Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
Ma 'muriy huquqbuzarlik tushunchasi
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamuriy jazo va uning turlari.
- Mamuriy qamoq
- Mamuriy jazo
Ma 'muriy huquqbuzarlik tushunchasi. Ma'muriy javobgarlikni qo'llash uchun asos bo'lib ma'muriy huquqbuzarlik xizmat qiladi. Ma'muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga binoan, ma'muriy huquqbuzarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, g'ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ma'muriy huquqbuzarliklar jinoyatlardan ushbu xavf darajasi bilangina farq qiladi.
Ma'muriy huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardir: jamiyatga qarshi xususiyat; g'ayriqonuniyligi; - aybliligi; - qilmishning jazoga loyiqligi. Ma'muriy jazo va uning turlari. Ma'muriy jazo ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik chorasi bo'lib, quyidagi maq-sadlarda qo'llaniladi: - ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni qonunga rioya etish va huquq-tartibotni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; - uning yangi huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish; Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 23-moddasida ma'muriy jazoning quyidagi turlari belgilab qo'yilgan: - jarima; ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita predmeti bo'lgan narsani pul evaziga olib qo'yish; ma'muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita predmeti boigan narsani musodara qilish; shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqi, ov qilish huquqidan) mahrum etish; ma'muriy qamoq. Ma'muriy jazo faqat O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanishi mumkin. Jarima — ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsga belgilanadigan va davlat foydasiga olinadigan pul undirish (MJK 25-moddasi). U deyarli barcha ma'muriy huquqbuzarliklar uchun nazarda tutilgan va keng tarqalgan jazo chorasidir. Fuqarolarga belgilanadigan jarimaning eng ko'p miqdori O'zbekiston Respub-likasining qonunlarida belgilangan eng kam ish haqining 5 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan ortiq bo'lishi mumkin emas. Ma'muriy qamoq kamdan-kam hollarda —- ma'muriy huquq-buzarlikningayrim lurlari uchun 3 sutkadan 15 sutkagacha bo'lgan muddatga qo'llaniladi. Ushbu jazoni tuman (shahar) sudi (sudyasi) qo'llaydi. Ma'muriy qamoq homilador ayollarga, 3 yoshgacha bo'lgan bolalari bor ayollarga. 14 yoshgacha boigan bolalarini yakka o'zi tarbiyalayotgan shaxslarga. 18 yoshga toimagan shaxslarga, I va II guruh nogironlariga nisbatan qo'llanilishi mumkin emas. Ma'muriy jazo haqidagi ish bo'yicha chiqarilgan qaroryuzasidan yuqori turuvchi organ (yuqori turuvchi mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Ma'muriy jazo -— huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa — huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab, 2 oydan kechiktirmay qo'llanilishi mumkin (MJK 36-modda). Basharti ma'muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o'tash muddati tugagan kundan boshlab 1 yil mobaynida ma'muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo'lsa, mazkur shaxs ma'muriy jazoga tortilmagan, deb hisoblanadi (MJK 37-modda). Ma'muriy jazoni qoilash huquqiga buning uchun vakolatli boigan bir qator organlar va mansabdor shaxslar ega. Ulaming lo'liq ro'yxati ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda berilgan. LJlarga tuman (shahar) sudining ma'muriy ishlar bo'yicha sudyalari; xo'jalik sudining sudyalari; ma'muriy komissiyalar; tuman (shahar) voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiyalar; ichki ishlar organlari va boshqa davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor shaxslari), soliq, bojxona, davlat sanilariya nazorati organlari kiradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling