Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet20/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

Yuridik shaxslar. Fuqarolik huquqiga oid munosabatlarning ishtirokchilari qatoriga nafaqat alohida fuqarolar (jismoniy shaxslar), balki yuridik shaxslar, ya'ni tashkilot va muassasalar ham kiradi.
Yuridik shaxslar turlicha bo'ladi. Ular Fuqarolik kodeksining birinchi qismida sanab o'tilgan. Qonun yuridik shaxslarni quyidagacha ta'riflaydi: «O'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boia oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar boia oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi». Yuridik shaxslar mustaqil balans va smetaga ega bo'lishi kerak. Yuridik shaxslarning huquq, va muomala layoqati, ular ro'yxatga olingan (tashkil etilgan) vaqtdan boshlanadi hamda u tugatilgan vaqtda nihoyasiga yetadi. Aksincha, fuqaroning huquq, layoqati esa, u tug'ilgan vaqtdan boshlanadi va uning vafoti bilan tugatiladi, muomala layoqati esa, to'laligicha shaxs voyaga yetgandan boshlanadi hamda uning vafoti tufayli tugatiladi.
Yuridik shaxs shuningdek, jismoniy shaxs ham qonunda belgilangan muayyan turdagi faoliyat bilan faqat litsenziya asosida shug'ullanishi mumkin.
Yuridik shaxsning muomala layoqati uning o'z boshqaruv organlari (direktor, boshliq, rais, prezident, kengash, boshqaruv, umumiy majlis) orqali fuqarolik majburiyatlarini olishi bilan belgilanadi. Mazkur organlarning harakatlari yuridik shaxsning harakatlari sifatida tan olinadi, zero ular fuqarolik muomalasida to'laligicha yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydi.
Yuridik shaxs tarkibida alohida vakolatxona va filiallar tashkil etilishi mumkin, biroq, ular mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ularning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida faoliyat ko'rsatadi. Vakolatxona va filiallar ularni tashkil etgan yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida aks ettirilishi kerak.
Yuridik shaxsning manzili davlat ro'yxatiga olingan joy hisoblanadi. Davlat ro'yxati ko'rsatkichlari, shuningdek, firmaning nomi yagona davlat reyestriga kiritiladi.
Yuridik shaxsni davlat ro'yxatiga olish nafaqat unda huquq, va muomala layoqatining yuzaga kelishi, balki uning faoliyati ustidan moliyaviy (soliqqa oid) nazoratni ta'minlash uchun ham zarurdir.
Yuridik shaxsni tashkil etish bo'yicha qonunda belgilangan tartib buzilganda yoki uning ta'sis hujjatlari qonunga nomuvofiqligi sababli, yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazish rad etilishi mumkin. Yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga nomuvofiqligi sababli uni ro'yxatdan o'tkazmaslikka yo'l qo'yilmaydi.
Yuridik shaxs faoliyatini tugatish uni qayta tashkil etish (korxonalarni ajratish hamda ular asosida bir necha yuridik shaxsni tashkil etish, bir necha yuridik shaxsning qo'shilishi) yoxud uzil-kesil tugatish orqali amalga oshiriladi. Qonunda yuridik shaxslarni tugatishning alohida tartibi nazarda tutilgan. Yuridik shaxslarni o'zgartirish va tugatish ixtiyoriy yoki majburiy tarzda (sud qaroriga ko'ra) amalga oshiriladi.
FKda yuridik shaxslarning ikkita katta guruhi ajratiladi:

  • tijoratchi tashkilot — foyda olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tashkilotlar, masalan, xo'jalik shirkatlari va jamoalari, ishlab chiqarish kooperativlari, aksionerlik jamiyatlari, unitar korxonalar va boshqalar;

  • tijoratchi tashkilot bo'lmagan yuridik shaxslar — foyda olishni maqsad qilib olmagan tashkilotlar, masalan, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va mulkdor moliyaviy ta'minlab turadigan muassasa shaklidagi, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqa shakllardagi korxonalar va tashkilotlar.

Tijoratchi bo'lmagan tashkilot o'zining nizomida belgilangan maqsadlarga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin.
3-§. Mulk huquqi
Mulk huquqi ayrim shaxslar yoki jamoaga tegishli moddiy boyliklarni, shuningdek, mulkchilikka oid iqtisodiy munosabatlarni qo'riqlash va tartibga solishga qaratilgan huquqiy normalar yig'indisidir. Mulk huquqi mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf elish kabi subycktiv huquqlardan iborat.
Fuqarolik kodeksiga binoan, mulk huquqining subyektlari fuqarolar va yuridik shaxslar hisoblanadi (mazkur subyektlarning mulk huquqiga xususiy mulkchilikning iqtisodiy toifasi kiradi).
Mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni farqlash (ajratish) maqsadga muvofiqdir. Boshqa ashyoviy huquqlarga, masalan, mulkka nisbatan xo'jalik yuritish huquqi yoki mulkka nisbatan operativ boshqarish huquqi taalluqli.
Davlat va munitsipal mulkiga davlat va mahalliy organlarning mol-mulki (shahar, viloyal va hk.), korxona va tashkilotlarningmulki kiradi. Mazkur tashkilotlar ularga biriktirilgan mulkka ko'ra mulk huquqiga ega bo'lmaydi, aksincha, xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqiga ega boiib, ularning mazmuni muik huquqiga yaqindir.
Mulkdor qonunga rioya qilgan hamda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquq, va manfaatiarini buzmagan holda o'z xohishiga ko'ra o'z mulkini boshqarish. undan foydalanish va uni tasarruf ctish bilan bogiiq vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.
Barcha subyektlar mulkka bo'lgan huquqining mazmuni odatda bir xildir. Cheklashlar faqat qonun bilan belgilanadi. Chunonchi, qonunda faqat davlat mulki va munitsipal mulkka kiradigan mol-mulk turlari belgilanadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, mulkdor nafaqat huquqlarga. balki majburiyatlarga ham ega. Chunonchi, ular quyidagilardan iborat:

  • o'ziga tcgishli mol-mulkni saqlash (mol-mulkni saqlash
    majburiyati);

  • soliqlarni to'lash;

  • mol-mulkning bexosdan nobud bo'lishi yoki ziyon yetkazilishi
    bo'yicha butun mas"uliyatni bo'yniga olish (zararli oqibatlar).

Mulk huquqi buzilgan hollarda fuqarolik qonuni barcha subyektlar uchun bir xil himoyalanish choralarini nazarda tutadi. Himoyalanish choralari turli-tuman boiib, mulkdorning qaysi turdagi huquqiy vakolatlari (mol-mulkka ega bo'lish, undan foydalanish, uni tasarruf ctish huquqlari) buzilganligidan kclib chiqadi. Masalan, basharli buyum qonunga xilof ravishda kimgadir o'tib qolgan bo'lsa, u qonuniy larzda buyumni boshqa shaxsdan talab qilib olishi mumkin (vindikatsion da'vo); basharti nobud bo'lgan yoki ziyon yetkazilgan bo'lsa, aybdor shaxsga uning narxini yoki uni ta'mirlash xarajatlarini qoplash majburiyati yuklatiladi.


Mulkdor uning huquqlarini buzish bilan bog'liq har qanday kamchiliklarni, agar ular egalik huquqidan mahrum etish bilan bog'liq boimasa (negator da'vo). barlaraf etishni talab qilishi mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling