Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH ATAMALAR
8-MAVZU: JINOYAT HUQUQI ASOSLARI
REJA: 1. Jinоyat huquqining tushunchasi, vazifasi, usuli va tamоyillari. 2. Jinоyatning tarkibiy unsurlari. Jinоyatlarni tasniflash. 3. Jinоiy huquqbuzarlik va jinоiy jazо. 4. Jinоyatda ishtirоkchilik tushunchasi, uning turlari va shakllari. 5. Qilmishning jinоiyligini istisnо qiladigan hоlatlar. TAYANCH ATAMALAR Jinоiy javоbgarlik, jinоiy jazо, jinоyat tartibi, jinоyat оhbekti, jinоyat suhbekti, jinоyatda ishtirоkchilik, bajaruvchi, tashkilоtchi, yordamchi, jinоiy huquq buzarlik. l-§. Jinoyat huquqi tushunchasi, predmeti, usuli, vazifalari va prinsiplari Jinoyat huquqi mamlakatimiz huquq tizimining bir tarmog'i bo'lib, u — qonun bilan qo'riqlanadigan munosabatlarga tajovuz qiluvchi qilmishlarning ijtimoiy xavfli va jinoyat ekanligini aniqlovchi, uni sodir etganlik uchun jazo turi va miqdorini belgilovchi, jazo choralari tayinlash shartlari, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni belgilovchi huquqiy normalar majmuidan iborat. Jinoyat huquqining predmetini jinoyat sodir etilganida (shu-ningdek, jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko'rilganida va jinoyat sodir etishga suiqasd qilinganida ham) vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ma'lum bir jinoyat sodir etilganligi holati, uni sodir etgan shaxsni tavsiflovchi xususiyatlari, sodir etilgan qilmishni jinoyat kodeksining qaysi moddasi bilan javobgarlikka tortish va jazo tayinlash masalasini hal qiluvchi munosabatlar jinoyat huquqining predmetini tashkil etadi. Bunday ijtimoiy munosabatlarning subyektlari, bir tomondan, jinoyat sodir qilgan shaxs bo'lsa, ikkinchi tomondan, odil sudlovni amalga oshiruvchi organlar orqali davlatdir27. Jinoyat ijtimoiy xavfliligi eng yuqori huquqbuzarlik boiganligi uchun ham uni sodir etganlik uchun yuridik javobgarlikning og'ir turi qo'llaniladi va bu shaxslarni jinoyat sodir qilishdan tiyib turishda muhim o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kid-laganlaridek: «Qonun ustuvorligini ta 'minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish fuqarolarni qonunga ho ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash — bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim shorti hisoblanadi »2S. Ushbu maqsadni amalga oshirishda jinovat qonunchiligi ham muhim. o 'rin tutadi va uning vazifalarida o 'z aksini topgan. Jinoyat huquqining vazifalari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo'riqlash, shuningdek, jinoyat-larning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir29. Har bir huquq tarmoqlarining prinsiplari bo'lgani kabi jinoyat huquqining ham jinoyat huquqi normalarida mustahkamlab qo'yilgan, uning umumiy mazmunini belgilovchi prinsiplari mavjud bo'lib, ushbu prinsiplar Jinoyat kodeksining 3-10-moddalarida o'z aksini topgan. Jinoyat huquqi prinsiplari: qonuniylik; fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi; demokratizm; insonparvarlik; odillik; ayb uchun javobgarlik; javobgarlikning muqarrarligi. Qonuniylik prinsipi. Qonuniylik deganda, sodir etilgan qilmishni jinoyat ekanligini aniqlaydigan, u uchun javobgarlik va jazo belgilaydigan, qanday qilmishlar jinoyat hisoblanishini belgilaydigan normalar faqat jinoyat kodeksi normalari ekanligi, boshqa biror-bir qonunlar yoki me'yoriy hujjatlar qilmish uchun jinoiy jazo tayinlay olmasligi tushuniladi. Faqat jinoyat kodeksiga muvofiq ravishda surishtiruv va dastlabki tergov organlari shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish, sud esa shaxsni jinoyat sodir etishda aybli deb topishi va unga nisbatan jinoiy jazo tayinlashi mumkin. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling