Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 499.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana19.04.2023
Hajmi499.23 Kb.
#1361942
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
To`g`ri tayoqchani yozish 
Tayoqchani yozishda quyidagilarga erishish lozim: 
a) tayoqcha yuqori qator chiziqchadan yozishni boshlash va uni pastki qator 
chiziqchqda tugallash: 
b) tayoqchalar orasidagi masofani bir xil bo`lishini taminlash 
d)tayoqchalarni to`g`ri chiziq ko’rinishida tasvirlash, qiyshayishiga yo`l 
qo`ymaslik, yordamchi egri chiziqdan chiqmaslik. 
O’qituvchi to`g`ri chiziqni qanday yozish kerakligini doskada ko`rsatadi va aniq 
tushunchalar beradi. 
Chunonchi, yuqori qatorda chiziqqa bitta nuqta qo`yaman, ikkkinchi nuqtani 
esa pastki qatordagi chiziqqa qo`yaman, Ularni bir-biri bilan to`g`ri, tekis chiziq 
chizib birlashtiraman. Yozilgan tayoqchadan o`ng tamonga qarab ikkita katak 
qoldirib yuqori qatordagi chiziqqa nuqta qo`yaman, so`ngra ikkita katak qoldirib 
pastki qatordagi chiziqqa nuqta qo`yaman va hakozo. 
Bolalar daftarga xuddi o’qituvchi tushuintirganidek namunaga qarab, 
tayoqchani chiza boshlaydilar. Ikkinchi qatorni nuqta yordamida topadilar, ammo bir 
tayoqcha bilan ikkinchi tayoqcha oralig`idagi masofaga rioya qilgan holda nuqtasiz 
tayoqchani yozadilar. 
Bir mashg`ulot davomida uch qator yoza olishlari mumkin. 
Xatolarni o`z vaqtida tuzatib olishlari zarur. Qiynaladigan bolalarga yordam 
berish, topshiriqni muvofaqiyatli bajarganlarni rag`batlantirib borish zarur.
3
 
Pastga pastgi uchini aylantirish bilan yoziladigan tayoqchani yozish. 
1. 
3
Qosimova .K.Ona tili o’qitish metodikasi.Toshkent.2009-yil.


22 
Pastga pastgi uchini aylantirish bilan yoziladigan tayoqchani yozishda uni 
to`g`ri aylantirishga ahamiyat berish kerak. Buning uchun o’qituvchi namunani 
doskada tushuntirish bilan bog`langan holda sekinlik bilan yozishi kerak. 
Avval oldingi mashg`ulotda yozgandek, to`g`ri tayoqchani yozamiz. Pastgi 
qatordagi chiziqchaga ozgina qolganda qalamning uchini o`ng tomonga bura 
boshlaymiz. Pastgi chiziqchaga tekizib aylantiramiz va uchini yuqori qatordagi 
chiziqchaning burchagi tomon ingichka chiziq o`tkazamiz. 
Tushuntirish vaqtida bolalar tayoqchaning to`g`ri tayoqchaning pastga qarab 
pastgi uchini sekin astalik bilan o`ng tomonga burab aylantirilgan holatda 
keltirganlarini ko`ra olishsin. 
Bolalar qo`l harakatini aniq his qila olishlari uchun ularga qolamni qo`lda 
tutish, havoda harf elementlarini qanday yozishh kerakligini tasvirlab mashq qilib 
ko`rishni taklif qilish kerak. 
Bolalarning daftarga pastgi uchi qo`yrilgan (aylantirilgan) tayoqchadan 
ikkitasini namuna asosida yozish kerak. 
Bolalar pastgi uchi o`ng tomonga qo`yrilgan (aylantirilgan) tayoqchani yozishni 
yaxshi o`zlashtirib olishgach, harfning yangi elementi tayoqchaning yuqori uchini 
qayrilgan holda yozishni, so`ngra yuqori va pastgi uchini qo`yrilgan holga keltirib 
yozishni o`rganadilar 
Yuqorigi va pastgi uchi qayrilgan tayoqchani yozish n,m harflarining 
elementlari bo`lib hisoblanadi. 
O’qituvchi yuqori va pastgi uchi qayrilgan tayoqchani yozadi va tushuntiradi. 
Pastgi qatorning burchagidan o`ng yuqori tomonga to`g`ri, ingichka chiziqcha
o`tkazaman, yuqorigi chiziqning burchagiga tegmasdan uchini pastga qarab 
qayiraman, songra egik chiziqcha bo`ylab pastga qarab, qalamni bosib, to`g`ri 
chiziqcha chizaman: pastgi uchini qayiraman va yuqorigi katakning burchagiga 
ingichka chiziqcha chizaman. Bolalar bu harf elementini daftarga yozishdan avval
qalam bilan havoda 'bir, ikki, uch" sanog`i ostida shu harfga mos harakatlarni 
bajaradilar. O’qituvchi harf elementlarini dafatrga yozishda tayoqcha uchini 
qayirish bir tekisda bo`lishini kuzatib borish kerak. To`g`ri tayoqchani qalam bilan 


23 
bosib yozish boshidan oxirigacha bir tekisda bo`lishi kerak. 

Download 499.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling