Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet50/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

Fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi prinsipi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining barcha fuqarolarning teng huquqligini kafolatlagan 18-moddasi mazmunidan kelib chiqadi. Ya'ni, jinoyat sodir etgan shaxs, oddiy fuqaro yoki mansabdor shaxs ekanligidan qat'i nazar jinoyat sodir etganida qonun oldida bir xilda javobgar bo'ladilar.
Demokratizm prinsipi jinoyat sodir qilgan shaxslarni javob­garlikka tortish va jazo tayinlash, ularni axloqan tuzatishda jamoatchilik, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining ishtirokini ko'zda tutadi.
Insonparvarlik prinsipi. Jinoyat kodeksida ko'zda tutilgan jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralari jinoyat sodir qilgan shaxslarga jismoniy azob berish yoki uning qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko'zlamaydi hamda jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur, yetarli bo'ladigan jazo tayinlanishini yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi qo'llanilishini ifodalaydi. Shaxsga nisbatan jazo qoilashdan ko'zlangan maqsadga Jinoyat kodeksi maxsus qismi moddalarida ko'zda tutilgan yengilroq choralarni qo'llash orqali erishib bo'lmagandagina og'irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. Masalan, Jinoyat kodeksining o'g'rilik uchun javobgarlik belgilangan 169-moddasi birinchi qismida jazo turlari sifatida eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari, olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko'rsatilgan. Bu yerda o'g'rilik sodir qilgan shaxsni jarima toiattirish bilan axloqan tuzatish mumkin emas deb topilgan taqdirdagina unga nisbatan qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish kabi og'irroq jazo qo'llanishi mumkin.
Odillikprinsipi. Ushbu prinsip jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan odil, adolatli va asosli jazo chorasi tayinlanishini ko'zda tutadi. Jinoyat sodir etishda aybi isbotlangan shaxsga nisbatan qo'l-laniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi sodir etilgan jinoyatning og'ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo'lishi kerak. Ushbu prinsip jinoyatga yarasha jazo qo'llashni ta'minlashga xizmat qiladi.
Ayb uchun javobgarlik prinsipi shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlangandan keyingina javobgar bo'lishini ko'zda tutib, aybdorligi qonunda belgilanmagan tartibda isbotlanmagan shaxslarga nisbatan jazo choralari tayinlashni istisno qiladi.
Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi jinoyat huquqida muhim tarbiyaviy funksiyani bajaradi. Jinoyat sodir qilgan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shaxslarni jinoyat sodir qilishdan tiyib turadi. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish esa qonunda ko'rsatilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 68-moddasida belgilangan amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish.
2-§. Jinoyat vajinoyatchilik tushunchasi
Jinoyat — sodir etilishi jinoyat kodeksida jazo qo'llash tahdidi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik).
Jinoyat tushunchasini aniqlash uchun ijtimoiy xavfli qilmish tushunchasini aniqlab olish zarur. Ijtimoiy xavfli qilmish deganda, Jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan obyektlarga zarar keltiradigan yoki shunday zarar keltirish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish tushuniladi. Jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan obyektlar deganda, shaxs, uning huquqlari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi tushuniladi. Masalan, biror-bir shaxsni urib, unga tan jarohati yetkazish inson sog'ligiga qarshi jinoyat hisoblanadi.
O'z navbatida ijtimoiy xavfli qilmishlar harakat yoki harakat­sizlik bilan sodir etiladi. Harakat deganda shaxsning jinoiy niyatga erishishi uchun qiladigan harakatlari tushuniladi. Masalan, o'g'rilik qilish uchun, turar-joyga yashirincha kirish, buyumlarni, pul yoki boshqa narsalarni olish. Harakatsizlik deganda esa, shaxs bajarishi zarur va shart bo'lgan vazifalarni bajarmasligi tushuniladi. Masalan, vrachning uzrli sabablarsiz bemor shaxsga yordam ko'rsatmasligi jinoyat hisoblanib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi bilan javobgarlikka tortilishiga sabab bo'ladi.
Jinoyat qonunida jinoyatning to'rtta belgisi ajratilgan:

  • ijtimoiy xavflilik;

  • g'ayriqonuniylik;

  • ayblilik;

  • jazoga loyiqlilik.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling