Tilshunoslikning
fanlar
sistemasidagi
o`rni.
1.
Yuqorida
bayon
qilinganlardan ma’lum bo`ldiki, tilshunoslik boshqa fanlar bilan ma'lum
munosabatdadir. Bu esa tilshunoslikning fanlar sistemasidagi o`rnini belgilashda
bir qadar qiyinchilik tug`diradi. Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda
bu fan o`rganladigan obyektgning tabiati asos qilib olinadi. Bu jihatdan uning
o`rganish obyekti ham ko`p qirrali, murakkabdir. Birinchidan, til kishilarning eng
muhim aloqa vositasi, bilimlarini saqlovchi va kelajak avlodga yetkazuvchi,
kishilarga estetik zavq uyg`otuvchi qudratli vositadir. Ana shu vazifalarini
e’tiborga olganda, til ijtimoiy hodisadir. Chunki u muayyan jamiyat uchun xizmat
qiladi. Agar shu jamiyat bo`lmasa, uning tiliga ham zarurat bo`lmaydi. Jamiyatdagi
har bir o`zgarish uning tilida o`z izini qoldiradi. Tilni ana shunday ijtimoiy
mohiyat sifatida o`rganish tilshunoslikni ijtimoiy fanlar tarkibiga kiritishga asos
bo`ladi.
11
2- ma’ruza
Do'stlaringiz bilan baham: |