Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 499.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana19.04.2023
Hajmi499.23 Kb.
#1361942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini 
ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o`rgatiladi. O`quvchilar 
bu birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o`qish va yozishga ko’nikishlari lozim. 
Bu davrda sh tarzida o`qiladigan holatga to`xtalmaydi 
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talaffuzi (b-p, v-f, g-k, z-s kabi) haqida 
dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va imlosi haqida 
ham dastlabki tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo`yicha maxsus mashqlar 
ham uyushtiriladi. 
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi va talaffuzi haqida ham dastlabki 
tushunchalar beriladi, ularni farqlash bo`yicha maxsus mashqlar ham uyishtiriladi. 
Tutuq belgisi (,) unli tovushdan so`ng kelsa, uni chuzib talaffuz qilishga
undosh tovushdan so`ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat 
qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta- sekin uni qo’llashga doir ko’nikmalar 
shakllantiriladi. 
Savod o`rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichchik) 


10 
shakli va ularning ishlatish o`rni o`rgatiladi.
O`quvchilarni o`qishga o`rgatish bo`g`in asosida olib boriladi. Bo`g`inlab 
o`qishga o`rgatish uchun so`zni bo`g`inga bo`lish, bo`g`in chegarasini aniqlashni 
o`rgatish muhim sanaladi. Savod o`rgatish davrida o`quvchilar so`zlarni 
bo`g`nlarga to`g`ri ajrata olsalar, o`qish ko’nikmasini ham yaxshi egallaydi. 
 


11 
1.2.Savod o’rgatishning nazariy asoslari, maqsad va vazifalari 
Savod o’rgatish darslari dasturida ko’rsatilgandek haftada 8 soat bo’lib, 4 
soat yozuvga ajratiladi. Savod o’rgatish 2-sentabrdan dekabrning oxirigacha 
davom etadi. U 2 davrga bo’linadi. 
a. tayyorgarlik davri
b. asosiy davr 
Tayyorgarlik davri o’z navbatida 2 bosqichga bo’linadi: 
1. Harf o’rganilmaydigan bosqich 
2. Unli tovushlar va undosh tovushlar, harflar o’rganiladigan bosqich. 
1-bosqich uchun 10 soat dars ajratiladi. Bu bosqichning vazifasi 
o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib intizom qoidalari bilan tabishtirish. Ularga 
og’zaki va yozma nutq haqida, gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so’z, gaplarning 
so’zlardan tuzilishini: tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishini 
o’rgatish amaliy foydalana bilish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Bu 
bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilarda daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan 
tanishtirish, harf elementlarini yozishga o’rgatish, harf oralirining tengligiga rioya 
qilish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi. 2-bosqichga 14 soat ajratiladi. Bu 
bosqichda unli va undosh tovushlar o’rgatiladi. Tovushni ifodalovchi harflar 
ko’rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz
harflarni esa yozamiz, ko’ramiz o’qiymiz. 
Asosiy davr uchun 90 soat dars ajratiladi. Bu davrning asosiy vazifasi 
bolalarni o’qishga o’qilgan bo’g’in, so’z va gaplarni yozish va tekshirishga 
o’rgatadigan davr. 
Ta’limning davri va bosqichlariga ko’ra: 
1. Tayyorgarlik davri Alifbegacha. 
2. Asosiy (Alifbo) davr. 
Tayyorgarlik davridagi darslar 2 bosqichga ajratiladi. 
Birinchi bosqich darslarida o’quvchilar tovush va harfni o’rganishga 
tayyorlanadi. 1-bosqich darslari “Nutqning fonetik bo’laklarini o’rganish darslari” 


12 
deb nomlanadi. 2-bosqich darslari “Unli tovush va harflar o’rganiladigan darslar” 
deb ataladi. 
Savod o’rgatish jarayonidagi darslar predmetiga ko’ra 2 turga ajratiladi.
1. Alifbe darsligi asosidagi o’qish darslari. 
2. Yozuv daftari asosidagi yozuv darslari. 
Asosiy davri o’qish darslari yangi bilim berish bermasligiga ko’ra quyidagi 
turlarga ajratiladi. 
1. Yangi tovush va harf bilan tanishtiriladigan o’qish darsi. 
2. O’rganiladigan tovush va harflarni mustaxkamlovchi o’qish darsi. 
3. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish darsi. 
Asosiy davr yozuv harf yoziladigan yozuv darsi. 
1. Kichik harf va bosh harf yoziladigan turlarga ajratiladi. 
2. Kichik harf yoziladigan yozuv darsi. 
3. Bosh harflar yoziladigan yozuv darsi. 
4. O’rganilgan bo’g’in, so’z gaplarni yozishni mashq qilish darslari. 
Har savod o’rgatish jarayonida hafta oxiridagi o’qish darslarining 15-20 
daqiqasi sinfdan tashqari o’qishga ajratiladi. Savod o’rgatish darslari 
taqvimlashgan analitik-sintetik tovush metodida olib boriladi. Analitik-sintetik 
tovush metodi nutq haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so’zlardan, 
so’zlarning bo’g’inlardan, bo’g’inlarning tovushlardan tuzilishini o’rgatishda, 
so’zdan o’rganiladigan tovushni ajratib olish, uni o’rganilgan harflarga qo’shib 
o’qishga o’rgatishda amal qiladi.


13 

Download 499.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling