Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet51/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

Ijtimoiy xavflilik deganda, sodir etilgan qilmish boshqa shaxslarga, jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy xavf tug'dirishi ko'zda tutiladi. Ijtimoiy xavflilik yuqori bo'lmasa, qilmish uchun jinoiy javobgarlik emas, balki ma'muriy javobgarlik qo'llaniladi. Masalan, avtomobil haydovchisi yo'lda belgilangandan ko'ra tezlikni oshirsa ma'muriy jazoga tortiladi, bordiyu haydovchi yo'lda qoidaga rioya qilmasdan harakat qilsa va buning natijasida boshqa shaxslarga jarohat yetkazilsa yoki ularning o'limiga sabab bo'lsa jinoiy javobgar bo'ladi.
G'ayriqonuniylik deganda, biror-bir qilmish jinoyat hisoblanishi uchun u Jinoyat kodeksida jinoyat sifatida belgilab qo'yilgan bo'lishi tushuniladi. Agar qilmish biror-bir shaxsga nisbatan zarar keltirsa ham, ammo Jinoyat kodeksida jinoyat sifatida ko'rsatilmagan bo'lsa, jinoiy javobgarlik kelib chiqmaydi. Masalan, sobiq Sovet Ittifoqi davrida amalda bo'lgan jinoyat kodeksida buyumlarni olib-sotish chayqovchilik jinoyati hisoblanar va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lar edi. Hozirda olib-sotish jinoyat kodeksida jinoyat sifatida ko'rsatilmagan.
Ayblilik deganda, qilmishni sodir etilishida uni sodir etgan shaxsning aybi bo'lishi taqozo etiladi. Agar shaxs aybsiz holda ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazsa ham Jinoyat kodeksining 24-moddasiga muvofiq aybsiz holda zarar yetkazgan hisoblanadi va javobgarlikka tortilmaydi.
Qilmishning jazoga sazovorligi deganda, Jinoyat kodeksida ushbu qilmish uchun jazo nazarda lutilgan bo'lishi kerakligi tushuniladi. Ana shu to'rtta belgi birgalikda mavjud bo'lganida qilmish jinoyat deb hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasida o'z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko'ra jinoyatlar to'rt toifaga bo'lingan:

  • ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar;

  • uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar;

  • og'ir jinoyatlar;

  • o'ta og'ir jinoyatlar.

Jinoyatlarni bunday turlarga bo'lishda jinoyatlarning qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir qilinganligi va jinoyal uchun tayin-lanadigan jazoning muddatlari asos qilib olingan.
Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, uch yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko'zda tutilgan jinoyatlar hamda ehtiyotsizlikdan sodir etilib, besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko'zda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, uch yildan ko'p ammo besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko'zda tutilgan jinoyatlar va ehtiyotsizlikdan sodir etilib, besh yildan ko'p muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko'zda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og'ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, besh yildan ortiq lekin o'n yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko'zda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O'ta og'ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, o'n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko'zda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Jinoyatchilik — kishilik jamiyatida mavjud bo'ladigan o'zining qonuniyatlariga, sifat va miqdor tavsifiga ega bo'lgan, jamiyat va kishilar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqaradigan va lining ustidan davlat va jamiyatning maxsus nazorat choralari o'rnatishni talab qiladigan salbiy ijtimoiy, huquqiy hodisadir Boshqacha qilib aytganda, jinoyatchilik deganda ma'lum bir davrda, ma'lum bir hududda sodir etilgan jinoyatlar yig'indisi tushuniladi. Jinoyatlarni umumlashtirib, jinoyatchilikni salbiy ijtimoiy hodisa sifatida o'rganish, jinoyatlarni keltirib chiqargan sabablrani o'rganish va ular asosida jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga yordam beradi.
JINOYAT QONUNI
Jinoyat huquqining yagona manbai O'zbekiston Respub-likasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan va 1995-yil 1-aprelda amalga kiritilgan Jinoyat kodeksi hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi O'zbekiston Respublikasining barcha jinoyat qonunlari majmuidan iborat bo'lib, unda ichki umumiyligi va o'zaro aloqadorligi bilan ajralib turadigan, jinoyat huquqining prinsiplari va umumiy qoidalarini belgilab beradigan hamda qaysi ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat deb hisoblanishi, ushbu jinoyatlarni sodir etishda aybdor bo'lgan shaxslarga qaysi jazo turi va boshqa jinoiy-huquqiy ta'sir chorasi qo'llanilishi mumkinligi belgilab qo'yilgan.
Jinoyat kodeksi ikki qismga umumiy va maxsus qismlarga bo'linadi. Umumiy qismda jinoyat qonunchiligining vazifalari, uning amalda bo'lish doirasi, prinsiplari, javobgarlik va jazoning umumiy asoslari ifodalangan bo'lib, u:

  • «umumiy qoidalar»;

  • «javobgarlik asoslari»;

  • «qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar»;

  • «jazo va uni tayinlash»;

  • «javobgarlikdan va jazodan ozod qilish»;

  • «voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari»;

  • «tibbiy yo'sindagi majburlov choralari» deb nomlangan 7
    bo'limdan tashkil topgan.

Umumiy qism 1-97-moddalarni o'z ichiga qamrab oladi.
Maxsus qismda esa muayyan jinoyatlar va ular uchun javobgarlik ko'zda tutilgan. Jinoyat kodeksining Maxsus qismi 8 bo'limdan iborat:
- shaxsga qarshi jinoyatlar (1-7-bob 97-149-moddalar);

  • tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar (8-9-bob 150-163-moddalar);

iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar (10-13-bob 164-192-moddalar);

  • ekologiya sohasidagi jinoyatlar (14-bob 193-204-moddalar);

  • hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining
    faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar (15-16-bob 205-241 -moddalar);

-jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar (17-20-bob 242-278-moddalar);

  • harbiy xizmatni o'tash tartibiga qarshi jinoyatlar (21-24-bob
    279-302-moddalar);

  • atamalarning huquqiy ma'nosi.

Maxsus qism normalari jinoyatlarning obyektiga qarab bo'limlarga ajratilib joylashtirilgan. Masalan. qasddan odam o'ldirish jinoyati «Shaxsga qarshi jinoyatlar» bo'limiga joylash­tirilgan boisa, o'g'rilik jinoyati «Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar» bo'limiga joylashtirilgan.
Jinoyat kodeksi maxsus qismi moddalari tuzilishiga ko'ra dispozitsiya va sanksiya qismlaridan iborat. Dispozitsiya qismida ma'lum bir jinoyatlar va ushbu jinoyatlarning ta'rifi beriladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 179-moddasi Soxta tadbirkorlik deb nomlanib, uning dispozitsiyasida «soxta tadbirkorlik, ya'ni «nizomida ko'rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko'zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko'rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish» deb ta'rif berilgan.
Sanksiya esa sodir etilgan jinoyat uchun jazo choralarini belgilaydi. Sanksiyada ko'rsatilgan jazolar qanchalik og'ir boisa, ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shunchalik og'ir hisoblanadi. Jinoyat kodeksi Maxsus qism moddalari sanksiyalari ko'p hollarda bir jinoyat uchun bir necha turdagi jazolarni qo'llashni ko'zda tutadi, bu sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi, keltirilgan zararning miqdori, jinoyat sodir qilgan shaxsning xususiyatlari, jinoyatni sodir etish sharoitlariga to'g'ri baho berish va adolatli jazo tayinlash imkonini yaratadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 232-moddasida ko'rsatilgan sud qarorini bajarmaslik jinoyati uchun jazo choralari sifatida eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo choralari belgilangan.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling