Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 499.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana19.04.2023
Hajmi499.23 Kb.
#1361942
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Uzun to`g`ri tayoqchani yozish 
(p harfining elementi)
Mashg`ulot to`g`ri tayoqchani yozishni takrorlashdan boshlanib so`ngra bolalar
uchun yangi bo`lgan hafr elementini doskaga yozib ko`rsatiladi. 
O’qituvchi doskaga ikki nuqta qo`yadi bittasini yuqorigi to`g`ri chiziq ustiga, 
ikkinchisini yordamchi chiziqcha ustiga qo`yadi, so`ngra doskada bo`r bilan uzun 
tayoqcha hosil bo`lishi uchun bu nuqtalarni qanday birlashtirish kerakligini 
ko`rsatadi. Ko’rsatish o’qituvchining tushuntirishi bilan bog`lab olib boriladi. 
Ilmoqli uzun tayoqchani yozish 
(u harfining elementi)o’qituvchi bolalarga ikkita katak tashlab, bitta uzun 
tayoqcha yozishni taklif etadi. Bolalar yozib bo`lishgach, u tushuntiradi. Bugun ham 
uzun tayoqchani yozamiz. Mening qo`l harakatimni diqqat bilan kuzating. Qatorning 
yuqorigi chiziqchasidan pastga tomon qalamni qattiq bosib uzun to`g`ri tayoqcha 
chizamiz. Pastgi qatordagi chiziqga ozgina yetmay qalam uchini ozgina o`ng 
tomonga qarab qaytaraman va yuqoriga qarab ingichka chiziq chizaman, xuddi 
ilmoqchaga uxshash shakl hosil bo`ladi. 
Nuqtadan ingichka chiziq chizish 
(l harfi elementini yozish) 
O’qituvchi doskada harf elementini yozadi va tushuntiradi. 
Pastgi egri chiziqning o`rtasiga nuqta qo`yaman. Nuqtadan avval o`ng tomonga
yuqoriga tomon ingichka chiziqcha chizib, o`ning uchini chap tomonga qarab
aylantiraman va pastga qarab chizaman, uni o`ng tomonga qarab uzaytirib ingichka 
chiziqchani yuqorigi qatorning burchagiga olib boraman. Doskada yozib 
ko`rsatilgan va tushuntirilgan harf elementlari bolalar tomonidan havoda qo`l 
harakatlarti yordamida mustahkamlanadi. 
Nuqtali chap yarim ovalni yozish 
(s harfi elementini yozish)
Bolalar s harfi elementi bilan tanishadilar. Ular s harfi yarimta doiraga 
oxshashligini oldindan bilishadi. o’qituvchi bolalarga s harfi bu ovalning yarimtasi 


24 
degan tushunchani beradi va uni qanday yozishni tushuntiradi. 
yozishni nuqtadan boshlayman, deydi o’qituvchi. Buning uchun nuqtani 
yuqoriga chiziqchaning sal pastiga, egri chiziqcha orasidan utgan tug`ri chiziqqa 
qo`yaman. Nuqtadan boshlab pastga va o`ngga tomon dumoloqlash boshlanadi. 
O’qituvchi tushuntirishni bir necha marta ko`rsatish bilan takrorlaydi. So`ngra 
har bir bola qo`liga qalamni olib, o’qituvchining qo`l harakatlarini havoda takrorlab 
s harfini yozishga urinadi. Shundan keyin bola chap yarim ovalni daftarga yozadi, 
Bolalarga chap yarim ovalni yozish qiyin. Ba’zi birlari qo`yidagi xatolarga yo`l 
qo`yadilar: 
1.Nuqtani yuqoridagi chiziq qatorining ostiga normadan ancha pastga 
qo`yadilar. 
2.Yozishni yuqoriga qo`yilgan nuqtadan boshlasalar ham juda katta dumoloq
chizib qo`yadilar. 
Bu harf elementini yozishnio bir necha marotaba yozishi kerak. 
Ovalni yozish 
Bolalar ovalni yozishni biladilar. Endi ular olxuri, bodring, limon va 
hakozolarning rasmini chiza oladilar. Ularga o harfi ham tanish. Shunday bo`lsada 
o’qituvchi bolalarga ovalni qanday to`g`ri yozish kerakligini tushuntirishi juda 
muhim. Buning uchun o’qituvchi ovalni doskada yozib tushuntiradi.

Download 499.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling