Oliy va amaliy matematika
Quyidagi taqsimot qonuni bilan berilgan tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalarini hisoblang. X
Download 189.54 Kb. Pdf ko'rish
|
2-kurs oraliq nazorat topshiriqlari
6.
Quyidagi taqsimot qonuni bilan berilgan tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalarini hisoblang. X 3 5 7 9 P 0,2 0,5 0,2 p 3 2-variant 1. Qutida 12 ta qizil, 8 ta yashil va 10 ta ko‘k sharlar bor. Tasodifiy ravishda 2 ta shar olindi. Olingan sharlarning biri qizil, biri yashil bo‘lish ehtimolini toping. 2. 500 sаhifаli kitobni nаshr qilishdа bosmаxonа 50 tа xаtogа yo‘l qo‘ygаn. Tаvаkkаligа olingаn sаhifаdа xаto bo‘lish ehtimoli topilsin. 3. Bojxona nazorat bo‘limi detalning standartligini tekshirmoqda. Detalining standart bo‘lish ehtimoli 0,7 ga teng. Tekshirilgan 5 ta detaldan 3 tasi standart bo‘lish ehtimolini toping. 4. Mahsulotning sifatsiz bo‘lishi ehtimolligi 0,02 ga teng. Tanlangan 200 ta mahsulotning ichida sifatsizlari bittadan ko‘p bo‘lmasligi ehtimolligini toping. 5. Qutida 10 ta qizil, 5 ta yashil va 5 ta ko‘k sharlar bor. Tasodifiy ravishda 3 ta shar olindi. Olingan sharlar orasidagi qizil sharlardan iborat tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini tuzing. 6. Quyidagi taqsimot qonuni bilan berilgan tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalarini hisoblang. X 1 3 10 20 P 0,2 0,3 p 0,2 4 3-variant 1. Sportchi musobaqada g‘alaba qozonishi uchun 4 ta bosqichdan o‘tishi kerak. Sportchining birinchi bosqichdan o‘tish ehtimoli 0,9 ga, qolgan uchta bosqichdan o‘tish ehtimoli mos ravishda 0,8; 0,7; 0,6 ga teng. Bitta bosqichdan o‘tolmagan sportchi keyingi bosqichlarda ishtirok etmaydi. Sportchinig o‘yindan chetlanish ehtimoli topilsin. 2. Qutida 12 ta 50 ming so‘mlik va 7 ta 100 ming so‘mlik qog‘oz pullar bor. Tasodifiy ravishda 2 ta qog‘oz pul olindi. Olingan pullarning biri 50 ming so‘mlik, biri 100 ming so‘mlik bo‘lish ehtimolini toping. 3. Omborda 12 ta kineskop bor, ulardan 10 tasi yaroqli. Tasodifiy ravishda tanlab olingan beshta kineskopdan 3tasi yaroqli bo‘lish ehtimolini toping. 4. Kompyuter sistematsi 45 ta bir xil mikroelementlardan iborat. Muayyan vaqtda har bir mikroelementning ish holatida bo‘lish ehtimoli 0,8 ga teng. Agar biror bir operasiyani bajarish uchun hech bo‘lmaganda 30 ta mikroelementning ish holatida bo‘lishi talab qilinsa, operasiyaning muvaffaqiyatli bajarilish ehtimoli qanday? 5. Guruhdagi 25 talabadan 10 tasi a’lochi. Tasodifiy tanlab olingan 4 ta talabalar ichida a’lochilar sonidan iborat tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini tuzing. 6. Quyidagi taqsimot qonuni bilan berilgan tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalarini hisoblang. X 0,1 0,5 0,6 0,8 P 0,2 0,3 p 0,2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling