Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati. . Tilshunoslik fanlar
sistemasida deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqadadir. Buning sababi tilshunoslik fanining o`rganilish obyekti bo`lgan tilning mohiyati bilan bog`liqdir. Avvalo, til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy harakterga ega. Demakki, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadadir. Masalan, til egasi bo`lgan xalqning tarixi, madaniyati, ruhiyati va boshqalar. Bu shuni ko`rsatadiki, o`zaro munosabatda bo`lgan barcha ijtimoiy hodisalarni o`rganluvchi ijtimoiy fanlar ham o`zaro munosabatdadir. Xususan, tilshunoslik falsafa, tarix, etnografiya, sotsiologiya, psixologiya singari fanlar bilan uzviy aloqada. Til fikrni shakllantiruvchi va ifodalovchi vositadir. Demak, tilshunoslik tilning tafakkur bilan aloqasini o`rganlar ekan, tafakkur qonunlarini o`rganluvchi mantiq va psixologiya fanlari bilan tutash nuqtalarga ega bo`ladi. Til ma'lum jamiyatning aloqa vositasi sifatida shu xalqning tarixi, etnografiyasi bilan ham bevosita aloqada bo`ladi. Ana shu aloqa tilshunoslikning tarix, etnografiya bilan bog`liq ekanligini ko`rsatadi. Xalq madaniy olamining shunday tarmog`i borki, ular uchun til, xuddi rassom uchun rang-bo`yoq, xaykaltarosh uchun loy yoki tosh singari, moddiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Bu tarmoq adabiyotdir. Shuning uchun adabiyot so`z san'ati hisoblanadi. So`z bir
vaqtning o`zida
ham tilshunoslikning, ham adabiyotshunoslikning o`rganlish obyekti sanaladi. Ularning farqi faqat so`zga qanday nuqtai nazardan yondashishga bog`liq. So`zning atash ma’nosi va uning ontologik tuzili-shi tilshunoslikning o`rganlish obyekti bo`lsa, uning ta’sir etish, badiiy estetik vazifasi adabiyotshunoslikning o`rganlish obyekti bo`ladi. Til garchi vazifa bajarish nuqtai nazaridan ijtimoiy harakterga ega bo`lsa ham, lekin yuzaga chiqishl nuqtai nazaridan insonning fiziologi k tuzilishi bilan uzviy bog`liq. Chunki nutqiy faoliyat bosh miya faoliyati bilan bog`liq holda, nutq organlarining harakati hosilasi sifatida yuzaga chiqadi. Bu esa tilshunoslik bilan fiziologiyaning o`zaro naqadar bog`liq ekanligini ko`rsatadi. 17
moddiy jismning tashqi ta’sir tufayli harakatlanishi va havoning tebranishi natijasida paydo bo`ladi. Tovushning paydo bo`lishi va uning akustik xossasini
17 Нурмонов А., Маҳмудов Н.. “Ўзбек тилшунослиги тарихи”. Т., “Камолот-қатортол”. 2000 o`rganlish jarayonida tilshunoslik fizikaning akustika bo`limi bilan uzviy aloqada bo`ladi. Til kishilar o`rtasida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Shu bilan kishilar boshqa axborot vositalaridan ham foydalanadilar. Bu axborot vositalarining hammasi belgili tabiatga egadir. Chunki bu vositalar obyektiv olam haqidagi axborotni bevosita emas, balki bilvosita, belgilar yordamida ifodalaydi. Tilning boshqa axborot tashuvchi vositalar kabi belgili tabiatini, uning belgilar sistemasi ekanligini ochishda tilshunoslik semiotika bilan hamkorlik qiladi. Axborot muayyan texnik vositalar yordamida uzoqqa uzatilishi ham mumkin. Axborot uzatish vositalarini o`rgatish uchun tilshunoslik axborot nazariyasi bilan aloqa qiladi. Hozirgi kunda avtomatik tarjima keng tarmoq otmoqda. Avtomatik tarjima
esa tarjima
qilinayotgan tillarning leksik imkoniyatlarini programmalashtirish mahsuli sanaladi. Demak, avtomatik tarjima tilshunoslik va kibernetikaning o`zaro munosabati tufayli yuzaga keladi. Shu qisqa dalillar ro`yxatining o`ziyoq tilshunoslikning fanlar sistemasidagi juda ko`p fanlar bilan uzviy aloqador ekanligidan guvohlik beradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling