Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslik va tabiiy fanlar
Fanlar sistemasi.. Sistema nima? Bu savolga hozirga qadar turlicha javoblar
beriladi. Sistema nima ekanligiga javob berishdan oldin buning qanday muhim belgilardan iborat ekanligiga e'tibor bermoq lozim. Avvalo, har qanday sistema ichki bo`linuvchanlik xususiyatiga ega. Demak, sistema muayyan ichki tuzilishga ega bo`lib, ikki va undan ortiq qismlarning o`zaro munosabatidan tashkil topali. Masalan, bir tup daraxtni olsak, bu daraxt sistema sifatida ichki tuzilish birliklarining o`zaro munosabatidan iborat. Uning ichki tuzilish birliklari ildiz, tana va shox hamda ularning munosabatidan tashkil topgan. Sistemaning ikkinchi jihati shundan iboratki sistemani tashkil etgan uzvar o`zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi ko`p pog`onali munosabatda bo`ladi. Masalan, ildizsiz tananint, tanasiz shoxning bo`lishi mumkin emas. Ularning har qaysisi bir-birini taqozo etadi, bir- biri bilan shartlangan. Sistemaning uchinchi jihati shundaki, har qanday sistema ichki bo`linuvchanlik xususiyatiga ega bo`lganligi tufayli, sistemani tashkil etgan qismlar bilan sistema o`rtasida ham munosabat bo`ladi. Bu munosabatni D.Nabiyeva: "...dan tashkil topadi", "...ning tarkibiga kiradi" ifodasi bilan ko`rsatadi, 9 boshqacha aytganda, u butun va bo`lak, tur va jins munosabatini o`z ichiga oladi. Masalan, daraxt va uning ildizi, tanasi, shoxi, barglari o`rtasida butun va bo`lak munosabati bo`lsa, daraxt bilan olma, o`rik, shaftoli o`rtasida tur va jins munosabati mavjud. Sistemaning to`rtinchi jihati uning ichki tuzilishining pogonaviyligidir. Ya’ni butun va bo`laklik, tur va jinslik munosabati nisbiy harakterga ega. Ma'lum jinslarga nisbatan tur, bo`laklarga nisbatan butun bo`lgan qism boshqa butun yoki tur tarkibiga kirib bo`lak yoki jins bo`lishi mumkin. Masalan, olma bir necha navlarning umumlashmasi sifatida navlarga nisbatan tur, har qaysi nav esa jins bo`lib kelsa, daraxtga nisbatan olma jins rolini o`ynaydi. Sistemaning beshinchi jihati substansionalligidir. Ya'ni substansiya va uni bevosita kuzatishda tazohirlar orqali voqelanishi, umumiylik - xususiylik, mohiyat - hodisa, imkoniyat - voqelik dialektikasining o`zida namoyon qilishidir. Shunday qilib, bir- birini taqozo etuvchi ikki va undan ortiq unsurlarning o`zaro shartlangan munosabatidan tashkil topgan butunlik sistema sanaladi. Bu jihatdan fan ham sistemadir. Chunki u ham ichki bo`linuvchanlik xususiyatiga ega. Shu bilan fanni tashkil etgan har bir uzv o`zaro shartlangan munosabatda. Bir fan turining mavjud bo`lishi ikkinchi fanning bo`lishini taqozo etadi. Masalan, geometriya arifmetika bilan uzviy aloqada. Geometriya va arifmetikasiz astronomiyaning bo`lishi mumkin emas va h. k. Fan sistema (butunlik) sifatida ichki bo`linish xususiyatiga, ya’ni ichki tuzilishga ega. Uning ichki tuzilishi pog`onalidir. Fan avvalo, yo`nalishlarga, yo`nalish tarmoqlarga, tarmoqlar yana kichik ixtisosliklarga
9 Набиева Д. Турли сатҳларда умумийлик ва хусусийликнинг намоён бўлиши. –Т., 2010. –Б.14 bo`linadi. Bu bo`linishning har biri bir pog`onani hosil qilib, keyingi bo`linishlar uchun kichik sistema vazifasini o`taydi. Masalan, avvalo, tabiiy fanlar, ijtimoiy- gumanitar fanlar, texnika fanlari kabi yo`nalishlarga bo`linadi. Tabiiy fanlar fanlar sistemasida o`zaro munosabatda bo`lgan bir necha bo`laklarning bittasi sifatida sistema elementi sanalsa, keyingi bosqichida, tabiiy fanlarning o`zi fizika- matematika, kimyo, biologiya, mexaniqa, texnika kabi fan tarmoqlarini o`z ichiga olib, bu fanlar uchun sistema rolini o`taydi. Fizika-matematika fanlari fizika va matematika fanlariga bo`linadi. Fizika va matematika o`zi ham yana ichki bo`linishga ega. Masalan, matematika: matematik tahlil, geometriya, ehtimollar nazariyasi, algebra va sonlar nazariyasi kabi ixtisosliklarga bo`linadi. har bir bo`linishda bo`linuvchi sistema bo`lsa, bo`linma uning a’zosi vazifasini bajaradi. Sistema tarkibidagi har bir a’zo shu sistema doirasida o`zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi munosabatda bo`ladi. Masalan, matematika tarkibiga kiruvchi barcha ixtisosliklar o`zaro ana shunday munosabatdadir. Fanlar sistemasida ma'lum fan tarmoga bilan munosabatda bo`lmagan biror bir tarmoq mavjud emas. Bir obyekt hozirgi kunda bir necha fanlarnish oralig`ida o`rganlilishi lozim bo`ladi. 10 Demak, ma’lum bir fan boshqa tutash fanlarsiz to`laqonli muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling