Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
7-§. Ekologiya nazoratining tizimi
O'zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to'g'ri-sida»gi qonunning 29-moddasiga asosan, ekologiya nazorati tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish davlat xizmati; davlat ekologiya nazorati; idoraviy ekologiya nazorati; ishlab chiqarish ekologiya nazorati; jamoatchilik ekologiya nazorati. Davlat ekologiya nazorati — atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo'mitalari, idoralar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi yuzasidan maxsus vakolatli organlarning tekshirish va choralarni ko'rish bilan bog'liq faoliyatini o'z ichiga oladi. har qanday rejalashtirilayotgan xo'jalik va boshqa xilfaoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi; xo'jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va aholining sog'lig'iga ta'sirini baholashning keng ko'lamli va keng qamrovliligi; ekologik ekspertizani o'tkazishda jamoatchilikning qatnashishi va boshqalar. Ekspertiza natijalari to'g'ri, odilona boiishi uchun biologik, kimyoviy, fizikaviy, texnologik, demografik, agro-ekologik, iqtisodiy va boshqa jabhalardagi bilimlarni jamlagan holda keng qamrovli ijodiy mehnat mahsuli bo'lishi va tekshirilayotgan obyektga nisbatan real, obyektiv baho berilishi kerak. Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan foydalangan holda ko'zda tutilgan maqsadga erishiladi: maiumotlar to'plash — ekspertizadan o'tayotgan muayyan obyektga tegishli bo'lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig'ish va to'plash; umumlashtirish — obyekt haqidagi to'plangan iqtisodiy, texnologik, ekologik, gidrologik kimyoviy va boshqa ma'lumotlarni o'z yo'nalishlari bo'yicha maium tizimga keltirish; tahlil qilish — umumlashgan ma'lumotlar bankini o'z yo'nalishi va xususiyatlari bo'yicha alohida o'rganish, tasniflash; baholash — ekspertiza o'tkazilayotgan obyekt yo'nalishlari,bo'limlari, tashkil etuvchi qismlari bo'yicha xavfli va zararli darajasini aniqlash; xulosa berish — ekspertiza o'tkazilayotgan obyektning ekologik jihatdan zararli yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida talablarga mos keladi yoki ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, obyektiv xulosaga kelish. Ekologik ekspertiza tizimi. Ekologik ekspertiza keng qamrovli va muhim ahamiyatga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uni amalga oshirish yo'nalishlari, tartibi, qo'llanilayotgan usullari, berilayotgan xulosaning mohiyatiga asosan, murakkab tizimni tashkil etadi. Tabiat-jamiyat tizimida ekologik ekspertizaning bir necha turlari ya'ni ijtimoiy-iqtisodiy ekspertiza, siyosiy-huquqiy ekspertiza, ilmiy-texnikaviy ekspertiza, sanitariya-ekologiya ekspertizasi, jamoatchilik ekologiya ekspertizalari qo'llanilishi mumkin. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida ekologik ekspertizaning ixcham tizimi e'tirof etiladi O'zbekiston Respublikasi «Ekologik ekspertiza to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida ekologik ekspertizaning quyidagi tizimi belgilangan: «Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi». Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, ekologik ekspertiza tizimining poydevorini davlat ekologiya ekspertizasi tashkil etadi. Davlat ekologik ekspertizasini O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi olib boradi. Ekologik ekspertiza tizimida ekologik audit ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ekologik audit—ekologik auditorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o'tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir. Ekologik audit davlat ekologik ekspertizasidan farqli ravishda xo'jalik va ishlab chiqarish obyekti mulkdorining qaroriga binoan o'tkaziladi. Ekologik ekspertiza — muhim va murakkab jarayon bo lib, atrof tabiiy muhitni barqarorligini saqlash, tabiatdan samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlardan iboratdir. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling