Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
(javhar) va aksidensiya (oraz) hamda substansiya va aksidensiyani yaratuvchi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oraz Aristotel falsafasidagi aksidensiyani bildiradi.
(javhar) va aksidensiya (oraz) hamda substansiya va aksidensiyani yaratuvchi
Marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo`qdir". 5 Farobiyning javhar va oraz haqidagi bu fikri bilish nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va uning unsurlari javhar va orazlarning o`zaro dialektik munosabatidan tashkil topgandir. Farobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga ta’sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin bo`lgan belgilar oraz sanaladi. Oraz Aristotel falsafasidagi aksidensiyani bildiradi. Farobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his etamiz. Xususan, rang ko`rish sezgi organi orqali; ovoz eshitish organi orqali; maza-ta’m maza sezgi organi orqali, predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi orqali his etiladi. Bu sezgi organlari insondan tashqari hayvonlarda ham mavjuddir. 6 Demak, yuqoridagi sezgi organlari barcha jonzodlarga xos. Ular orqali har qanday jonzod o`zini qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi. Insonning sezgi organlari yordamida hosil qilgan bilimi hissiy yoki amaliy bilim sanaladi. Bo`lardan tashqari inson xayol surish, nutq yordamida ham bilimga ega bo`lishi mumkin. Bilishning bu yo`li quvvai notiqa va quvvai mutaxayila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning (sezgilarning) yetakchisi, raisasidir. Hissiy bilim bilishning asosi, tayanch nuqtasi sanaladi. U insonni qurshab turgan olam uzvaridan har birini alohida ko`rish, ushlash, eshitish, mazasini tatish, xidlash orqali hosil qilinadi. hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa ham, lekin u ko`pincha aldab qo`yishi mumkin. Masalan, quyosh yer atrofida aylanayotganday ko`rinadi. Aslida esa aksincha. Shuning uchun bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar. Idrokiy bilish hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy bilimlarning hosil bo`lishiga asos bo`lgan orazlar (aksidensiyalar) zamirida yashiringan mohiyatni-jovharni aniqlash orqali hosil qilinadi. Masalan, tanada isitmaning ko`tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat o`z-o`zidan ko`tarilmaydi. Uning ma’lum ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga o`xshash, u bilan bog`liq bo`lgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning tashqi alomati ekanligi aniqlanadi. Solishtirish, qiuoslash, mantiqiy umumlashtirish
5 Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Tошкент: Шарқ, 2001. 6 Форобий. Фозил одамлар шаҳри. –Tошкент: Шарқ, 1984. orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har qanday fan ana shu bilimlarni keltirib chiqara. Bundan ko`rinadiki, hissiy (fahmiy) bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish bosqichi sanalib, xaqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o`zaro munosabatini o`rganlish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi va bu bilimga ega bo`lish har qanday fanning bosh maqsadi sanaladi. Bilishning bu ikki bosqichi hozirgi davrda barcha fan vakillari tomonidan e’tirof qilinadi. Ana shu ikki bosqich haqida ilk marta ma’lumot bergan bobokalonimiz Abu Nasr Farobiy bilan har qancha faxrlansak arziydi. Har bir fan kishilarning amaliy ehtiyoji tufayli vujudga keladi. Buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy ham "Geodeziya" asarining kirish qismida har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan vujudga kelishini aytadi. 7
beriladi. Uning fikricha, har bir fan javhar (substansiya) va oraz (aksidensiya)larni o`rganlish asosida kelib chiqadi. Xususan, sonlar to`g`risidagi ilmning paydo bo`lishi haqida quyidagilarni yozadi: "...birliklardan vujudga keluvchi sanoqsiz va juda ko`p miqdorni tashkil qiluvchi son substansiyaning turli usullar bilan qismlarga ajratish va uning turli birliklardan iboratligi natijasida kelib chiqqandir. Substansiya o`z tabiati jihatidan cheksiz darajada bo`laklarga ajratib keta olishligi sababli, son ham o`z tabiati jihatidan cheksizdir. Son to`g`risidagi ilm - bu substansiya bo`laklarini bir-biriga ko`paytirish, birini ikkinchisiga bo`lish, birini ikkinchisiga qo`shish, birini ikkinchidan ayirish, agarda bu bo`laklarning negizi bo`lsa, negizini topishga va ularning muvozanatini aniqlashga qaratilgan ilmdir. Sonning qanday kelib chiqqanligi, uning vujudga kelishi va ko`payishi, uni u mavjudlik darajasiga olib kelgan, imkoniyatdan voqelikka hamda yo`qlikdan borliqqa aylantirgan sabab nimadan iborat ekanligi yuqorida aytilganlardan aniq ko`rinib turibdi. Bu ilmni yunon donishmandlari arifmetika deb ataydilar." 8 Substansiyaning ko`p bo`laklarga ajrala boshlashi va ulardan har birining ma'lum figuralarga (uchburchak, to`rtburchak va h. k) ega bo`lishi va figuralarni o`rganlaligan ilmga ehtiyoj tug`dirdi. Ana shu ehtiyoj tufayli geometriya fani vujudga keldi. Substansiyaning harakatchanligi ta’kidlanishi bilan birga, osmon harakatini o`rganluvchi ilm vujudga kelganligini aytadi. Bu yil oldingi ikki ilm: arifmetika va geometriyaga asoslanishi, bu ilmlarsiz mavjud bo`lmasligi ta'kidlanadi va bu ilmning nomi astronomiya ekanligini yozadi. Substansiya harakatdan tashqari ovozga ham ega bo`lishi va bu belgini o`rganluvchi musiqa fani vujudga kelganligini aytadi. Substansiya qizarish-oqarish, uzayish-torayish, ko`payish-kamayish, tug`ilish-o`lish, kasallanish-sog`ayish kabi belgilarga ham ega bo`ladi. Substansiyaning bunday o`zgarishlarini o`rganishga ehtiyoj tufayli tabiat to`g`risidagi fan paydo bo`lganligini bayon qiladi. Bo`lardan so`ng ilohiyot ilmining, undan keyin til haqidagi ilm va grammatikaning, shuningdek, mantiq va poetikaning qanday amaliy ehtiyoj bilan vujudga kelganini asosli dalillar bilan ko`rsatib beradi. Ilohiyot ilmi haqida fikr yuritar ekan, "bu ilmning tabiatdan
7 Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Tошкент: Шарқ, 2001. 8 Н.А.Кондрашов. История лингвистических учений. М., Просвещение. 1979. yuqori turgan ilm - metafizika ilmi" ekanligi va u barcha ilmlarning yakuni va oxiri ekanligi, undan so`ng biror narsani tekshirishga zaruriyat qolmasligi aytiladi. Ko`rinadiki, barcha fanlar obyektiv borliqdagi javhar (substansiya) va uning orazlari (aksidensiyalari)ni o`rganlish asosida vujudga kelganligi ta'kidlanadi va til haqidagi ilm bilan grammatika fanlar ichida alohida o`rin tutishi ko`rsatiladi. Bu fikrlar bundan ming yillar oldin bayon qilingan bo`lsa ham, lekin hano`zgacha o`z qimmatini yo`qotgani yo`q.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling