Fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari. Ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni alohida guruhga ajratish mumkin.
Ma'muriy huquqda fuqarolarning huquqlarini mustahkamlovchi va ularning boshqaruv organlari bilan munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yctarlicha katta o'rin egallaydi. Subyektlarini boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) va fuqarolar tashkil etadigan munosabatlar huquqiy voqelikdagi eng an'anaviy munosabatlardir. Har qanday fuqaro o'z hayoti mobaynida ma'muriy, huquqni muhofaza qiluvchi muassasalar va ularning mansabdor shaxslari bilan, transport va aloqa organlari bilan, soliq organlari, pasport idorasi, bojxona xizmati, ijtimoiy himoya va boshqa idoralarning xodimlari bilan ma'muriy-huquqiy munosabatlarga kirishadi.
O'zbekision Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Vazirlar Mahkamasi, ya'ni O'zbekiston Respublikasi hukumati ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini amalga oshiradi, ijro organlari tizimiga boshchilik qiladi va ularnig faoliyatiga rahbarlik qiiadi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijlimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyaliga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi. Uning huquqiy holati asoslari. tarkibi, shakllanish tartiblari O'zbekiston Respub-likasining Konstitutsiyasi (20-bob), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi 2003-yiI 29-avgustdagi yangi tahrirdagi qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining raisi Konstitutsiyaga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi hukumatining faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda uning o'z vakolatlarini samarali amalga oshirishi uchun choralar ko'radi.
Hukumatni O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, vazirlar, O'zbekiston Respublikasi davlat qo'mitalarining raislari, boshqa davlat xo'jalik boshqaruv organlarining rahbarlari tarkibida Respublika Prezidenti shakllantiradi va Oliy Majlis tasdiqlaydi (Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi qonunning 4-moddasi).
O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirini Prezidentparlamentining roziligi bilan tayinlaydi. Hukumatning boshqa a'zolarini ham Prezident tayinlaydi. Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishini tashkil etadi, o'rinbosarlari o'rtasida vazirlarni tasdiqlaydi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'i bo'yicha xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi hukumatining vakili bo'lib xalqaro munosabatlarda sharlnomalar va bitimlarni imzolaydi, davlat va xo'jalik boshqaruvi masalalari bo'yicha qarorlar qabul qiladi, Vazirlar Mahkamasi raisining topshirig'i bo'yicha hukumat faoliyatini tashkil qilish va unga rahbarlik qiiish bilan bog'liq boshqa funksiyalarni bajaradi (Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi qonunning (15-moddasi) hamda Prezident va hukumat hujjatlarining bajarilishi uchun javobgar bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |