq korpo- 
ratsiyalarining vertikal integratsiyalashuvi;
— boshqaruvni markazlashtirilmagan ko‘p tarmoqli komoratsiyalar 
diversifikatsiyasi.
U yoki bu mamlakatning korporatsiyani boshqarish tizimi muayyan 
bir tavsifga va o‘ziga xos milliy jihatga ega. Shunga qaramay, к о ф о гат 
boshqaruvning ko‘pgina omillari koiporativ boshqaruv tizimiga turli xilda 
ta’sir ko'rsatadi. Bu holat ma’lum bir tarkibiy qismlami o‘ziga qamrab 
oluvchi korporativ boshqaruv modeli yordamida ishlashni taqozo qiladi.
Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalardan ayon bo‘ldiki, sanab 
o'tilgan unsurlaming aniq namoyon bo‘lishidagi umumiy belgilar 
bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishning Angliya-Amerika.
40


Germaniya va Yaponiya modellarini ajratib ko‘rsatish mumkin (5.1- 
jadval). Bundan tashqari, ko'pgina tadqiqotchilar «anglo-amerika 
modeli» hamda Yaponiya va Germaniya korporativ modellarining 
o ‘xshashliklarini ko‘zda tutgan holda «yapon-german modeli» tushun- 
chalaridan foydalanadilar1.

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling