Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet18/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

Ma'muriy qonunchilik. Ma'muriy qonunchilikni o'rganish chog'ida ma'muriy huquqbuzarliklarni tartibga soluvchi asosiy normativ hujjat O'zbekiston Respublikasining 1995-yil 1-aprelda kuchga kirgan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi ekanligini yodda tutish zarur. Hozirgi vaqtda ushbu kodeks dcyarli har yili unga kiritilayotgan qo'shimcha va o'zgartishlar tufayli ancha o'zgardi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning umumiy qoidalarida ma'muriy huquqbuzarlik sodir ctgan shaxs huquq-buzarlik sodir etilgan vaql va joyda amal qiladigan qonunlar asosida javobgarlikka tortilishi belgilab qo'yilgan.
Ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega, ya'ni ular ushbu hujjatlar chiqquncha sodir etilgan huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir. Ma'muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilaydigan va uni kuchaytiradigan hujjatlar esa orqali qaylish kuchiga ega emas.
«Ma'muriy huquqbuzarlik» tushunchasi nimani anglatishni aniq bilish muhim. «Ma'muriy huquqbuzarlik)) deganda, qonun hujjatlariga binoan ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, g'ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Mazkur kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik ushbu huquqbuzarliklar o'z tabiatiga ko'ra, amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo'lmagan taqdirda yuzaga keladi.
3–MAVZU. FUQAROLIK HUQUQI ASOSLARI.
.
REJA:
1. Fuqarоliuk huquqi tushunchasi, tamоyillari, tizimi.
2. Fuqarоlarning huquq va muоmala layoqatlari.
3. Yuridik shaxslar, ularning vujudga kelishi va bekоr bo’lishi.
4. Bitimlar va ularning turlari.
5. Mulk huquqi. Ishоnchnоma va uni berish tartibi.


l-§. Fuqarolik huquqi tushunchasi va manbalari
Fuqarolik huquqi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari. yuridik shaxslari ishtirokidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy hamda tovar-pul munosabatlarini tartibga solib turuvchi nornialar yig'indisidan iborai alohida huquq sohasi bo'lib, ularning yuridik tengligi, mulkiy mustaqilligi hamda iroda erkinligiga tayanadi.
Fuqarolik huquqi mulkchilik munosabatlarini, iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining shartnomaviy aloqalarini (oldi-sotdi, pudrat, sug'urta va hk.). shuningdck. yetkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq inlcllektual mulk, merosga oid munosabatlarni tartibga soladi.
Huquqning har qanday sohasi kabi, fuqarolik huquqining eng muhim normalari O'zbekistonning Konstitutsiyasida o'z ifodasini topgan. Chunonchi, har birdavlatda iqtisodiy munosabatlar ncgizini moddiy ne'matlarga egalik huquqi tashkil etadi.
O'zbekiston Konstitutsiyasida tadbirkorlik hamda qonun tomonidan taqiqlanmagan boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish, davlat hokimiyati organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararning davlat tomonidan qoplanishini talab etish huquqi kabi qoidalar mustahkamlangan.
Fuqarolik huquqi bir qancha huquqiy institutlar (mulk huquqi, majburiyat huquqi, shaxsiy nomulkiy huquqlar, ijod faoliyati natijalariga bo'lgan huquq, meros huquqi)dan iborat tizimni aks cttiradi.
Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar uning predmetini tashkil etadi.
Fuqarolik huquqining mclodi fuqarolik huquqiy munosaballarda qatnashuvchi laraflarning tengligi, ushbu huquq sohasidagi normalarning ko'pchiligi dispozitiv ekanligi (ishtirokchilar uchun xulq-alvor turini tanlashning mumkinligi) nizolarni sudda, xo'jalik sudida hal etish orqali tavsiflanadi.
Fuqarolik huquqining manbalari, ularning ahamiyati (yuridik kuchi)ga qarab, quyidagi turlarga bo'linadi:



  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston
    Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunlar;

  • qonun osti hujjatlar O 'zbekiston Respublikasi Prezidentining
    fannonlari, O 'zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari,
    vazirlik va tashkilotlarning buyruq va yo 'riqnomalari;

- ish muomalasi odatlari, niahalliv odat va an 'analar.
Shunday boisa-da, «fuqarolik huquqi manbalari» tushunchasi
«fuqarolik qonunlari» tushunchasidan kengroqdir, zero fuqarolik huquqiga oid munosabatlar nafaqat qonunlar, balki qonun osti hujjatlari (masalan, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va boshqalar) bilan ham tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqiga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar sirasiga ish muomalasi an'analari kiradi. Ular ishbilar-monlik faoliyatining biror-bir sohasida tarkib topgan hamda keng qoilaniladigan boiib, biroq qonunda nazarda tutilmagan. Ular mazkur munosabatlar ishtirokchilari uchun majburiy boigan qonun-qoidalar hamda shartnomaga zid boimasligi kerak.
Fuqarolik huquqining eng muhim hujjati O'zbekiston Respub­likasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon — FK) hisoblanadi.
Amaldagi Fuqarolik kodeksi ikkita (umumiy va maxsus) qismdaniborat.
FKning birinchi (umumiy) qismida fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan hamda boshqa turdagi munosabatlar doirasida alohida ahamiyatga ega boigan asosiy qoidalar o'z aksini topgan. Ularda fuqarolik qonunlarining asosiy tushuncha va prinsiplari: fuqarolik huquqlarini himoyalash usullari; fuqarolik huquqi obyektlari; fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holati; mulkchilik huquqi hamda boshqa mulkiy huquqlarning yuzaga kelish asoslari hamda ularni amalga oshirish tartiblari; shartnoma asosidagi hamda boshqa turdagi majburiyatlarning asosiy qoidalari belgilangan.
Kodeksning ikkinchi (maxsus) qismi muayyan turdagi shart-nomalar hamda shartnomadan tashqari majburiyatlar: oldi-sotdi, ijara, pudrat, yuk tashish, qarz va kredit, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, mualliflik, ixtirochilik hamda boshqa alohida huquqlar, vorislik huquqi va xalqaro xususiy huquq normalarini o'z ichiga oladi.
Fuqarolik huquqiga oid munosabatlar, shuningdek, alohida qonunlar bilan ham tartibga solinadi. Masalan, «O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g'risida»gi, «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida»gi, «Istc'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasida korxonalar to'g'risida»gi, «Garov to'g'risida»gi, «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi, «Mualliflik huquq va turdosh huquqlar to'g'risi»gi, «Lizing to'g'risida»gi, «N'odavlat notijorat tashkilotlari to"g'risida»gi va boshqa qonunlar.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling