Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet12/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

2–MAVZU: MA’MURIY HUQUQ ASOSLARI.


REJA:
1. Ma’muriy huquq fani tushunchasi, predmeti, manbalari va tizimi.
2.Ma’muriy huquqiy me’yorlari va ma’muriy huquqiy munоsabatlar tushunchasi.
Ma’muriy huquq tamоyillari.
3. Davlat bоshqaruv оrganlari tushunchasi, turlari va tuzimi.
4. Ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy javоbgarlik va ma’muriy jazо.
5. Ma’muriy majburlоv, uning xususiyatlari va turlari.
l-§. Ma 'muriy huquq tushunchasi
Ma'muriy huquq Konstitulsiyaviy, fuqarolik va jinoyat huquqlari bilan bir qatorda -— huquqning asosiy tarmoqlariga kiradi.
«Ma"inuriyat»so'zi lolincha«administratio»so'zidanolinganboiib, «boshqarish» ma'nosini bildiradi. Shu bois ma'muriy huquq ko'pincha boshqaruv huquqi yoki boshqarishga oid huquq deb ta'riflanadi.
Huquq tarmoqlari bir-biridan. avvalo, huquqiy boshqaruv predmcli va usuli bilan farq qiladi. Ma'muriy huquqning O'zbekislon Rcspublikasi huquq liziminiug mustaqil tarmog'i sifatidagi ijtimoiy munosabatlarning asosiy xususiyali shundaki, u davlat boshqaruvi sohasidagi ijlimoiy munosaballarni, ya'ni davlat organlarining ijro ctish va farmoyish bcrish faoliyati jarayonida yuzaga kcladigan ijlimoiy munosabatlarni lartibga soladi. Ma'muriy huquqning maqsad va vazifalarni to'la anglab yetish uchun, avvalo, davlat boshqaruvining larkibi haqida tushunchaga ega boiish lozim. Har qanday boshqaruv muayyan munosabatlarni lartibga solib turadi. Jamiyatdagi boshqaruv ijtimoiy boshqaruv deb ataladi. L1 insonlarni asosiy maqsad yo'lida jipslashtirish, o'zaro munosabatlarni lartibga solish, bulun jamiyalni jipslashtirish uchun qo'llanadi.
Ijtimoiy boshqaruvning asosiy lurlaridan biri davlat boshqaru-vidir. U davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatining mazmuni istiqbolni bclgilash. rejalashtirish, moliyaviy ta'minlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, hisobga olish va nazorat qilishdan iborat. Bu davlal boshqaruvining keng tarqalgan vazifalaridan biri boiib, barcha davlat organlari ularni o'z faoliyati davomida qo'llaydilar.
Masalan, prokuralura — nazorat organi. Respublika Bosh Prokurori nafaqat barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va fuqarolarning qonunlarga rioya qilishlarini, balki quyi bo'g'indagi prokurorlarning faoliyatini ham nazorat qilib turadi. Boshqaruv prokurorning asosiy vazifasi emas.
Davlat boshqaruvi quyidagi xususiyatlarga ega:

  • tashkilotchilik faoliyatining mavjudligi;

  • davlat-hokimiyat xususiyatiga ega ekanligi;

  • boshqaruv faoliyatini amalga oshirish jarayonida davlatning
    ijtimoiy-madanly, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faoliyat sohalaridagi
    funksiyalarni bajarilishi;

- vakolat boshqaruv subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shunday qilib, davlat boshqaruvi ijtimoiy hayotning eng muhim
tarmoqlarini qamrab oladi, bu jarayonda xo'jalik tashkilotchilik, madaniy, ma'rifiy ishlar amalga oshiriladi, ma'muriy-siyosiy masalalar hal qilinadi.
Ma'muriy huquq predmeti — ijroiya hokimiyat faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar yig'in-disidir.
Mamlakatimizning tashkiliy qurilish vazifalarini hal qilishda ma'muriy huquqning ahamiyati katta.
Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma'muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. Ya'ni, aynan ma'muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o'zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi.
Ma'muriy huquq normalari shu bilan birga boshqariluvchi obyektlarning faoliyatini, uning davlat boshqaruvi organlari bilan o'zaro aloqalarini tartibga solib turadi. Ushbu normalar rejalash-tirish tartibini, moddiy resurslarni taqsimlashni, ish haqini belgilash bilan bogiiq munosabatlarni ham tartibga soladi.
Ma'muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatini ham tartibga soladi. Misol uchun, yo'l harakati qoidalari, jamoat joyida yurish-turish qoidalari, ov qilish, savdo, sanitariya va yong'indan saqlash qoidalari va hk.
Shunday qilib, ma'muriy huquq normalari qanday qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishi, ma'muriy javobgarlik turlari va usulini, bunday huquqbuzarliklarni ko'rib chiqish tartibini o'rnatadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling