Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
§. Ekologiya huquqining asosly yo'nalishlari va
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
2-§. Ekologiya huquqining asosly yo'nalishlari va predmetl
Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta'sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo'ladi. Ushbu sohada ijtimoiy munosabatlarni biz ijtimoiy-ekologik munosabatlar deb ataymiz. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-ekologik munosabatlar shakli, mazmuni jihatdan turli-tuman bo'lib, ushbu munosabatlarni tartibga solishda ham keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etadi. Ijtimoiy-ekologik munosabatlarni yo'nalishlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda oqilona aniqlash o'z navbatida, ushbu munosabatlarni tartibga solish huquqiy mexanizmni ixchamlashtiradi va amalga oshirishga yordam beradi. Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta quyidagi asosiy yo'nalishlarda paydo bo'ladi: Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq ekologik huquqiy munosabatlar; Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog'liq ekologik huquqiy munosabatlar; Aholini ekologik xavfsizligini ta 'minlashga qaratilgan ekologik huquqiy munosabatlar. Ushbu ekologik-huquqiy munosabatlar yo'nalishlari o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, jamiyatning tabiat bilan o'zaro ta'sirlar tizimida tutgan o'rnimuammolarni hal qilishda qo'llaniladigan chora-tadbirlari, uslublari va o'ziga xos xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Atrof tabiy muhitni muhofaza qilish — jamiyatda yer, yerosti boyliklari, suv, o'rmon, hayvonot va o'simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hosilaiar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta tiklash, atrof-muhitning biologik xilma-xilligini ta'minlash bilan bog'liq qoida-talab, chora-tadbirlarning yig'indisi hisoblanadi. Ayniqsa, XX asrda tabiiy muhitni muhofaza qilish yo'nalishiga katta e'tibor berilib, har bir davlatda turli dastur, rejalar va qonunchilik hujjatlari qabul qilingandir. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, qoida-talablari muhofaza ahamiyatidagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarini tartibga soladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish deganda. jamiyat a'zolarining o'z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatning foydali qismlarini o'zlashtirishishi tushuniladi. Tabiy resurslardan oqilona foydalanish — jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer, yerosti boyliklari, suv resurslari, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosida foydalanishga qaratilgan ilmiy jihatdan davlat dastur va rejalari, qonunchilik hujjatlari qoida-talablari yig'indisidan iboratdir. Ekologik xavfsizlikni ta'minlash bilan bog'liq huquqiy munosabatlar tizimi — atrof tabiiy barqarorligi, aholining sog'lig'iga xavfli ta'sir etuvchi omillarni kamaytirish, oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy sohadagi quyidagi chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi: ekologik xavfli hudud, ekologiya ofati mintaqalarini aniqlash; ekologiya ekspertizasini joriy etish; ekologik xavfli va zararli ishlab chiqarish obyektlarini pasportlasht Irish; xavfli va zararli ishlab chiqarish turlari faoliyatiga nixsatnomalar berish; tabiiy ofat, sel, toshqin va texnogen avariyalarni aniqlash, oldini olish; aholining ekologik-huquqiy madaniyatini oshirish; aholining sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yuqorida tavsiflangan ekologik-huquqiy munosabatlar davlat ekologik siyosatining asosiy yo'nalish-larni tashkil etadi Ma'liimki, har bir fan shu jumladan, huquq sohasi o'ziga tegishli ijtimoiy munosabatlar tizimini o'rganish va tartibga solish nazariy-amaliy qoida-talablar tizimiga ega bo'lib, ushbu fanning predmetini tashkil etadi. Ekologiya huquqi huquq tizimining alohida sohasi sifatida ijtimoiy-huquqiy munosabatlar yo'nalishlarini o'rganish va tartibga solishni qamrab oluvchi o'z predmetiga egadir. Ekologiya huquqining predmeti — atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash jarayonida paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishdan iboratdir. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling