Oliy va amaliy matematika
Download 189.54 Kb. Pdf ko'rish
|
2-kurs oraliq nazorat topshiriqlari
8
7-variant 1. Birinchi yashikda 3 ta oq, 5 ta qora, ikkinchisda esa 3 ta oq, 4 ta qora shar bor. Birinchi yashikdan tasodifiy tarzda 2 ta shar olindi va ikkinchi yashikka solindi, so‘ngra ikkinchi yashikdan 1 ta shar olindi. Bu sharning oq bo‘lish ehtimolini toping? 2. [0; 5] kesmadan tavakkaliga bitta nuqta tanlanadi. Shu nuqtadan kesmaning o‘ng oxirigacha bo‘lgan masofa 1,6 birlikdan oshmasligi ehtimolligini toping. 3. Imtihon biletlariga kiruvchi 60 savoldan talaba 50 tasini biladi. Tavakkaliga tanlangan 3 ta savoldan: a) hammasini; b) ikkitasini bilishi ehtimolligini toping. 4. Oliy o‘quv yurtiga kirish uchun kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish kerak. Bunday sinovdan o‘rtacha 25% abituriyent muvaffaqqiyatli o‘tishi ma’lum bo‘lsa, qabul komissiyasiga tushgan 1889 ta ariza bo‘yicha sinovda qatnashgan abituriyentlarning hech bo‘lmaganda 500 tasining barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishi ehtimoli qanday? 5. Tanlab olingan 10 ta detalning 4 tasi birinchi navga tegishli. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi navlarga esa 2 tadan detal tegishli. Olingan 3 ta detal orasida birinchi navga tegishlilar sonidan iborat tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping. 6. Quyidagi taqsimot qonuni bilan berilgan tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalarini hisoblang. X –4 4 10 12 P 0,2 0,3 p 0,4 9 8-variant 1. I vа II to‘plаrdаn otilgаn o‘qlаrning nishongа tegish ehtimollаri mos rаvishdа 0,8 vа 0,9 bo‘lsin. Аgаr nishonning yo‘q bo‘lishi kamida bitta o‘qning ungа tegishi shаrt bo‘lsа, nishonning yo‘q bo‘lish ehtimolini toping. 2. Yig‘uvchigа birinchi zаvoddаn 5 tа, ikkinchi zаvoddаn 7 tа, uchinchi zаvoddаn esа 6 tа bir xil qutidа detаl keltirildi. Birinchi zаvoddа tаyyorlаngаn detаlning yaroqli bo‘lish ehtimoli – 0,95; ikkinchi zаvod uchun bu ehtimollik – 0,85; uchinchi zаvod uchun bu ehtimollik – 0,9 gа teng. Tаvаkkаligа olingаn detаl yaroqli chiqqаn bo‘lsа, bu detаlning qаysi zаvoddа tаyyorlаngаn bo‘lish ehtimoli yuqori. 3. Omborda 12 ta kineskop bor, ulardan 10 tasi yaroqli. Tasodifiy ravishda tanlab olingan beshta kineskopdan 3tasi yaroqli bo‘lish ehtimolini toping. 4. Muayyan partiya 200 ta televizordan iborat bo‘lib, do‘kon ularni xaridorlarga sotib yubordi. Bu partiyadagi televizorlarning kafolat davri ichida ta’mirlanish ehtimoli 0,01 ga teng. Kafolat davri ichida shu partiyadan televizor xarid qilgan kamida 4 ta xaridorning ustaxonaga murojaat qilish ehtimolini toping. 5. Zavod bazaga 400 ta detal jo‘natdi. Yo‘lda detalning yaroqsiz holga kelish ehtimoli 0,003 ga teng. Yo‘lda yaroqsiz holga kelgan detallar sonidan iborat tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini toping. 6. Quyidagi taqsimot qonuni bilan berilgan tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalarini hisoblang. X 0,1 0,3 0,6 0,8 P 0,2 0,1 p 0,2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling