Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


–MAVZU. ISTE’MОLCHILARNING ASOSIY HUQUQLARI VA ULARNI HIMOYA QILINISHI


Download 0.79 Mb.
bet23/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

4–MAVZU. ISTE’MОLCHILARNING ASOSIY HUQUQLARI VA ULARNI HIMOYA QILINISHI.
REJA:
1. Iste’mоlchilar huquqlarini himоya qilish tushunchasi.
2. Iste’mоlchilarning huquqlarini himоya qilish bo’yicha qоnun hujjatlari va xalqarо shartnоmalar.
3. Iste’mоlchilar huquqlarini himоya qilishda chakana оldi-sоtdi
shartnоmasining mоhiyati.
4. Iste’mоlchilarning tоvar sifati haqida mahlumоt оlish huquqi va sifatli yoki sifati lоzim darajada bo’lmagan tоvarlar (ish, xizmatlar) ni tоpshirish оqibatlari.
5. Iste’mоlchilarning huquqlarini davlat tоmоnidan himоya qilinishini
tahminlash va Iste’mоlchilarga sifatsiz maxsulоt sоtganlik uchun
jinоiy javоbgarlik.
l-§. Iste 'molchi tushunchasi
O'zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni davom etayotgan hozirgi davrda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish dolzarb masalalardan biridir. Chunonchi bozor iqtisodiyotga o'tayotgan rcspublikamizda mulkning turli shakllari vujudga keldi. Bitnday holatda iste'mol­chilarning huquqlarini himoya qilishga katta e 'tibor berish lozim.
1. O'zbekiston Respublikasining «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq, iste'molchi deganda tovarlarni sanoat ishlab chiqarish ehtiyoji uchun emas, balki shaxsiy maishiy ehtiyoji uchun sotib oluvchi fuqaro tushuniladi. Iste'mol­ chilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha qonunchilik yuqori
rivojlangan ko'pgina mamlakatlarda iste'molchi deganda sotib olinayotgan tovarning xususiyatlari haqida maxsus bilimlarga ega bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Avvalo iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun ularning huquqiy madaniyatini rivojlantirish zarur. Iste'molchilarning huquqiy madaniyati
quyidagilardan iborat. Birinchidan — isle'molchilar amaldagi qonunlarni yaxshi bilishlari kerak. Ikkinchidan — iste'molchilar amaldagi qonunlar doirasida harakat qilishlari kerak. Uchinchidan o'zlariga nimani ravo ko'rsalar o'zgalarga ham shuni ravo ko'rishlari kerak. Agarda barcha iste'molchilar yuqorida keltirilgan qoidalarga amal qilsalar jamiyatimizda huquq subyektlari o'rtasida huquqiy madaniyat yanada rivojlanishi mumkin.
Ushbu mavzuning maqsadi talabalarni iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha respublikamizda olib borila-yotgan ishlar bilan tanishtirishdan iborat. Ushbu kursni o'rganishda talabalar O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. konstitu-tsiyaviy va joriy qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Prezidentimiz I.A. Karimovning asarlaridan foydalanishlari maqsadga muvoHqdir.

  1. Jamiyatning yashash tarzini belgilovchi qonunlarimiz juda ko'p. Ularning ba'zilari ayrim larmoqqa xos, muayyan qismi barchaga birday daxldor. Lekinjamiyatimizda shunday qonun borki, u jamiyatdagi har bir fuqaro, hech shubhasiz, o'sha huquqiy hujjal bilan har qadamda to'qnashadi. Bu O'zbekiston Respublikasining «lste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunidir. Chunki, erkakmi, ayolmi yoxud badavlatmi, kam-bag'almi — • kim boimaylik hammamiz iste'molchimiz.

Ushbu qonunning ishlashi yoki ishlamasligi faqat ayrim mutassaddilarga emas, balki asosiy bozor qatnashuvchilari, ya'ni iste'molchilarning faolligiga bog'liq. Iste'molchi, sodda qilib aytganda, yashash uchun hayotdagi moddiy ne'matlardan foydalanuvchi inson. Ana shu insoning iste'molchilik bilan bog'liq holatlardagi huquqlari mazkur qonunda yozib qo'yilgan.
Shu qonunni ishlashi uchun eng asosiy shart nima? Bizningcha, bu huquqiy hujjatni barcha iste'molchilar yaxshi bilib olishida. Axir huquqlarni bilrnay turib uni talab qilib bo'lmaydi-ku. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan, 2002-yil 5-aprelda ayrim o'zgartish va qo'shimchalar kiritilgan bu qonun, ayniqsa, keyingi yillarda xalqimiz hayotini yaxshilashda juda muhim ahamiyai kasb etmoqda.
Hayotni o'zi ushbu qonunning ishlashini ta'minlovchi mexanizm bo'lishini taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 28-noyabrdagi «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish tadbirlari to'g'risida»gi qarori jamoat nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va iste'mol madaniyatini oshirishga doir ishlarini faollashtirib yubordi. Shu qaror bilan Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha Idoralararo kengash tashkil etildi. Vazirliklar, davlat qo'mi talari va idoralar, respublika iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat bu kengash mazkur qonunni amalga oshirish borasida o'zaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi.

  1. Iste'molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi fuqarolik huquqiy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi; iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish; oziq-ovqat mahsulotlari sifatini va xavfsizligini standartlantirish; mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risidagi qonunlar, shuningdek, ana shu qonunlarga muvofiq qabul qilingan hujjatlar bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari Qoraqalpog'iston Respubiikasida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Qonun hujjatlari iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunda belgilangan iste'molchilarning huquqlarini cheklab qo'yishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.
Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunning 3-moddasiga binoan, agar O'zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnoma yoki bitimda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma bitim qoidalari qoilaniladi deb ko'rsatilgan.
4. Fuqarolarga savdo xizmati ko'rsatishning asosiy fuqarolik huquqiy shakli chakana oldi-sotdi shartnomasi hisoblanadi. Chakana savdo munosabatlarida bir tomonda sotuvchi sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar va yuridik shaxslar qatnashsa, ikkinchi tomonda iste'molchi fuqarolar qatnashadilar.
Chakana savdo munosabatlarini odatdagi oddiy tovar ayir-boshlash harakati sifatida baholab boimaydi. Bu o'rinda shartnoma munosabatlarini bog'lashdan asosiy maqsad fuqarolarning maishiy ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. Shartnomaning oxir-oqibat natijasi savdo xizmati sifati bo'lib, uning tarkibiga sotilayotgan tovarlaming sifatigina emas, balki yana iste'molchiga tovarlami sotib olishda ma'lum qulayliklar yaratish maqsadidagi qo'shimcha xizmatlar, shuningdek, yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish madaniyati ham kiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling