Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
4-§. Majburiyat huquqi
Majburiyat tushunchasi. Mazkur huquqiy munosabatlarning mohiyati muayyan shaxslarni mulkiy maqsadni ko'zlaydigan va shu sababdan shaxsni boshqa shaxsning foydasiga muayyan harakalni amalga oshirishga yoki ma'lum harakatdan o'zini tiyishga majbur etishdan iborat (masalan, mol-mulkni berish, pul to'lash, ishni bajarish va hk.). Bunda boshqa shaxs qarzdordan o'z majburiyatini bajarishni talab etish huquqiga ega. dcgan xulosa chiqadi. Majburiyat ishtirokchilari (tomonlar): qarzdor — boshqa shaxs foydasiga muayyan harakatlar (masalan, pul lo'lash, ishni bajarish kabilar)ni amalga oshirishga majbur bo'lgan taraf; krcditor — yuqorida keltirilgan xatti-harakatlarni bajarishni talab etish huquqiga ega bo'lgan taraf. Majburiyatda taraflarning har biri ayni vaqtning o'zida ham kreditor, ham qarzdor bo'lishi mumkin (masalan, fuqaroning buyurtmasiga ko'ra uy-joy qurish), biroq, shunday majburiyatlar borki. bunda bir taraf doim kreditor, ikkinchisi esa qarzdor boiib, ularning o'rinlari hech qachon almashmaydi (masalan, biror-bir shaxs boshqasiga qarzga pul bcrgan hollarda). Majburiyatning predmetini majburiyat cgasi bo'lgan shaxs (qarzdor)ning qarzni to'lash bilan bogiiq muayyan harakatlari tashkil qiladi. Majburiyatlar turli asoslarda yuzaga keladi: ishtirokchilar orasida luzilgan shartnomalar (ijara shartnomasipudrat shartnomasi)— eng ko'p uchraydigan asos; amaldagi qonunda nazarda tutilgan hamda nazarda tutilmagan, biroq uning mazmuni hamda umumiy qoidalariga zid bo'lmagan bir taraflama kelishuvlar orqali; ma'muriy hujjat davlat boshqaruvi organlarining individual (normativ) hujjati (masalan, fuqaroga davlat yoki munitsipal uy-joy berish shaklida mahalliy ma'muriyat qarorini order bilan rasmiylashtirish) orqali; intellcktual ijodning turli obycktlarini, masalan, san'at asarlari va ishlab chiqarish namunalarini yaratish yoki ulardan foydalanish vaqtida; - insonlar xohish-irodasiga bog'liq bo'lmagan yuridik xatti-harakat natijasida (xazina, topilma va hk.) yoki favqulodda hodisa (yong'in, tabiiy ofat va majburiyatlar quyidagi asoslar bo'yicha ham vujudga kelishi mumkin: shartnomalar (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, tashish, pudrat va boshqalar), bir taraflama bitimlar (mukofotni oshkora va'da qilish), ma'muriy hujjatlar (binoni ijaraga berish uchun order berish), zarar yetkazish, asossiz boylik orttirish, yuridik va jismoniy shaxslarning boshqa harakatlari, hodisalar (tabiiy ofatlar). Fuqarolik huquqiga oid shartnoma. Ikki yoki undan ortiq shaxs (fuqarolar yoki yuridik shaxslar)ning fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilish, ya'ni mol-mulkni qaytarib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha kelishuv shartnoma deb hisoblanadi. «Shartnoma» tushunchasi bilan birga, «bitim» tushunchasi ham qo'Uaniladi. Fuqaro va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish yoki tugatishga qaratilgan xatti-harakatlari bitim deyiladi. Bitimlar ikki taraflama yoki ko'p taraflama (shartnoma), shuningdek, bir taraflama bo'lishi mumkin (masalan, vasiyat). Shunday qilib, «bitim» «shartnoma»ga qaraganda kengroq tushuncha bo'lib, shartnoma bitimning bir turidir. Taraflar qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hamda nazarda tutilmagan holatlarga ko'ra shartnoma tuzishlari mumkin. Biroq bunda asosiy shartga rioya qilinishi kerak: shartnoma fuqarolik qonunlarining asosiy qoidalariga zid bo'lmasligi lozim. Shartnoma taraflar o'rtasida to'liq va aniq munosabatlarni tayinlash, har bir tarafning manfaatlarini hisobga olishga imkon beruvchi muhim yuridik vositadir. Shartnoma fuqarolar ishtirokidagi munosabatlarda, ayniqsa, ularning tadbirkorlik faoliyati sohasida keng qo'llanadi. Shartnoma tuzishga majburlashga yo'l qo'yilmaydi. Shartnoma tuzish qonunda yoki ixtiyoriy qabul qilingan majburiyatda ko'rsatilgan holatlar bundan mustasno. Tomonlar tuzgan shartnomaning tarkibida qonun hamda boshqa huquqiy hujjatlar bilan nazarda tutilgan turli shartnomalarning unsurlari bo'lishi mumkin (aralash shartnoma). Shartnomalar og'zaki yoki yozma shaklda tuzilib, quyidagi turlarga bo'linadi: konsensual va real, haq baravariga va tekinga, asosiy va dastlabki. Shartnoma, uning barcha muhim shartlari bo'yicha taraflar o'rtasida o'zaro kelishuvga erishilgan paytdagina to'liq tuzilgan deb tan olinadi. Shartnoma predmeti haqidagi shartlar qonun yoki boshqa huquqiy hujjatlarda yoki bu turdagi shartnomalar uchun zaruriy deb belgilangan hollardagina muhim deb tan olinadi. Shartnoma taraflari da'vosi bilan kelishuvga kelingan shartlar shular jumlasidandir. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi uchun muhim shartlardan biri — narx, ijara shartnomasi uchun esa — muddat hisoblanadi. Fuqarolik huquqiga oid shartnomaning asosiy qoidalari quyidagilar hisoblanadi. Umumiy qoidalar bilan birga, fuqarolik qonunlari alohida turdagi shartnomalapra taalluqli normalarni o'z ichiga oladi. Bunda oldi-sotdi, ijara, yuk tashish, pudrat kabi shartnomalarni alohida aytib o'tish zarur. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling