Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
DAVLAT — XALQARO HUQUQNING ASOSIY
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
DAVLAT — XALQARO HUQUQNING ASOSIY SUBYEKTI
Uzoq vaqt davomida davlatlar xalqaro-huquqiy munosabat-larining yagona subyekti bo'lib kelgan. Hozirgi xalqaro huquq me'yorlari hamon, aksariyat, davlatlar o'rtasidagi, shuningdek, davlatlar bilan xalqaro tashilotlar va xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga soladi. Shu bois, davlatlar — xalqaro huquqning asosiy subyektlaridir va xalqaro-huquqiy munosabatlarning asosiy real ishtirokchilaridir, chunki ular doimiy ravishda bir-biri bilan, xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan o'zaro munosabatda bo'lishi zarur. Xalqaro maydonda davlat siyosiy hokimiyat tashkiloti sifatida, ayniqsa, uning oliy organi nomidan xalqaro huquq subyekti bo'lib, davlatning rasmiy vakili sifatida chiqadi. Davlatning xalqaro huquq subyekti sifatida xarakterlovchi asosiy belgisi davlat suvereniteti hisoblanadi. Xalqaro huquq subyekti sifatida davlatning birlamchiligi shundaki, ular hech kim tomonidan tashkil qilinmaydi, ular obyektiv tarixiy reallik sifatida mavjuddir. Boshqa tomondan, davlatlar o'zlari xalqaro huquqning ikkilamchi (hosilali) subyekti — xalqaro tashkilotlarni tashkil qilishi murnkin. Birlamchi subyekt sifatida davlatlar universal xalqaro huquq layoqatiga ega. Birlamchilik davlatning xalqaro huquqning asosiy subyekti sifatidagi rolini belgilaydi. Aynan davlatlar xalqaro huquq me'yorlarini ishlab chiqadi, ularni buzganlik uchun javobgarlikni, xalqaro-huquqiy tartibotni va xalqaro tashkilotlarning funksi-yalarini belgilaydi. Davlatlarning ushbu imkoniyatlari o'zlari tomonidan yaratilgan xalqaro huquq tamoyillari va me'yorlaridan boshqa hech nima bilan chegaralanmagan. Mazkur tamoyillar va me'yorlarga muvofiq davlatlar xalqaro huquq subyekti sifatida xalqaro hujjatlarda, xususan, BMT Ustavida mustahkamlab qo'yilgan asosiy huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. Biroq, hanuzgacha bunday huquq va majburiyatlar ro'yxati ishlab chiqilmagan. DAVLATGA O'XSHASH TUZILMALAR — XALQARO HUQUQ SUBYEKTI Davlatga o'xshash tuzilmalar — xalqaro huquq subyektlarining bir turi hisoblanadi. Davlatga o'xshash tuzilmalarga «erkin shaharlar» (o'tmishda — Venetsiya, Gamburg, Novgorod) kiradi. Ushbu ibora umumlashtirilgan tushuncha hisoblanadi, chunki u nafaqat shaharlarga, balki ma'lum tumanlarga nisbatan ham qo'llanadi. Ba'zi holatlarda tegishli tuzilmalarni erkin shaharlar, ba'zan esa mustaqil (ozod, erkin) hudud yoki mintaqa (zona) deb atashgan (masalan, erkin shahar — Dansig. mustaqil hudud — Triyest). Umuman erkin shaharlar hududiy da'volarni to'xtatib qo'yish, xalqaro munosabatlarda ma'lum hududning tegishliligi borasida vujudga keladigan keskinlikni yumshatishning bir uslubi sifatida vujudga kelgan. Erkin shahar xalqaro shartnoma yoki xalqaro tashkilotning qaroriga binoan barpo etiladi va cheklangan huquq layoqatiga ega bo'lgan o'ziga xos davlat hisoblanadi. U o'z Konstitutsiyasi yoki o'xshash (anologik) xarakterdagi hujjatga, oliy davlat organlariga, fuqaroligiga ega bo'ladi. MILLATLAR YOKI XALQLAR — XALQARO HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA O'z ozodligi uchun kurashayotgan va ma'lum hokimiyat tuzilmalarni tuzgan, yagona markaz bilan birlashgan millat yoki xalqlar millat yoki xalq nomidan xalqaro munosaballarda ishtirok etishi va xalqaro huquq subyekti maqomiga ega bo'lishni talab qilishi mumkin. Amalda bunday tuzilmalar qatoriga yagona qo'mondonlikka ega bo'lgan hamda aksariyat hollarda bir vaqtning o'zida siyosiy rahbarlikni amalga oshiruvchi qurolli otryadlar kiradi. Millatlar yoki xalqlar xalqaro huquqning alohida va rnaxsus subyektlari hisoblanadi. Imperativ xarakterdagi me'yor-tamoyilga — teng huquqlilik va xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash tamoyiliga muvofiq barcha xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi, ya'ni tashqaridan hech qanday aralashuvsiz erkin asoslarda o'zining siyosiy maqomini belgilash va iqtisodiy. ijtimoiy va madaniy rivojlanishini amalga oshirish huquqi tan olinadi. 1970-yilda qabul qilingan Xalqaro huquq tamoyillari to'g'risidagi deklarat.siyaga muvofiq har bir davlat ushbu huquqni hurmat qilishi lozim. So'z xalqlar va davlatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar (xalqaro-huquqiy munosabatlar) to'g'risida bormoqda. XALQARO TASHKILOTLAR — XALQARO HUQUQ SUBYEKTI SIFATIDA Xalqaro tashkilotlar tarkibiga hukumatlararo tashkilotlar hamda a'zolari shaxsiy tartibda harakat qiluvchi davlatlararo mexanizmlar va organlar (xalqaro arbitrajlar, komitetlar, ekspertlar guruhi va boshqalar) kiradi. Hukumatlararo konferensiyani vaqtinchalik xalqaro muassasa deb hisoblash mumkin. Xalqaro tashkilot o'zining xalqaro huquq layoqatiga ta'sis shartnomasiga muvofiq ega bo'ladi. Shartnoma xalqaro tashkilotni ma'lum huquqqa ega bo'la olish, ya'ni davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish, o'z nomidan qarorlar qabul qilish qobiliyati bilan ta'minlaydi. Xalqaro tashkilot xalqaro tuzilma bo'lib, uning ta'sis etilishi va faoliyati xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling