4-§. Iste 'molehiga zarar yetkazilgandagijavobgarlik
1996-yil 26-aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonuni bilan iste'molchilarning sifatli va xavfsiz, bexatar tovarlar, xizmatlariga bo'lgan huquqi kafolatlangan bo'lib, tovarlarni iste'mol qilish bilan bog'liq bo'lgan huquqiy masalalar tartibga solingan.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasida ko'rsatilgan jinoyat shaxsning xo'jalik faoliyati sohasidagi manfaatlari, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga qarshi qaratilgan tajovuzlarda ifodalanadi.
Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish jinoyati tovar bozoriga sifatsiz mahsulot chiqarish, yoki uni sotish natijasida iste'molchining, bu badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishida ifodalanadi.
Mahsulot chiqarish deganda, biror-bir mahsulotni buyurtmachi yoki iste'molchiga topshirish yoki jo'natish tushuniladi. «Sotish» deganda, tovarlarni bevosita iste'molchilarga sotish nazarda lutiladi.
Tahlil qilinayolgan Jinoyat Kodcksining 186-moddasi bo'yicha javobgarlik sifatsiz mahsulotni lovar bozoriga chiqarish yoki sotish natijasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yelkazilgan hollardagina vujudga keladi.
Sifatsiz mahsulot deganda, davlat standard talablariga, ine'yoriy normalarga javob bermaydigan va sifat sertifikaliga ega bo'lmagan mahsulotlar tushuniladi. Mahsulotlar har qancha sifatsiz boisa-da, o'rtacha og'ir yoki og'ir Ian jarohati yetkazish xususiyatiga ega bo'lmasa, Jinoyal Kodeksining 1 86-moddasidagi jinoyatning predmeti bo'la olmaydi. Unda ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslarga ma'muriy, intizomiy va boshqacha choralar ko'riladi.
Yanashuni ta'kidlabo'tish lozimki, ushbu jinoyalning predmeti deb har qanday oziq-ovqal mahsulotlari nazarda tutilgan. Lekin jinoiy javobgarlik yuzaga kclishining sharti sifatida jinoiy oqibat ko'rsatilgan. Qilmishni bevosita ushbu modda bilan kvalifikalsiya qilish uchun jinoiy oqibat kelib chiqqan bo'lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |