Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI
Yuridik javobgarlikning eng og'ir turi boigan jinoiy javobgarlik jinoyat qonuni normalari bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy muno-sabatlarga zarar yetkazgan yoki zarar yetkazish xavfi boigan tajovuzlarqilinganida vujudga kelib, jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 16-moddasida jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari belgilangan boiib, unga ko'ra jinoyat uchun javobgarlik-jinoyat sodir etishda aybdor boigan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi qo'Uanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir. Jinoiy javobgarlikning asosi bo'lib sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjudligi hisoblanadi. Jinoiy javobgarlik bir qancha huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi: -jinoyatni sodir etish, avvalo, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishni taqozo etib, shaxsga jinoyat qonuni normalarini tatbiq etish orqali jinoiy javobgarlikni qo'Hash yoki javobgarlikdan ozod qilishni qo 'llanishiga olib keladi; - jinoiy javobgarlik jinoyat qonuni normalarini qo 'Hash oqibatidir;jinoiy javobgarlik jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatanqo'llaniladigan da via t majburlov chorasidir; jinoiy javobgarlik jaqat jinoyat sodir etgan shaxs bilan davlat o 'rtasida vujudga keladigan jinoyat huquqiy munosabatdir. AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI Aybsizlik prezumpsiyasi (lotincha praesumptio — ehtimol) — shaxsning huquqlarini himoya qilishni ta'minlaydi va asoslanmagan ayblov hamda hukmni istisno qiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlan-maguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi», deyilgan. Aybsizlik prezumpsiyasi — voqelikka to'g'ri boigan huquqiy holat bo'lib, unga asosan, aybdor shaxsni jinoyat sodir etishdagi aybini, qachonki sudning ayblov hukmi chiqarilgan boiib, aynan shu shaxs aybdor deb hisoblansa va uning aybi jinoyat ishi bo'yicha yig'ilgan isbot-dalillar bilan tasdiqlanib, prosess ishtirokchilarida ushbu shaxsni asoslangan va adolatli ravishda javobgarlikka tortilganligi va jazolanganligi to'g'risida ishonch hosil qilinganda tasdiqlash mumkin bo'ladi. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipidan quyidagi talablar kelib chiqadi, ya'ni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud: a) o'zining zimmasiga yuklatilgan va shaxsni aybini isbotlash bilan bog'liq majburiyatni ayblanuvchining zimmasiga yuklatishga haqli emaslar, bundan tashqari, ayblanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashga majbur emas, lekin aybsizligining mavjudligi to'g'risida xabar berish huquqiga ega; b) ayblanuvchining aybi tasdiqlanmasa, demak, uning aybsizligi tasdiqlangan deb tan olinishi lozim; d) agar shubhani bartaraf etish imkoni boimasa ayblanuvchining foydasiga talqin qilinishi kerak. Aybsizlik prezumpsiyasi ayblanuvchining aybini aniq, shubhasiz va to'liq aniqlanganligini talab qiladi va agar bu talab bajarilmagan, ayblanuvchining aybi aniq, shubhasiz va to'liq isbot-dalillar bilan asoslanmagan boisa, bu shaxsni aybdor sifatida sud hukmi bo'yicha aybdor deb hisoblash ushbu shaxsning huquq va manfaatlarini adolatsizlik yoii bilan cheklash demakdir. Bunday hukm huquqiy kuchga ega boimasligi aniq. Jinoyatning tarkibiy elementlari (obyekti, subyekti, obyektiv tomoni va subyektiv tomoni). Jinoyat tarkibi —jinoyat qonuni bilan belgilangan hamda muayyan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida ifodalaydigan obyektiv va subyektiv belgilar yig'indisidir. «Jinoyat tarkibi» tushunchasini jinoyat huquqida jinoyat tarkibining elementlari deb nomlanadigan to'rt guruh alomatlar yig'indisi tashkil qiladi. Bular jinoyat obyekti, jinoyatning obyektiv tomoni, jinoyatning subyekti, jinoyatning subyektiv tomonidir. Jinoyat obyekti — jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan va jinoyat sodir etish natijasida zarar yetkaziladigan yoki yetkazish xavfi ostiga qo'yiladigan ijtimoiy munosabatlardir. Masalan, qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarida jinoyatning obyekti shaxsning sog'ligi hisoblanadi. Jinoyat obyekti bilan birgalikda jinoyat predmeti ham mavjud bo'lib, jinoyat predmeti deganda jinoyat obyektining ijtimoiy xavfli harakat tufayli bevosita tajovuzga uchraydigan elementi tushuniladi. Masalan, o'g'rilik jinoyatida jinoyatning obyekti shaxsning mulki, shu mulkka boigan huquqi bo'lsa, predmeti bevosita o'g'rilangan narsa, buyum, pul bo'lishi mumkin. Jinoyat obyekti uch turga bo'linadi: umumiy obyekt, maxsus obyekt. bevosita obyekt. Umumiy obyekt deganda jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar, ya'ni shaxs, uning hayoti, huquq va erkinliklari. jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit. tinchlik va xavfsizlik. Maxsus obyekt deganda bir-biriga o'xshash maium bir turdagi ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Masalan, shaxsga qarshi jinoyatlarning obyekti bo'lib, shaxsning hayoti, sog'ligi, sha'ni va qadr qimmati hisoblanadi. Bevosita obyekt bevosita jinoyat qanday ijtimoiy munosabatga tajovuz qilganligini ko'rsatadi. Masalan, tuhmat jinoyatida bevosita obyekt shaxsning sha'ni va qadr-qimmati hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv tomoni — jinoyatning qanday sodir qilinganligini ko'rsatadi. Masalan, o'g'rilik birovlar mulkini yashirin ravishda olish boisa, bosqinchilik hujum qilib, hayot yoki sog'lik uchun xavli boigan zo'rlik ishlatib egallab olinadi. Jinoyat obyektiv tomondan harakat yoki harakasizlik bilan sodir qilinishi mumkin. Jinoyatning obyektiv tomoni ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik), jinoyat sodir etish natijasida kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat, ijtimoiy xavfli qilmish bilan jinoiy oqibat o'rtasidagi sababiy bog'lanishni o'z ichiga oladi. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, uni sodir etish usuli, vositalari va qurollar kiradi. Jinoyat suyekti deganda jinoyatni sodir qilgan shaxs tushuniladi. Ammo hammavaqt ham jinoyatni sodir etgan shaxs jinoyat subyekti boia olmaydi. Shaxs jinoyat subyekti hisoblanishi uchun jinoyat qonunida ma'lum bir shartlar belgilangan bo'lib, unga ko'ra faqat qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso, ya'ni, o'z harakatlari uchun javob bera oladigan va ularni boshqara oladigan jismoniy shaxs subyekt boiishi mumkin. Jinoyat kodeksi 17-moddasiga ko'ra 16 yoshga toigan, aqli raso jismoniy shaxs jinoyat uchun javobgar boiishi mumkin. 16 yosh umumiy subyekt yoshi boiib, ayrim hollarda subyekt yoshi sodir elilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga va jinoyatning xususi-yatlariga ko'ra turlicha belgilanishi mumkin. Jinoyat kodeksining 17-moddasida subyekt yoshi 16, 13, 14, 18 yosh qilib belgilangan. Shaxs 13 yoshdan boshlab aybni og'irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oidirganlik uchun (97-modda ikkinchi qismi), shuningdek, 14 yoshdan boshlab JK 17-moddasining 3-qismida nazarda tutilgan ayrim jinoyatlar uchun (masalan, qasddan odam o'ldirish, bosqinchilik, tovlamachilik, o'g'rilik) jinoiyjavobgarlikka tortilishi belgilangan. 18 yoshdanjinoiyjavobgarlikka tortilish esa odatda mansabdorlik jinoyatlari, harbiy xizmatni o'tash tartibiga qarshi jinoyatlar uchun qoilaniladi. Jinoyat subyekt yoshining bunday belgilanishi uni sodir qilgan shaxs xususiyatlari, sodir qilingan jinoyatning og'ir yoki yengilligi, shuningdek, jinoyatning o'ziga xos belgilari bilan ifodalanadi. Masalan, 13 yoshga to'lgan shaxs aybni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldir-ganligi uchun jinoiy javobgar boisa, o'g'rilik qilganligi uchun jinoiy javobgar bo'lmaydi, chunki o'g'rilik uchun jinoyat subyekti yoshi 14 yosh qilib belgilangan. Jinoyatning subyektiv tomoni — shaxsning o'zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmish va jinoiy oqibatga nisbatan ruhiy munosa-batini, ya'ni, jinoyatni bilib, tushunib yoki ehtiyotsizlikdan sodir qilganligini ifodalaydi. Jinoyatning subyektiv tomonini aniqlash aybdorning o'zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishini, uning oqibatlarini qanchalik tushunganligini va ularning yuz berishi uchun qilgan harakatlarini aniqlaydi va shu asosda jinoyatning qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir qilinganligi aniqlanadi, boshqacha aytganda, ayb aniqlanadi. Aybning shakli jinoyat huquqida ikkiga bo'linadi: qasd, ehtiyotsizlik (Jinoyat kodeksining 21 -22-moddalari). Agar shaxs o'zi sodir etgan qilmishining ijtimoiy xavfliligini anglagan, uning qanday oqibatlarga olib kelishini bilgan va shunday qilmishni sodir etishni xohlab sodir qilgan boisa qasddan qilingan jinoyat hisoblanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 267-moddasida ko'rsatilgan transport vositasini olib qochishjinoyati. Bunda aybdor transport vositasini olib qochish jinoyat ekanligini, uni qanday oqibatlarga olib kelishini biladi va shunday oqibat kelib chiqishini istagan holda harakat qiladi. Agar shaxs o'z-o'ziga ishonish yoki beparvolik orqasida jinoyat sodir qilsa ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir qilingan hisoblanadi. Ya'ni aybdor shaxs o'z harakatlariga ortiqcha baho beradi, o'z harakatlari qanday oqibatlarga olib kelishiga ko'zi yetsa-da, ehtiyotkorlik choralariga rioya qilmaydi, bunday oqibatlar kelib chiqmaydi deb o'ylaydi, o'ziga ortiqcha ishonadi yoki beparvolik qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 266-moddasida ko'rsatilgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatida transport vositasini haydovchi shaxs belgilangan tezlik qoidalariga rioya qilmasdan tezlikni oshirib ketishi natijasida piyodalarni urib yuborishi. Bunda haydovchi tezlikni oshirsada, piyodalarni urib yubormasligiga, o'z vaqtida transport vositasini to'xtata olishiga asossiz ishonadi. Jinoyatlami qasddan yoki ehtiyotsizlikdan qilinganligini aniqlash, aybdorlarga jazo tayinlashda muhim ahamiyatga ega. Qasddan qilingan jinoyatlar uchun og'irroq jazo choralari qo'llanilsa, ehtiyotsizlikdan qilingan jinoyatlar uchun yengilroq jazo choralari qoilaniladi. Jinoyatning subyektiv tomoniga uning motivi va maqsadi ham kiradi. TAMOM BO'LMAGAN JINOYATLAR Hammavaqt ham jinoyatlar oxiriga yetkazilmaydi, ba'/.an jinoyatlar uni sodir etmoqchi boigan shaxsning xohishi bilan oxiriga yetkazilmasdan to'xtatilishi yoki unga bogiiq bo'lmagan holatlarga ko'raoxirigacha yetkazilmasdan qolishi mumkin. Shuningdek, ba'/i bir jinoyatlar uning oqibatlari kelib chiqmasdan tamom boigan jinoyat deb hisoblanishi mumkin. Ana shunday holatlarga lo'g'n baho berish uchun jinoyat qonunida tamom bo'lmagan jinoyal tushunchasi belgilangan. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqida qasddan sodir qilingan jinoyatlarning uchta bosqichi beliglangan: Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling