Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet44/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

Ma 'muriy-huquqiy.

  • Fuqaroviy-huquqiy.

    Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining ustuvorligini ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqarish jarayoniga qo'llanilishi sog'lom ekologik muhitga erishish zaruriyatini oldimizga qo'ymoqda. Ushbu usul shaxs, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini ekologik qoida-talablar asosida olib borilishini taqozo etadi.
    Ma'muriy-huquqiy usul — davlat va huquqning muhim usullaridan biri boiib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo'llanilishida namoyon bo'ladi.
    Ekologiya huquqida ma'muriy-huquqiy usul keng qo'llaniladi. Bu atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlovchi qoida-talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amal qilinishining majburiyligi, ekologik qoida-talablarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlarini o'z ichiga oladi.
    Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib borayotgan usul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, moddiy rag'bat­lantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foyda-lanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo'llanilishida namoyon bo'ladi.
    Ekologiya huquqi — tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlarni tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushun-chalar, institutlar, toifalar keng qo'llanib, ekologik-huquqiy qoida-talablarni qo'llanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.
    Ekologiya huquqining tizimi — ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko'ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning ma'lum tartibda joylashishidir.
    Biz murakkab ekologik-huquqiy munosabatlar yo'nalishlarini tahlil qilish va o'rganishni yengillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismga, ya'ni, umumiy va maxsus qismga bo'lib o'rganamiz.
    Ekologiya huquqining umumiy qismi:

    • tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqligi

    • ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va tizimi;

    • tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi;

    • ekologiya sohasida davlat boshqaruvi;

    • ekologiya nazorati va ekologiya ekspertizasining huquqiy holati;

    - ekologiya huquqining umumiy qismi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kabi mavzularni o'z ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy
    jihatlari, huquqiy asoslari, ekologik-huquqiy mexanizmi va uning elementlarining umumiy ekologik-huquqiy qoidalarini belgilaydi.
    Maxsus qismi esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bog'liq quyidagi:
    - yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;

    • suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;

    • yerosti boyliklarining huquqiy holati;

    • o'simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati;

    • hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;

    • atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati;

    • alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati;

    • xalq xo'jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish;

    • atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish kabi har bir tabiat obyektining huquqiy holatini qamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologik-huquqiy qoidalarni o'z ichiga
      oladi.

    Ekologiya huquqi manbalarining tushunchasi, xususiyatlari va tizimi.
    Har bir fan, huquq sohasi o'z manbalariga ega bo'lib, ushbu manbalar asosida rivojlanadi.
    Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga solishda yordam beradigan, qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralishi mumkin.
    Ekologiya huquqining manbalari me'yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi.
    Shuni alohida ta'kidlash joizki, har qanday huquqiy hujjat manba bo'lib xizmat qilmaydi.

    • Ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak

    1. Vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilinganligi.

    2. Belgilangan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi.

    3. Ekologik qoida-talablarni belgilashi.

    4. Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega boiishi, hokazo.

    Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq ijtimoiy muno­sabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushuniladi.
    Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari, Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me'yoriy hujjatlari yig'indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.
    Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartbiga solishi uchun ham ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
    - yuridik kuchi bo'yicha manbalar qonunlar va qonun osti me'yoriy hujjatlarga bo'linadi.
    Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo'nalishlari bo'yicha:




    • aholining ekologik xavfsiziligini ta'minlash qonunchiligi.
      Munosabatlarni tartibga solish predmeti bo'yicha:

    • umumiy va maxsus ekologik qonunchilik hujjatlari;

    • huquqiy tartibga solish holati bo'yicha moddiy va protsessual ahamiyatidagi qonunchilik hujjatlari;

    • qonunchilik hujjatlarining tizimi bo'yicha oddiy, kodifikatsiyalashgan va manbalar.

    Qonunchilik hujjatlarining qo'llanilish doirasi bo'yicha:

    • hududiy-mintaqaviy;

    • respublika miqyosida;

    - xalqaro miqyosidagi manbalar va hokazo.
    Tabiat-jamiyat tizimida o'zaro munosabatlarni tartibga solishda
    bir tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me'yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlarini qoilanilishiga yordam berish va davomiyligini ta'minlashda ekologik normativ, standart va yo'riqnomalar kabi minglab me'yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qoilaniladi.
    Ekologiya huquqining manbalari boshqa huquq sohalari manbalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari, usullari, qoidalarini qo'llashda umumiylikka egadir.
    Ekologik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo'lib, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra biz ularni o'rganish oson boiishi uchun uchta asosiy qismga bo'lamiz:

    • ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari;

    • ekologiya sohasidagi O'zbekiston Respublikasining qonunlari tizimi;

    • ekologiya sohasidagi qonun osti me'yoriy hujjatlar tizimi.

    4-§. Tabiatni muhofaza qilish primiplari (qoidalari)
    Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabat shakllari va konsepsi-yalaridan kelib chiqadigan hamda ekologik qonunlarni maqsadi va mohiyatini belgilab beradigan uchinchi qadam — kishilarning jamiyatdagi ekologik munosabatlarida amal qilishi kerak bo'lgan asosiy prinsiplari yoki qoidalari. Bu prinsiplar tabiat qonuniyatlariga asoslangan bo'lib ular quydagilardan iboratdir:
    1. Tabiiy hodisa va jarayonlar ko'pqirralikdir. Shuning uchun ham ular har tomonlama obyektiv baholanishi kerak. Bu degan so'z har bir tabiiy hodisa yoki obyektga xalq xo'jaligining sohaviy zaruriyatiga qarab yondashish kerak. Lekin bu sohaviy yondashuv avvalambor, ekologik tizimlarni saqlab qolish va ularni qayta tiklash nuqtai nazaridan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
    O'rta Osiyo sharoitida o'rmon — qurilish yoki kimyoviy xom ashyo manbai emas, balki ekologik tizim yoki landshaftlarni bir me'yorda ushlab turuvchi element sifatida qaralishi kerak. Chunki bu mintaqada bor yo'g'i umumiy maydonning bir foizidan oshmaydigan siyrak daraxtzor va butazorlar suv va tuproq muhofazasida «yashil qalqon», iqlimni mo'tadillashtiradigan komponent, aholini madaniy dam olishini ta'minlaydigan obyekt sifatida qarashni taqozo etadi
    Suv fondidagi daryolar O'rta Osiyo sharoitida sug'orish yoki rekratsiya manbai emas, avvalambor, ichimlik suvi va aholini maishiy xizmati uchun mo'ljallanishi kerak. Chunki issiq iqlimli arid (quruq) sharoitda suv aholi uchun hayot manbaidir. Sibir, Uzoq Sharq kabi sovuq yoki nam iqlimli mintaqalar uchun daryolar avvalambor, aholini transport xizmatini bajaruvchi va arzon energetika manbaidir. Daryolar insonlarning hayoti uchun bilvosita qishloq xo'jaligi, metallurgiya, tog'-kon sanoati, kimyo kabi suvni ko'p talab qiluvchi xalq xo'jaligi tarmoqlari uchun xizmat qiladi. Asosiysi tabiat komponentlari turli chiqitlaryoki axlatlar tashlaydigan tabiiy obyekt bo'lib qolmasligi kerak.
    Xulosa qilib aytganda, tabiiy hodisa va jarayonlarning ko'pqirralik prinsipi xalq xo'jaligi sohalarida ulardan foydalanishni inkor etmaydi, lekin foydalanishda ekologik tizimlarni saqlab qolish yoki tiklash nuqtai nazardan ustuvor (prioritet) sohalarni belgilashni taqozo qiladi.

    Download 0.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling