8. KORPORATIV BOSHQARUVDA ME’YORIY-HUQUQIY
TARTIBLASHTIRISH
8.1. (Fzhekistonda korporativ tuzilmalarni me’yoriy-huquqiy jihatdan
tartiblashtirish.
8.2. (Уzbekistonda korporativ tuzilmalarni boshqarish muammolari.
8.3. (Fzbekistonda korporativ tuzilmalarni me’yoriy-huquqiy boshqarish.
8.1. 0 ‘zbekistonda korporativ tuzilmalarni me’yoriy-
huquqiy jihatdan tartiblashtirish
Iqtisodiyotning korporativ sohasi shakilanishi jarayonida rivojlangan
mamlakatlarda korporativ birlashmalarning konsernlar,
xolding
kompaniyalari, moliyaviy-sanoat guruhlari kabi alohida turlari vujudga
keldi.
0 ‘zbekistonda hozirgi vaqtda bir qator shunday tuzilmalar xolding
kompaniyalar ko'rinishida faoliyat yuritmoqda. Ular aksiyadorlik
jamiyatlariga o‘zgartirilgan va soha uyushmalari va konsemlarini davlat
tasarrufldan chiqarish natijasida texnologiya va kooperatsiya
aloqalarini
saqlab qolish maqsadida tuzilgan korporatsiyalardir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Respublika Vazirlar
Mahkamasi qarori bilan 1992-yilda ilgari tarqoq holda bo‘lgan neft-
gaz, neftni qayta ishlash va boshqa tarmoqlar
faoliyatini muvofiq-
lashtirish hamda ularni yagona ishlab chiqarish majmuasiga birlashtirish
maqsadida neft-gaz quduqlarini ishga tushirishdan tortib,
tayyor
mahsulotni sotishgacha bo'lgan uzluksiz faoliyatning har bir qirrasini
o ‘zaro bog‘lab turuvchi « 0 ‘zbekneftgaz»
konserni tashkil etilib,
keyinchalik neft-gaz sanoati milliy korporatsiyasiga aylantirildi.
Neft-gaz sanoati tuzilmasi 1992—1998-yillarda tarmoq kor-
poratsiyalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
va nazorat qiluvchi
davlat ishlab chiqarish va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalaridan iborat
edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-vil 11-dekabrdagi
«PF-2154» sonli Farmoni va 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq « 0 ‘zbekneftgaz» korpo-
ratsiyasi « 0 ‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi.
Ushbu o‘zgarishlardan asosiy maqsad respublika
neft-gaz sanoatida
bozor munosabatlarini chuqurlashtirishdir.
75
Bu esa chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha ishlarni
faollashtirish uchun keng imkoniyatlar ochdi.
Shu vaqtning o‘zida, xususiylashtirishning
dastlabki bosqichlaiida
aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil qilish jarayoni faol amalga oshirildi,
ohirgi yillarda u sezilarli darajada susaydi (8.1-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: