Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
-jadval O‘zbekistonda tovar aylanishining o‘sishi (mln. so‘mda)
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2239,7 23734 11737 16997 1980 10333,3 5601,1 4732.2 34872 13938
- 12.2. Mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruv tizimining shakilanishi
2.2-jadval
O‘zbekistonda tovar aylanishining o‘sishi (mln. so‘mda) Yfflar Umniiy tovar oboroti D svb t sektorida Mathbot kooperat- siyasida Chakana savdo korporatsiyalari soni Jami shn jnmladan davlat matlubot 1940 523,5 240,7 282,8 14116 3647 10469 I960 2305,8 1133,6 1172,2 20420 7292 13128 1970 4984,9 2745,2 2239,7 23734 11737 16997 1980 10333,3 5601,1 4732.2 34872 13938 20934 1990 14017,4 7645,9 6371,5 39851 15171 24680 122 0 ‘zbekiston biznes muhitining rivojlanishini retrospekliv nuqtui nazardan tahlil qilganimizdan so‘ng mamlakat siyosiy mustaqillikka erishganidan keyin amalga oshirilgan islohotlar va ulaming natijabidu eri-shilgan yutuq va mavjud kamchiliklar haqida so‘z yuritilishi ayni muddaodir. Shuning uchun keyingi kichik bobda 0 ‘zbekiston biznes muhitining rivojlanishida so'nggi yillarda yuz bergan o'zgarishlargii to ‘xtalib o‘tamiz. 12.2. Mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruv tizimining shakilanishi 0 ‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng bozor munosabatlariga asoslangan, o‘ziga xos demokratik iqtisodiyotni shakllantira boshladi. 0 ‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda davlat va xususiy mulk- chilikka asoslangan ko‘p ukladli, aralash milliy iqtisodiyot vujudga kelmoqda. Hozirgi 0 ‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlararo va tarmoq bo‘g‘inlari, mintaqalar, majmualar, korporatsiyalar va tashkilotlarni o‘z ichiga olgan murakkab fimksional va hududiy ishlab chiqarish tuzilmasiga ega. Bozor munosabatlariga o'tish bosqichida va fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida konsernlar, moliya-sanoat guruhlari, xolding va aksiyadorlik kompaniyalari singari yangi tuzilmalar iqtisodiyotning ajralmas qismlari sifatida rivojlanmoqsa. Ham siyosiy, ham iqtisodiy mustaqillikka erishgan 0 ‘zbekiston uchun iqtisodiyotning tarmoqlar tarkibini takomillashtirish zaruriyati shu bilan izohlanar ediki, mazkur tadqiqotning oldingi kichik bobida qayd etilganidek, sobiq Ittifoq davridagi mehnat taqsimotida 0 ‘zbe- kiston xom ashyo va yarim tayyor mahsulot yetkazib beruvchi respublika sifatida o‘rin olgan edi. Ta’kidlab o‘tish kerakki, sobiq Ittifoq davrida 0 ‘zbekistonda sanoatni majmuaviy tarzda rivojlantirish tamoyillariga amal qilinmagan. Buning oqibatida respublikada boshlangan iqtisodiy islohotlaming boshlang‘ich davrida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari — kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, agrosanoat majmui, yengil va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari sanoatida tarmoqlararo va tarmoq kooperatsiyasi hamda mehnat taqsimotining ichki tizimi mavjud emas edi. Shuning uchun sobiq Ittifoqning tanazzuli natijasida yagona tizimda faoliyat yuritgan birlashmalar o‘rtasidagi xo'jalik aloqalarining buzilishi 0 ‘zbekistondagi korporatsiya va birlashmalarning moliyaviy-iqtisodiy 123 ahvolini yanada murakkablashtirib yubordi. Bu, o ‘z navbatida, mamlakatimizda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, jahon bozori talablariga javob beruvchi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish va rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotda sanoat ishlab chiqarishi ulushini oshirishni obyektiv zaruriyatga aylantirib qo‘ydi. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyotiga o 'tish bozor m uno- sabatlarining uzviy qismi bo'lgan iqtisodiy jihatdan mustaqil va mas’uliyatU tovar ishlab chiqaruvchilar qatlamini shakllantirishni taqozo etar edi. Iqtisodiyotda mutlaq davlat mulki ustuvorlik qilgan sharoitda esa yosh 0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati oldida uni tubdan o'zgartirish va isloh qilishdek murakkab hamda keng qamrovli vazifa turli tarmoq korporatsiya va birlashmalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xu- susiylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin edi. Chunki turli iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi tadbirkorlik qobiliyati deb ataluvchi resursni jalb etish orqali ta’minlanishi mumkin. Tadbirkorlik esa jamiyatda ko'pmulkchilikka asoslangan iqtisodiy muhitni taqozo etadi. Oczbekistonda olib borilgan iqtisodiy islohotlar Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling