Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Sharq Aristoteli
Fanlar tasvifi haqida. Dunyodagi barcha bilimlarni guruhlarga ajratish tasnif
qilish bilan dastlab Demokrit, Aflotun, ayniqsa, Arastu kabi yunon faylasuflari shug`ullangan. Masalan, fanlar tasnifi masalasini o`rganlgan Aflotun (eramizgacha 427-347-yillar) birinchi o`ringa dialektikani qo`ygan. Uning ta’limotida dialektika fizika va etika kabi qismlarga ajratilgan. Aflotunning shogirdlaridan biri, buyuk mutafakkir Arastu (eramizdan 384-322-yillar) fanlar tasnifi muammosi bilan ilk bor jiddiy shug`ulangan. Uning "Metafizika", "Topika" kabi bir qator asarlarida barcha ilmlar dastlab nazariy va amaliy fanlarga ajratilgan edi. Arastu ta’limotiga muvofiq, analitika (mantiq), fizika, matematika, metafizika fanlari nazariy fanlar qatoriga kiradi, etika, iqtisodiyot, siyosat kabilar esa amaliy fanlarga mansubdir. 12
O`rta asr arab-musulmon Sharqida bilimlarni yaxlit, tizim sifatida o`rganlish, ularni turli guruhlarga tasnif qilishda yunon faylasuflari ishlab chiqqan yuqorida qisman qayd etilgan ana shu tamoyillardan keng foydalanilgan. Jumladan, Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy (801-866) Sharqda birinchilardan bo`lib fanlar tasnifi masalasi bilan mashg`ul bo`lgan. Shu muammoga bahishlab olim "Insoniy bilimlar tasnifi", "Bilimlar mohiyati va ular tasnifi", "Arastu kitoblarining miqdori va falsafani egallash uchun zarur omillar" kabi bir qator risolalar yaratdi. Lekin bu risolalardan bizgacha faqat so`shti asari yetib kelgan, xolos. O`zining fanlar tasnifida al-Kindiy falsafa muammolarini o`rganlishga katta ahamiyat beradi.
13
Al-Kindiyning fanlar tasnifiga oid ratsionalistik ta’limoti keyinchalik ar- Roziy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy singari O`rta Osiyolik qomusiy olimlar dunyoqarashining shakllanishiga o`z ta’sirini ko`rsatdi. Arab tilida asarlar yozgan bunday olimlar faqat barcha fanlar tasnifi bilangina emas, balki ayrim bilimlar, fanlarning ichki "bo`linishi bilan ham izchil shug`ulandilar. Shuiday olimlar orasida Abu Bakr ar-Roziy (865-925) tomonidan ishlab chi-qilgan kimyoviy bilimlar tasnifi alohida qimmatga ega. Abu Bakr ar-Roziy "Sirlar siri haqida kitob" risolasida kimyoviy bilimlarni uch guruhga ajratadi: a) moddalarni, narsalarni bilish; b) asboblarni bilish; v) kimyoviy jarayonlarni bilish bilan aloqador bilimlar. O`rta Osiyoda fanlar tasnifi muammosining asoschilaridan biri Abu Nasr Farobiy (873-950) bo`lib, 160 dan ortiq asar yaratgan, "Sharq Aristoteli Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling