Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
-§. Xalqaro huquq va davlatlarning milliy huquqiy tizitni
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
5-§. Xalqaro huquq va davlatlarning milliy huquqiy tizitni
Real voqelikda bir-biriga bogiiq. lekin mustaqil ikki huquqiy tizim mavjud: bir tomondan, ichki davlat huquqi (alohida milliy davlatning huquqiy me'yorlari majmui) va ikkinchi tomondan. huquqiy tartibga solishning o'ziga xos obyekti va subyektiga ega boigan xalqaro huquq. Agar. ichki davlat huquqida huquqiy tartibga solish obyekti bir davlat doirasidagi ijtimoiy munosabatlar bo'lsa, xalqaro-huquqiy munosabatlar obyektiga davlatlar va ularning birlashrnalari o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar kiradi. Xalqaro huquq va ichki davlat huquqi bir-biridan alohida mavjud bo'lmaydi. Xalqaro huquq me'yorlarini ishlab chiqishga milliy huquqiy tizimlar asos boiadi, u davlatning tashqi siyosati va diplomatiyasida topudi. Xalqaro huquq o'z navbatida milliy qonunchilikning rivoj-lanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ko'pgina davlatlarning, shu jumladan, O'zbekiston Respub-likasining qonunlarida shunday qoida mustahkamlab qo'yilgan, unga ko'ra davlatlarning ichki qonuni bilan xalqaro shartnomalar ustuvorlikka ega bo'ladi. Bunday qoida xalqaro huquqning davlatlarning ichki huquqi qoidalari ustidan ustuvorligi deb ataladi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 7-moddasida shunday deyilgan: «Agar xalqaro shartnomalar va bitimlarda fuqarolik qonunchiligidan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lsa xalqaro shartnomalar va bitimlardagi qoidalar qo'llaniladi»40. 6-$. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro huquq o'rtasida yaqin o'zaro aloqadorlik mavjud. Har ikkisi keng ma'noda xalqaro munosabatlarni tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq xalqaro xarakterdagi fuqarolik-huquqiy me'yorlar majmui sifatida xalqaro ommaviy huquqning umume'tirof etilgan tamoyillariga zid bo'lmasligi kerak. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro huquq o'rtasidagi uzviy aloqadorlik hech kim tomonidan inkor qilinmaydi. Ba'zi bir olimlar xalqaro xususiy huquq xalqaro huquqning bir turi deb hisoblaydilar. Ikkinchi guruh huquqshunoslar esa xalqaro xususiy huquqqa fuqarolik huquqining bir tarmog'i sifatida qaraydilar. Uchinchi birlari esa xalqaro xususiy huquqni xalqaro huquq bilan aynan bir xil deb hisoblaydilar. To'rtinchilar, xalqaro xususiy huquq ma'lum bir ma'noda fuqarolik huquqining tarmoqlaridan biri hisoblansa-da, asosan, xalqaro ommaviy huquq bilan juda yaqin aloqadadir, deb ta'kidlaydi. Xalqaro huquq xalqaro ommaviy huquq bilan aynan bir xil emas va uning sohalaridan biri hisoblanmaydi. Xalqaro xususiy huquq tartibga soladigan o'zining mustaqil predmetiga ega. 7-§. Xalqaro huquqda me 'yorlarniyaratishjarayoni Xalqaro-huquqiy tizimi me'yorlarini yaratishning o'ziga xos tomoni shundaki, bu jarayonda subyektlarning o'zi ixtiyoriy ravishda, xohish-irodasini bildirish yo'li bilan ishtirok etadilar. Xalqaro-huquqiy tizim subyektlarining o'zidan boshqa qandaydir bir bu tizimga nisbatan «tashqaridan» bo'lgan subyektlar me'yorlar yaratish jarayonida ishtirok etmaydi. Shu bois, xalqaro-huquqiy tizimning subordinarlik xarakteri inkor qilinadi, hech kim xalqaro huquq subyektlarining ixtiyoriga qarshi ular uchun xulq-atvor qoidalarini, ya'ni, me'yorlarni o'rnatishi mumkin emas. Binobarin, xalqaro huquqqa nisbatan «qonunchilik», «xalqaro qonuniylik» tushunchalarini qo'llash maium ma'noda noto'g'ri. 8-§. Xalqaro huquq tizimi Xalqaro huquq tizimi — bu quyidagi o'zaro ichki bogiiq elementlarning obyektiv mavjud bo'lgan bir butunligidir. Birinchidan, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari, me'yorlari (shartnomaviy va oddiy-huquqiy). Ikkinchidan, xalqaro tashkilotlarning qarorlari, tavsiyaviy Rezolutsiyalari, xalqaro sud organlarining qarorlari. Uchinchidan, xalqaro huquq institulari (xalqaro tan olish instituti, shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik instituti, xalqaro javobgarlik instituti va boshqalar). Tizimning qayd etib o'tilgan barcha elementlari turli birikmalarda xalqaro huquq tarmoqlari (diplomatik huquq, xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro dengiz huquqi va boshqalar) tashkil qiladi, ushbu har bir tarmoq o'zi mustaqil tizim sifatida namoyon boiadi, bunday tizimlar xalqaro huquqning yaxlit yagona tizimi doirasida shu tizimning bir qismi hisoblanishi mumkin. 9-§. O'zbekiston Respublikasitashqisiyosati va diplomatiyasi Tashqi siyosat tushunchasi davlatning xalqaro munosabatlardagi umumiy yo'nalishini qamrab oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar, xalqlar va xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlari sohasidagi faoliyatining maqsadlari va vositalari majmuini qamrab oladi O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari Konstitutsiyaning 17-moddasida qonuniy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan. «O 'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O 'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar to'g'risida»gi Qonuni, «O'zbekiston Respublikasi Mudofaa to 'g 'risida»gi Qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlaridagi tamoyillar va me 'yorlarga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining tamoyil va maqsadlariga, shuningdek, O 'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ratifikatsiya qilgan O 'zbekiston Respublikasi xalqaro shart-nomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga asoslanadi» deyiladi, 1996-yildagi «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to'g'risida»gi Qonunning 1-moddasida. Diplomatiya tashqi siyosatning muhim vositasi hisoblanadi. Aynan tashqi siyosat diplomatiyaning maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Diplomatiya amaliy tadbirlar, shuningdek, tashqi siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan shakl, vositalar va usullar majmuini ifodalaydi. Diplomatiya bilan bir qatorda davlatning iqtisodiy, madaniy va boshqa muhim aloqalari ham uning tashqi siyosiy vositalari hisoblanadi. O'zbekiston tashqi siyosatining bosh maqsadi davlat suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish uchun xalqaro zamin yaratish, tinchlikni va siyosiy barqarorlikni ta'minlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida barcha davlatlar bilan teng huquqli hamkorlikdan iborat. O'zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan munosabatlari davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinchlik yo'li bilan hal qilish, boshqa davlatlarning ichki ishiga aralash-maslik tamoyillariga va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyil va me'yorlariga rioya qilish asosida quriladi. Ushbu tamoyillarning Konstitutsiyada mustahkamlanishi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlari O'zbekiston hududida davlatning ichki qonuni sifatida amalda boiishini tasdiqlaydi. 10-§. Xalqaro-huquqiy munosabatlar Xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar — subyektlari o'rtasidagi shunday ijtimoiy munosabatlarki, ular xalqaro-huquqiy tartibga solish obyekti hisoblanadi. Binobarin, bunday munosabatlar xalqaro-huquqiy munosabatlar xarakterini kasb etadi. Xalqaro huquq milliy huquq singari subyektlar o'rtasidagi har qanday munosabatlarni emas, balki faqat huquqiy tartibga solish talab qilinadigan qismini tartibga soladi. Xalqaro huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlar xalqaro-huquqiy munosabatlar xarakteriga ega bo'ladi. Xalqaro huquq subyektlari u yoki bu xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishish bilan o'z huquq va majburiyatlarini amalga oshiradilar. Huquqiy normalar va institutlar xalqaro huquq tarmog'iga birlashadi. Barcha bir turdagi xalqaro munosabatlar majmui tarmoq obyekti hisoblanadi (masalan, xalqaro shartnoma huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro atom huquqi, xalqaro kosmik huquq). Ularni tashkil qilishning yagona yo'li xalqaro huquq subyektlarining kelishuvi hisoblanadi. Faqat xalqaro huquq subyektlarigina o'zining u yoki bu xatti-harakatlariga, xulq-atvor qoidalariga yuridik majburiy xarakter berishi mumkin. Xalqaro-huquqiy normalarni bajarish asosan, ushbu huquq tizimi subyektlari tomonidan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling