Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
7.3. Korporatsiyalar bozori
Korporatsiya — bu xom ashyoning, yordamchi buyumlarning, uskuna, yordamchi uskuna, ta’minot predmetlari va xizmatlaming katta bozoridir. Xizmat ko‘rsatishda, ta ’minotda, qishloq xo£jaligida, chakana savdoda, qurilishda, ishlab chiqarish va davlat korporatsiyalarida o ‘n minglab korporatsiyalar tovar va xizmatlar oldi-sotdisi bilan band. Korporatsiya ehtiyojlari uchun xaridlar — bozorda mavjud ta’mi- notchi, tovar belgilarini baholab, tanlab olish orqali korporatsiya ehtiyojlarini qondirishdir. Korporatsiyalar bozorining 3 turi mavjud: sanoat maqsadidagi, oraliq mahsulotlar va davlat korporatsiyalari bozorlari. Sanoat maqsadidagi mahsulotlar bozori deganda o‘z ichiga boshqa iste’molchilaming talabini qondirish maqsadida tovar va xizmat sotib oluvchi va ularni qaytadan ishlab chiquvchi shaxs va tashkilotlar majmuasi tushuniladi. Keng ist’mol tovarlari bozoriga qaraganda sanoat mahsulotlari bozori pul aylanishi va tovarlar nomenklaturasi ancha kattadir. 70 Avtomobil tayyoriashda met all, shisha, rezina ishlab chiqaruvchiliir tayyor avtomobil qilib iste’molchilarga yetkazib beruvchi inashi- nasozlarga o‘z mahsulotlarini sotishi kerak. Sanoat mashulotlari bozorini keng iste’mol bozoridan ajralib turuvchi bir nechta hususiyatlari mavjud. Bular: — sanoat mahsulotlarini sotuvchilari keng iste’mol mollari sotuvchi- lariga qaraganda kam xaridorlar bilan muomala qiladilar. — ishlab chiqaruvchi ko‘p bo‘lgan bozorda ham xaridning asosiy qismi baribir bir nechta yirik xaridorlar zimmasiga to‘g‘ri keladi. — xaridorlar geografik va sohalar bo‘yicha: neft, rezina, po‘lat tayyorlash sohalarida mujassamlashgan boladilar. — sanoat mahsulotlariga bo'lgan talab oxir-oqibat keng iste’mol mollariga bo‘lgan talab asosida shakllanadi. Shuning uchun tufli, etiklar ishlab chiqarish uchun teri mahsulotlari xarid qilinadi. — sanoat mahsulotlariga boigan talab keng iste’mol mollariga qaraganda tez oezgaradi. Bu narsa odatda yangi ishlab chiqarish asbob- uskunalariga nisbatan sezilarU. Ko‘pincha iste’mollar talabining 10% ga oshishi sanoatda talabni vaqt o'tishi bilan 20% ga oshiradi. — sanoat mahsulotlari xaridini ko'pincha malakah mutaxassislar, ekspertlar, komissiya asosida oladilar. Keng iste’molchiga esa bunchalik murakkablikning keragi yo‘q. Sanoat mahsulotlarini sotib olishda xaridorlar bir qancha qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Qaror to‘g‘ri qilinayotgan xaridning holatiga nisbatan qabul qilinadi. Xarid qilishning asosiy 3 holati mavjud: — o'zgarishlarsiz qayta xarid qilish — bu holatda xaridor bir mahsulotga qaytadan o'zgarishsiz buyurtma beradi. — o‘zgarishli qayta xarid kilish — bu holatda xaridor mahsulot texnik ко ‘rsatkichlariga, bahosiga, ta’minotchilariga o‘zgartirishlar kiritadi. Eski ta’minotchilar uni ushlab qolishga harakat qiladilar, yangilari esa uni zabt etishga. — birinchi marta xarid qilyotgan xaridorlarning yangi masalalarini hal etish uchun xarid. Masalan, firma o‘zida birinchi kompyuter tizimini o‘rnatmoqchi bo‘ldi. Qaror qilishning eng kam miqdori o‘zgarishsiz xarid qilayotganlarga, eng ko‘p miqdori esa, yangi masalalarga qaratilagan xarid holatida kuzatiladi. Xarid qilish vaqtida, mahsulotning texnik ko‘rsatkichlarini aniqlash, narxini, olib kelib berish muddati va shart sharoitini, texnik xizmat sharoitini, ishonchli va tanlangan ta ’minotchini, buyurtma hajmini aniqlab olish zarur. 71 Oraliq mahsulotlar bozori bu o'zida ishlatish, ijaraga berish yoki olib qaytadan sotish bilan shug'ullanuvchi shaxs va tashkilotlar majmua- sidir. Bu yerdagi sotuvchilar qayta olib sotiladigan mahsulotlaming ko‘p turlari bilan shug'ullanadilar. Oraliq mahsulotlami sotuvchilar qanday ta’minotchidan qanday narxlarda olishni va kimlaiga sotishni xal qihshi kerak. Oraliq mahsulotlar bozori o‘z ichiga tovar birjalari, ulguiji va chakana savdo firmalari kiradi. Davlat кофога151уа1аг1 bozori o‘zlarming vazifalarini bajarish uchun sotib olayotgan yoki ijara qilayotgan respublika, avtonom respubUka va hokimiyatlardan tashkil topgan. Respublika miqyosidagi eng yirik iste’molchi hukumatdir. Davlat tashkilotlari nomidan qilinadigan xarid- lar turli-tumandir (samolyot, teplovoz, mebel, o‘t o'chirish avtomo- billari va boshqalar). Hukumat o‘z maqsadlariga erishish uchun ulardan foydalanadi. Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling