Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet16/67
Sana06.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1335389
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр

4-§. Ma 'muriy majburlov
Ma'muriy majburlov — ma'muriy hokimiyatni amalga oshi-rishdan iborat maxsus vakolatlar berilgan ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar)ning odamlarni huquqiy ko'rsatmalarni bajarishga majbur qilish, huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda esa — ularga ma'muriy jazo chorasini ko'rish bo'yicha tashkiliy, jismoniy va ruhiy ta'sir ko'rsatishini bildiradi.
Ma'muriy majburlov davlat majburlovining turlaridan biri bo'lib, asosan, davlat boshqaruvi sohasida huquqiy tartibni ta'minlash va muhofaza etishning oxirgi chorasi sifatida qo'l-laniladi, ya'ni jazolash funksiyasini bajaradi. Biroq uning vazifalari shular bilan cheklanmaydi. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish maqsadida ma'muriy majburlov choralari boshqacha vazifalarni ham bajaradi, ya'ni nafaqat (intizomiy va ma'muriy) huquqbuzarliklar uchun jazo sifatida, balki ularning oldini olish va ularni to'xtatib qolish uchun ham qo'llaniladi. Shunday qilib, ular jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta'minlaydi.
Ma'muriy majburlov — ijro etuvchi organ (mansabdor shaxs)ning qonunga asoslangan va undan kelib chiqadigan hamda jamoat tartibini saqlashga, jamoat xavfsizligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan faoliyatdir.
Ma'muriy majburlov choralari xilma-xildir. Ularni, maqsadiga ko'ra, to'rt guruhga bo'lish mumkin:

  • ma 'muriy oldini olish choralari;

  • ma 'muriy cheklash choralari;

  • ma 'muriy tiklash choralari;

  • ma 'muriy javobgarlik choralari.

Ma'muriy oldini olish choralari majburlov tusiga ega bo'lib, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar bo'lganda yuz berish ehtimoli bo'lgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida qo'llaniladi. Ko'pincha ulardan fuqarolar hayoti va sog'lig'iga nisbatan tug'ilishi mumkin bo'lgan xavfning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun foydalaniladi.
5-§. Ma 'muriy huquqbuzarlik va javobgarlik
Ma 'imtriy javohgar/ik choralari vakolatli organ yoki mansabdor shaxsning ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga ma'muriy ja/o qo'llashida ifodalanadi.
Ma 'muriv javobgarlik — javobgarlikning barcha belgilari xos bo'lgan yuridik javobgarlikning maxsus turi.
Ayni paylda qonunda javobgarlikning aynan shu turiga xos bo'lgan alomatlari belgilangan va ulardan ijro etuvchi hokimiyat organlari yetarlicha ko'p foydaianadilar.
Ma'muriy javobgarlik — ijro etuvchi va sud hokimiyatining maxsus vakoiatli organlari va mansabdor shaxslari aybdorga belgilaydigan ma'muriy jazolar tizimi.
Ma'muriy javobgarlikni qo'llash uchun asos vazifasini ma'muriy huquqbuzarlik bajaradi. Ma'muriy huquqbuzarlik deb jamoat. yoki davlat tartibiga. davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchun qonunda ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan g'ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakat yoki harakatsizlikka ayliladi. Ma'muriy huquqbuzarliklar, xuddi jinoyatlar kabi, jamiyat uchun xavflidir, ulardan faqat ushbu xavf darajasi bilangina farq qiladi.
Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan paytga kelib 16 yoshga to'lgan shaxslar ma'muriy javobgarlik subyektlari bo'lishi mumkin. Ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan 16yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar to'g'risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo'llaniladi.
Mansabdor shaxslar, ya'ni hokimiyat qarorlari chiqarishga vakolati bo'lgan rahbarlar ham xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganliklari uchun ma'muriy javobgarlikka tortiladilar. Bunda mansabdor shaxslar nafaqat o'zlarining, balki qo'l ostidagi ularga bo'ysunuvchi va tegishli qoidalarni buzgan xodimlarning ham harakatlari yoki harakatsizliklari uchun ma'muriy javobgarlikka lortiladilar.
Mansabdor shaxslarning ma'inuriy javobgarliklari ularga nisbatan ular xizmat bo'yicha bevosita bo'ysunmaydigan organlarning mamuriy-huquqiy chora qo'llashini anglatadi. Masalan. yong'in nazorati organlari yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganligi uchun korxona rahbariga ma'muriy jarima soladi.
Ushbu masalaning amaliy ahamiyati shundaki, huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik ular o'z tabiatiga ko'ra amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy javobgarlikka olib kelmagan taqdirda qo'llaniladi.
Ma'muriy javobgarlikning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • ma'muriy javobgarlikni qonun ham, ma'muriy huquqbuzrliklar to'g'risidagi normalar ham belgilaydi. Undan farqli ravishda, jinoiy javobgarlik faqat qonunlar bilan belgilanadi;

  • ma'muriy javobgarlik uchun — ma'muriy huquqbuzarliklar,jinoiy javobgarliklar uchun esa —jinoyat sodir etilishi asos bo'lib xizmat qiladi;

  • ma'muriy javobgarlikka 16 yoshga to'lgan aqli raso shaxs tortilishi mumkin, jinoiy javobgarlikka esa 14-16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 13 yoshdan ham jazoga totish mumkin. Ma'muriy javobgarlik subyektlari fuqarolar, mansabdor shaxslar, voyaga yetmaganlar va boshqalar bo'lishi mumkin;

  • ma'muriy huquqbuzarlik uchun ma'muriy jazo, jinoyat uchun esa jinoiy jazo qo'llaniladi;

  • ma'muriy jazoni ijro etuvchi hokimiyatning keng doiradagi vakolatli organlari va mansabdor shaxslari, fuqarolarning o'zini- o'zi boshqarish organlari hamda sudlar (sudyalar) qo'llaydilar;

  • ma'muriy jazoni organlar va mansabdor shaxslar o'zlariga bo'ysunmaydigan huquqbuzarlarga nisbatan qo'llaydilar;

  • ma'muriy jazoni qo'llash sudlanganlikni va ishdan bo'sha- tishni keltirib chiqarmaydi. Ushbu jazo qo'llanilgan shaxs belgilangan muddat davomida ma'muriy jazoga tortilgan deb hisoblanadi;

  • ma'muriy javobgarlik choralari ma'muriy huquqbuzarlikka doir ishlami yuritishni tartibga soluvchi qonunlarga muvofiq qo'llaniladi.
    Jinoyat ishlari jinoyat-protsessual qonunlarga muvofiq ko'rib chiqiladi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling