Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Yozuvga o`rgatish jarayoniga qo`yiladigan talablar


Download 499.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana19.04.2023
Hajmi499.23 Kb.
#1361942
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
2.1. Yozuvga o`rgatish jarayoniga qo`yiladigan talablar.
Harflarning asosiy elementlari va bu elementlarni yozishdagi izchillik. 
Yanvar oyidan to may oyigacha bolalar harf elementlarini (haftada bitta 
mashg`ulot) yozishga o`rganishadi. 
Harf elementlarini daftarga yozishda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilish 
kerak: ular yozishni boshlagan qatorni oxiriga yetkazishlari kerak, yozishni 
boshlagan sahifani to`ldirish darkor. Har bir mashg`ulotda o`rganishning boshida 
albatta 2-3 qator yozish kerak. Zarur malaka hosil bo`lgach, 5 qator yozish 
mumkin.Turli harfning har bir elementi ko`p marta takrorlanib yozilishi tufayli, bir 
elementni yozish ustida uzoq tuxtalishga zarurot qolmaydi. 
Yozuvimizda harflarning asosiy va qo’shimcha elementlari mavjud. Quyida bu 
elementlarni bayon etamiz. 
Harflarning asosiy elementlari 
1.To`g`ri chiziq (tayoqcha) uchini pastga bosib aylantirish. 
2.to`g`ri chiziq uchini yuqori tomon aylantirish. 
3.To`g`ri chiziqning yuqori va pastki uchlari aylantirilgan.
4.Ikkita birlashtiruvchi to`lqinli chiziqchadan iborat to`g`ri chiziqcha. 
5.Ilmoqli uzun to`g`ri chiziq 
6.Chap yarm oval.
7. O`ng yarim oval. 
8.Ilmoqli o`ng yarim oval. 
9.Chap tomondan oval chizish. 
10.O`ng tomondan oval chizish. 
Maktabgacha ta`lim muassasida harfning oddiy elementlari o`rganiladi. 
Bolalarni u yoki bu harf elementlari bilan tanishtirishni qo`yidagi izchillikda olib 
borish mumkin. 
1. Oldingi ishlarni ko`rib chiqish va tahlil qilish. 
2.O’qituvchi tomonidan yangi materialni doskada ko`rsatish. 
3.O’qituvchi rahbarligida namunani muhokama qilish. 
4.Yangi materialni bolalar tomonidan o’qituvchi rahbarligida sanab turish bilan 


21 
yozish va mustaqil bajarish. 
5.Yozilganini tahlil qilish. Bolalar bajargan ishlarni mustaqil ko`rib chiqishadi, 
qatorga yozilgan harf elementlari ichidan yaxshi yozilgan harf elementlarini aniqlab, 
ana shu namuna asosida qo’shimcha yana bir qator yoki ikki qator yozib chiqadilar. 
6.Bolalarni harf elementlarini yaxshi yozishga o`rgatish- bu bolalar harfning 
o`zini yozishni yengil o`zlashtirishlarini yengillashtiradi. 

Download 499.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling