Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti
Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati
Download 499.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati.
- Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi.
Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati. Ushbu tadqiqot ishini bajarish
natijasida boshlang’ich sinflarda savod o’rgatish darslari kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida 7 qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashga oid mashg‘ulot ishlanmalarini, uning maqsadi, mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijasida aniqlangan ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan nutqning tovush madaniyatini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarini boyitish, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan turli o‘quv predmetlarini takomillashtirish hamda ularning bilimini, malakasini oshirishda keng foydalaniladi. Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu tadqiqot ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 8 1.bob. O`zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O`zbek tili yozuvi fonimatik yozuv hisoblanadi. 1993- yil 2-sentardagi (lotin yozuviga asoslangan “O`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonunga muvofiq o`zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olinadi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilinadi. O`qituvchi savod o`rgatish jarayonida o`quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda ularni sentizlab o`qishga o`rgatishda o`zbek tilining fonetik hususiyatlatini hisobga olishi zarur. Savod o`rgatish analitik- sentetik tovush metodiga asoslanib boriladi. So`z bog`inga bo`linadi. Bo’g`indan kerakli o`rganilayotgan tovush ajratib olinadi, tahlil qilinadi, o`rganiladigan harf bilan sintezlanadi shu asosda butun o`qish jarayoni o’zlashtiriladi. Bunda o`zbek tili grafik tizimi tovushlarni belgilash hususiyatlari hisobga olinadi. Savod o`rgatishda o`zbek tili grafik tizimining qo`yidagi hususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega: 1, Savod o`rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o`zbek tilida 6ta unli fonima mavjud:a, o, i, e, u, o`. E harfi so`z va bo’g`in boshida qo’llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o`rta keng lablanmagan unli tarzida o`qiladi. (kel, tez). Savod o`rgatishda oldin so`z boshida keladigan e, so`ngra undoshdan keyin keladigan e tovush- harfi bilan tanishtiriladi. Download 499.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling