Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

k o m p a n iy a ishlab 
chiqarish salohiyatining butun birligini qo‘llab-quwatlash 
va rivojlanli- 
rishni qiyinlashtiradi;
— loyiha rahbaridan nafaqat loyiha hayotiyligi jarayonlarining 
barcha bosqichlarini boshqarish, balki mazkur kompaniya loyihalari 
tarmog‘ida ma’lum loyiha o‘rnini hisobga oUsh ham talab etiladi;
— barqaror tuziima bo'lmagan loyihali guruhlami tashkil etish 
xodimlaming kompaniyadagi o‘z o‘mini anglashiga yo‘l qo‘ymaydi;
— loyihali tuzilmani qo'llashda mazkur kompaniyada mutaxassislarni 
kelajakda ishlatish qiyinchiliklari vujudga keladi;
— vazifalami qisman takrorlash kuzatiladi.
Moslashtirilgan turdagi boshqarish tuzilmalarining eng murakkab- 
laridan biri matritsali tuziima hisoblanadi.
Yuqori malakaU ishchi kuchini maksimal samarali ishlatishda tezkor 
texnologiya o'zgarishlami amalga oshirish zarurligining ta’siri sifatida 
matritsali tuziima paydo bo‘ldi.
Matritsali tuziima firmaning tashkiliy qurilmasida boshqarishning 
ikki yo‘nalishi va ikki tashkiliy muqobillikning mujassamlanganligini 
aks etadi. Vertikal yo'nalish — bu kompaniyalaming fanksional va 
chiziqli tarkibiy tuzilmalarini boshqarishdir. Gorizontal boshqarish — 
bu amalga oshirish maqsadi kompaniyaning har хД bo'lmmalarinmg 
insoniy va boshqa resurlari jalb qilinuvchi alohida loyihalar, dasturlar
mahsulotlarni boshqarishdir.
Matritsali tuzilmaning afzalliklari quyidagilar:
— amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar doirasida kompaniya 
faoliyati turlarining integratsiyasi;
— loyihalar, dasturlar, mahsulotlarning ko‘p miqdori bo‘yicha 
yuqori sifath natijalarga erishish;
— funksional bo'linmalar bilan o'zaro faol aloqalarda boiuvchi 
va ushbu aloqalarni kuchaytiruvchi loyihali (dasturiy) qismlarni 
shakllantirish natijasida boshqaruv apparati rahbarlari va xodimlarining 
faoliyatini sezilarH darajada faollashtirish;
— tashkiliy loyihalami amalga oshirish bo‘yicha va awalo ishlab 
chiqarishni jadal texnik takomillashtirish bo‘yicha faol ijodiy faoliyat 
sohasiga barcha darajadagi rahbarlar va mutaxassislarni jalb qilish;
61


— muhim qarorlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish birligini yuqori 
darajada saqlab qolgan holda qarorlarni qabul qilish vakolatini o‘rta 
darajaga berish yo‘li bilan yuqori darajadagi rahbarlar ishini qisqartirish;
— ma’lum rahbarning butun loyihaga (dasturga) va uning element- 
lariga shaxsiy mas’uldorligini kuchaytirish;
— chiziqli-fimksional va divizional tashkiliy tuzilmalarga nisbatan 
egiluvchan va ishlaming muvofiqlashtirilishiga erishish, ya’ni matritsali 
tizimning tashqi muhit o£zgarishlariga yaxshiroq va tezrok ta’sir etishi;
— funksional ixtisoslik rivojlanishiga xalaqit bermasdan ichki tashkiliy 
to‘siqlarni engib o'tish.
Boshqarishning tahlil etilayotgan tuzilmasining yuqorida aytib o‘til- 
gan afzalliklariga qaramasdan ko‘pgina mutaxassislarning va, birinchi 
navbatda, amaliyotchilaming unga ishonmasligini qayd qilish zarur.
Matritsali tizimlarni ishlab chiqish amaliyotda qiyinchiliklar bilan 
amalga oshiriladigan boshqaruv nazariyasining yutuqlari sifatida ко‘rib 
chiqiladi. Matritsali boshqaruv tizimlari quyidagi salbiylildarga ega:
— matritsali tuzilmani amalda qo'llashning murakkabligi, uni joriy 
etish uchun xodimlarni uzoq vaqt davomida tayyorlash va tegishli 
tashkiliy madaniyat zarur;
— tuzilma murakkab va nafaqat joriy etilishi balki foydalanishi 
ham qimmat;
— u qiyin va ba’zan tushunarsiz tashkiliy shakldir;
— ikki tomonlama bo‘ysinish tizimi munosabati bilan yakkabosh- 
chilik tamoyili buziladi va ko‘pincha mojarolarga olib keladi; ushbu 
tuzilma doirasida ijrochi va boshqaruvchining ikki ma’nolik roli paydo 
bo‘ladi va bu kompaniya mehnat jamoasi a’zolari o'rtasidagi munosa- 
batlarda tanglikni kelib chiqaradi;
— matritsali tuzilma doirasida boshqarish tizimida yagonalikning 
yo‘qolishiga moyilhk kuzatiladi, ushbu tuzilma elementlari o‘rtasida 
huquq va javobgarliklar aniq taqsimlanmagan;
— matritsali tuzilmani qo'llashda mazkur kompaniyada mutaxassis- 
larni kelajakda ishlatishning qiyinchiliklari paydo bo‘ladi;
— vazifalarning qisman takrorlanishi kuzatiladi;
— boshqaruv qarorlari o‘z vaqtida qabul qilinmaydi, odatdagidek, 
qarorlarni guruhiy tarzda qabul qiUsh xos;
— bo‘linmalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlaming an’anaviy tizimi 
buziladi;
— matritsali tuzilma sharoitlarida boshqaruv darajalari bo‘yicha 
to ‘liq nazorat o‘rnatish qiyinlashadi va ba’zan mumkin bo‘lmaydi.
62


Shuni ta’kidlash joizki, matritsah tuzilmalarga o‘tish, 

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling