Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet39/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

6-MAVZU. OILA HUQUQI ASOSLARI.


REJA:
1. Оila huquqi tushunchasi va mоhiyati.
2. Nikоh, uni tuzish va bekоr qilish tartibi. Nikоh shartnоmasi.
3. Er va xоtinning mulkiy huquq va majburiyatlari.
4. Оta–оnalar bilan farzandlarning huquq va majburiyatlari.
5. Оta–оnalik huquqidan mahrum bo’lishning оqibatlari. Vasiylik va xоmiylik.
TAYANCH ATAMALAR
Nikоh, оila, vоsitachilik, xоmiylik, nikоh shartnоmasi, nikоh yoshi.
l-§. Oila huquqi tushunchasi vapredmeti
Oila yuridik tushuncha sifatida shunchaki odamlarning o'zaro er-xotin yoki qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlangan guruhi emas, balki qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan shaxslar guruhidir. Binobarin, oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar oila huquqi normalari bilan belgilangan bo'lib, ular oilaviy-huquqiy munosabatlar deb ataladi.
Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qonuniy hujjatlar quyidagilardir: O'zbekiston Respublikasining Konstilutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi va oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar. O'zbekiston Respublikasining yangi Oila kodeksi 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan.
Oila huquqi sohasidagi xalqaro shartnomalar va xalqaro huquq normalari ham oila qonunchiligining manbai bo'lib hisoblanadi.
Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasining oila qonunchiligida nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari, manfaatlari va albatta, majburiyatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • er-xotinning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;

  • ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;

  • nikoh tuzishga teng huquqlar;

  • voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy) huquq va majburiyatlari;

  • ota-onalar va bolalar, er-xotin va sobiq er-xotin, qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari;

  • nikohning tugatilish asoslari (OK 37-m.);

  • er-xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilish, foydalanish, va uni tasarruf etish huquqlari;

- nikoh shartnomasini tuzishda er-xotinning huquqlari va majburiyatlari;
- farzandlikka olish tartibi;

  • bolaning huquqi va manfaatini himoya qilish bo'yicha ota- onaning huquq va majburiyatlari;

ota-onaning bolani tarbiyalash hamda unga ta 'Urn berishga doir huquq va majburiyatlari;

  • ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari va tartibi (OK 79,80-m.);

  • vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi.

Yuqorida sanab o'tilgan oila huquqlari, manfaatlari va majburiyatlari shular bilan cheklanmaydi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish instituti oilaviy-huquqiy munosabatlarda alohida o'rin tutadi.
Shunday qilib, oilaviy huquqiy munosabatlar deganda, fuqarolar o'rtasida bo'ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Har qanday boshqa munosabatlarda bo'lganidek, oilaviy huquqiy munosabatlarda quyidagi uch element mavjud:

  • subyekt;

  • subyektiv huquq va majburiyatlar.

Oilaviy huquqiy munosabatlarning subyekti bo'lib, er-xotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh-urug'lar hamda oila qonunchiligi sohasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar uyushmasi, muassasalar, organlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi.
Oila a'zolariga yoki oilaning sobiq a'zolariga tegishli, qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadriyatlar yuzasidan oila huquqi subyektlari qabul qiladigan harakat va qarorlar oilaviy-huquqiy munosabatlarning obyektlari bo'lishi mumkin.
Bir-birlariga nisbatan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish jarayonida oilaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlariga ega bo'lgan huquq va majburiyatlarning yig'indisi huquqiy subyekt-lardir.
Nikoh — erkak bilan ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo'lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi.
Nikoh tuzish — shunchaki rasmiyatchilik emas. Davlatning nikohni qayd etishi yuridik faktdir. Aynan ro'yxatga olingan (qayd etilgan) nikoh yuridik nikoh deb hisoblanadi va faqat ugina er-xotinlik huquqlari va majburiyatlarini yuzaga keltiradi, ro'yxatsiz (qaydsiz) nikoh haqiqiy emas. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.
Erkak va ayolning haqiqatda birga yashashi («fuqarolik nikohi» deyiladi) natijasida ular o'rtasida huquqiy munosabatlar yuzaga kelmaydi, ular bir-birlarining oldida yuridik huquq va majburiyatga ega bo'lmaydilar (masalan, birga yashovchi (ayol) o'zi bilan birga yashovchi (erkak)dan ta'minot olishga haqli bo'lmaydi).
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolat-nomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy muddat o'tgach, shaxsan ulaming ishtirokida amalga oshiriladi. Uzrli sabablar bo'lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish orqali bir oy o'tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berilishi mumkin. Nikoh yoshi respublikamizda erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh etib belgilangan. Tegishli tuman, shahar hokimligi nikoh yoshini ko'pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin. Shu bilan bog'liq quyidagi holatga e'tiborni qaratish lozim, ya'ni er-xotinlar 18 va 17 yoshdan emas, balki nikoh tuzilgan vaqtdan boshlab to'liq huquqiy layoqatga ega hisoblanadi.
Nikoh tuzish natijasida vujudga kelgan muomala layoqati 18 yoshga to'lguncha nikoh tuzilgan taqdirda ham to'liq hajmda tasdiqlanadi.
Nikoh tuzishni xohlovchilarning yoshi qonunda cheklanmaydi. Ba'zida voyaga yetmaganlarning xohishi bo'lsa ham, nikohni tuzib bo'lmaydi. Quyidagi hollarda nikoh tuzilmaydi:
- loaqal bittasi ro'yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o'rtasida (faqat FHDYO organlarida ro'yxatga olingan nikoh nazarda tutiladi. Haqiqatda birga yashash e'tiborga olinmaydi.
Nikoh tuzishga sud qarori bilan ajratilgan va haqiqiy emas deb topilgan nikohlar to'siq bo'lolmaydi);

  • loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o'rtasida, spirtli ichimliklar yoki narkotik moddalar iste'mol qilish bilan bog'liq holatlarda fuqaroning muomala layoqati cheklanishi nikoh tuzishga monelik qilish uchun asos bo'la
    olmaydi);

  • nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan qarindoshlar o'rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukalar bilan opa-singillar o'rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o'rtasida.

Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan nikohlanuvchi shaxslarning roziligi bilan davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalari o'tkazadi.
Nikohlanuvchi shaxsni ko'rikdan o'tkazish natijalari shifokor siri hisoblanadi va u nikohlanuvchi shaxsga faqat ko'rikdan o'tgan shaxsning roziligi bilan bildirilishi mumkin. Basharti nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odam immuniteti taqchilligi virusi (OITS infeksiyasi) borligini boshqasidan yashirgan bo'lsa, ushbu shaxs nikohni haqiqiy emas deb topishni talab qilib sudga murojaat etishga haqli bo'ladi. Yuqoridagi kasalliklarga chalingan holatlar nikoh tuzishga monelik qiladi.
Bundan tashqari. er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko'zlamay tuzgan soxta nikohlari ham haqiqiy emas deb topiladi (OK 49-m).
Nikohni faqat sud haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Nikohning haqiqiy emas deb topilishi shu nikohda yoki uni haqiqiy emas deb topilgan kundan boshlab 300 kun ichida tug'ilgan bolalar huquqiga ta'sir qilmaydi. Bunday bolalar haqiqiy nikohda tug'ilgan bolalardek huquqqa ega boiadilar.
Turli hayotiy sabablarga ko'ra ba'zi nikohlar buziladi, er-xotinlik munosabatlari to'xtaydi (sud tomonidan e'lon qilingan er-xotindan birining o'limi tufayli nikohning tugatilishi).
Er-xotin hayotligida nikoh faqat ajratish yo'li bilan buzilishi mumkin. Ajratishni sud yoki FHDYO organlari rasmiy tartibda amalga oshiradi. Xotinning homiladorligi vaqtida va bola tug'ilganidan keyin bir yil mobaynida er-xotinning roziligisiz nikohdan ajratish to'g'risida ish qo'zg'atilishi mumkin emas.
Er-xotinlar FHDYO organlaridan nikoh tugatilishi haqida guvohnoma olmagunlaricha yangi nikoh tuzishga haqlari bo'lmaydi.
Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyati. O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga binoan, er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari qonuniy va shartnomaviy tartibda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida shunday deyilgan: «Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, ...agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hoi ko'rsa-tilmagan bo'lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi» (23-modda).
Oila kodeksida shartnomaning bu turi batafsil tartibga solingan. Unda «nikoh shartnomasi» tushunchasi, uni tuzish shartlari va tartibi, mazmuni va ro'yxatga olish mexanizmi, shartnomani o'zgartirish va bekor qilish, uni to'la yoki qisman haqiqiy emas deb topish kabilar belgilangan.
Qonunga binoan, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo'lgan davrida hamda er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuv nikoh shartnomasi deb hisoblanadi. Er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari nikoh shartnomasining predmeti bo'la olmaydi. Masalan, shartnomada bir-birini sevish majburiyatini mustahkamlash mumkin emas.
Nikoh shartnomasi nikoh FHDYO organlarida ro'yxatga olinganidan keyin, shuningdek, nikoh davrida ham faqat er va xotin o'rtasida tuzilishi mumkin (nikoh davlat ro'yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro'yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi). Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Er-xotin nikoh shartno-masiga ko'ra, birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o'zgartirishi mumkin. Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin (shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi). Nikoh tugatilishi paytidan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi (nikoh shartnomasida nikoh tugatilgandan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno). Qonunga binoan, sud nikoh shartnomasini toia yoki qisman haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Bundan tashqari, qonun nikoh shartnomasida er-xotinning birgalikda yashash huquqlari, o'zaro ta'minot kabi huquq va majburiyatlari belgilanishiga yo'l qo'yadi.
Er-xotinlar o'zaro boshqa xil shartnomalar tuzishga ham haqlidirlar (masalan, hadya etish, oldi-sotdi).
O'zaro moddiy ta'minot er-xotinlar bir-birlarini moddiy ta'minlashga majbur ekanliklarini anglatadi. Agar bunday yordam berishdan bosh tortilsa yoki shartnomaviy kelishuv boimasa, xotin (er) aliment olish uchun sudga murojaat qilish huquqidan foydalanishi mumkin.
Bunday talab bilan sudga murojaat etish huquqiga homilador xotin yoki mehnatga layoqatsiz va muhtoj er (xotin) ega bo'ladi.
Muhtoj va mehnatga layoqatsiz er (xotin)ning xotin (er)idan ta'minot olish huquqi qonunda belgilangan hollarda nikoh tugatilganidan keyin ham tugatilmaydi. Er (xotin)ni ta'minlash uchun undiriladigan alimentning miqdori har doim pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lish hollarida, agar er va xotin o'rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hoi nazarda tutilmagan bo'lsa, er va xotinning ulushlari teng hisoblanadi. Sud voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini va (yoki) er-xotindan birining e'tiborga loyiq manfaatini hisobga olib, er va xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushlar tengligi prinsipidan chekinishga haqlidir. Umumiy mol-mulkni bo'lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan aniq qiymatga ega bo'lgan mol- mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki o'zga kompensatsiya belgilanishi mumkin.
Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo'lish to'g'risidagi talablariga nisbatan uch yillik da'vo muddati qo'llaniladi. Er va xotinning har birining shaxsiy mulkiga quyidagilar kiritiladi:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling