Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

qonuniyligini ko‘rsatdi.
• Matritsali tuziima firmaning tashkiliy qurilmasida boshqarishning 
ikki yo‘nalishi va ikki tashkiliy muqobillikning mujassamlanganligini 
aks etadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar
1. Korporativ tuzilmalami boshqarishning uslubiy asoslariga izoh bering.
2. Korporativ menejmentning tashkiliy tuzilmasining qanday turlari mavjud?
3. Korporativ tuzilmalami boshqarishning moslashuvchan tuzilmasi boshqa 
tuzilmalardan qanday ustunliklarga ega?
4. M atritsali tuzilmaning afzalliklari nimada?


7. KORPORATIV BOSHQARUVDA MARKETING 
FAOLIYATI
7.1. Marketing tushunchasi, markenting turlari va markenting stra­
tegiyasi.
7.2. Bozor imkoniyatlarini oirganish.
7.3. Korporatsiyalar bozori.
7.4. Korporatsiyalarda marketing xizmati.
7.1. Marketing tushunchasi, marketing turlari va 
marketing strategiyasi
Marketing 
— almashinuv orqali xohish va ehtiyojlami qondirilishga 
qaratilgan inson faoliyatidir. Marketing, iste’molchilar ehtiyoji va 
imkoniyatlariga tayangan holda bozomi o‘rganish, mahsulotni sotish, 
bozorga olib chiqish, tadbirkorlik faliyati bilan shug‘ullanishni o‘z 
ichiga oladi. Bu soxa korporatsiyalarning muxandislari, konstruktorlari, 
iqtisodchilarni qanday mahsulot hozir iste’molchilar ehtiyojiga va 
imkoniyatiga to‘g‘ri kelyapti va qanday mahsulotni ishlab chiqarish 
kerak degan savolga javob topishga yordam beryapti.
Korporatsiyani boshqarishda, marketing, ishlab chiqarish siklining 
boshiga qo'yilmoqda, chunki hozirda korporatsiya o‘z ishlab chiqarish 
qobiliyatiga emas, balki bozor talabi va iste’molchilar xohishi va 
imkoniyatiga bog‘liqdir.
Bozor ishlab chiqarish ko‘lamini, tashkiliy tizimni, boshqaruv 
tamoyillari va uslublarini va boshqalami belgilaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor konyunkturasini va istiqbolli 
xamkorlami imkoniyatlarini o ‘rgangan holda o‘ziga ishlab chiqarishini 
moddiy-texnik tomondan ta’minlaydi. Buning evaziga korporatsiyadagi 
reja-iqtisod, texnik, texnologik, ta’minot bo‘limlarining mahsulotni 
sotishda vazifalari o‘zgaradi. Korporatsiyaning muhandis-texnik ishi- 
chilari mahsulot ishlab chiqarishda qanday resurslarni qanday hajmda 
ishlata olishini bilish maqsadida koфoratsiyada marketing bo‘limi 
tuziladi, u korporatsiyaning ilmiy va moliyaviy siyosatini ishlab chi- 
quvchi bosh miyasi hisoblanadi.
Marketing bozordagi sharoit, jamiyat talabini va konyunkturani 
o'zgarish dinamikasini tadqiq qilib, korporatsiya qanday mahsulot ishlab 
chiqish muvofaqiyatini aniqlaydi.
64


Marketingni korporatsiya miqyosida boshqarish ancha murakkab, 
chunki bu narsa kadrlarni qayta tayyorlash, boshqaruv uslublurinl 
o‘zgartirishni talab etadi. Marketing konsepsiyasi korporatsiyaning butun 
b ir xo'jalik m exanizm ining va iqtisodiyotining tubdan qayta 
ko'rilgandagina ishlashi kuzatiladi. Aks holda tez o'zgaruvchi talabga 
to‘la javob bermay qo'yada, hamda raqobatchi korporatsiyalarga o‘z 
bozordagi joyini bo'shatib berishga majbur bo‘ladi. Bu esa daromadning 
(foydaning) kamayishiga va unga bog‘liq barcha oqibatlarni kelib 
chiqishiga sabab bo'ladi. Lekin ilm-texnikani old yutuqlaridan foyda- 
lanilayotgan va iste’molchilar talabiga to‘la javob berayotganlar o‘z 
mahsulotlarining sotilishidan daromad (foyda) oladilar.
Bu ma’noda amerikalik Avtomobil qirolining gapi yodga tushadi. 
Undan so'rabdilar, qanday qilib siz bunday zafarga erishdingiz. Va u 
javob beribdi: «Men, — debdi Ford, — avtomobillami boshqalarga 
qaraganda arzonroq sotdim, lekin o'z ishchilarimga ko‘proq pul 
to‘ladim». Misli ko‘rilmagan bunday ish uni va korporatsiyasini eng 
boylardan qildi, ular raqobatchilarni bozordan siqib chiqardilar.
Tovar-pul munosabatlarining shunday xususiyati mavjudki, u 
jamiyatni o‘zini o‘zini nazorat mexanizmi bilan ta’minlaydi. Boshqa- 
riladigan bozor korporatsiyalar faoliyatini iste’molchiga qaratishni, 
hamda boshqaruv tamoyillari va uslublarmi o‘zgartirishni talab etadi.
Marketing turlari tasnifmi amerikalik iqtisodchi Filip Kotler o'zining 
«Firma ichida marketingni boshqarish» darsligida ko‘rsatib berdi.

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling