Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 1.17 Mb.
|
integrasiya2020 ad03ba8ea4bf8544e616340ae4553036
Maktab jug’rofiya maydonchasidagi dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko’p qismini maktab oldi uchastkasida jihozlangan jug’rofiya maydonchisida o’tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntirishi va o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan murakkab mavzular o’rganiladi. Jug’rofiya maydonchasida ishni tashkil etish maktab oldi uchastkasidagidek bo’ladi. Jug’rofiya maydonchasidagi darsga «Tabiatda suv» mavzusidagi dars misol bo’lishi mumkin. Buning uchun uchastkaga suv (vodoprovot krani) keltirilishi va tegishli suv oqimini hosil qilishi kerak. Agar suv oqimi yo’liga har xil tusiqlar qo’yilsa, qirg’oqlarning yuvilish, orollarning hosil bo’lish, daryoning oqimi, irmog’i va qo’yilishi manzarasini vujudga keltirish mumkin. Jug’rofiya maydonchasida o’quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko’ringanligi uchun yotiq va tik yon bag’irliklarini qarab chiqadilar, keyin o’zlari qumda tepalik modelini tayyorlaydilar. Shuningdek soyni uning yaxshi ko’rinadigan qismlari- boshlanishi, oqimi, qo’yilishi, o’ng va chap qirg’oqlari bilan modellashtirish mumkin. Bunda uning quyoshning ufq ustidagi balandligini aniqlash uchun kun yarmidagi soyaning uzunligini o’lchashga, ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o’rganadilar, tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Jug’rofiya maydonchasidagi uchinchi-to’rtincha 4-sinf o’quvchilari bilan «Mahalliy aniqlash», «Quruqlik yuzasining shakllari»; «Tog’lar» va shu kabi mavzularda darslar bolalarni qiziqtiradi va katta foyda keltiradi. Chunki ular amaliy faoliyat bilan bog’liqdir.
Izog’li o’qish darslari.Bu tipdagi darslar tabiat va odamning ho’jalik faoliyatini o’rganish bo’yicha o’quv jarayonini tashkil qilishda katta o’rinni egallaydi. Bu darslik maqolalarini ilmiy-ommabop yoki badiiy adabiyotni sharxlab o’qishdan iboratdir. Tabiatshunoslik mazmunidagi izohli o’qish, shuningdek o’qish darslarida ham o’tkaziladi. Izohli o’qish oldidan o’quvchilarni matnni tushunib olishlariga yordam beruvchi ekskursiyalar, dastlabki kuzatishlar o’tkazilishi kerak. O’qish kurgazmali quolllar bilan namoyish qilish bilan birga boradi. Izohli o’qish o’qituvchidan jiddiy metodik tayyorgarlikni, maqoladi ta’riflangan hodisa yoki obyektni yaxshiroq tushunib olishga imkon yeradigan usulni sinchiklab o’ylab chiqishni talab qiladi. Izohli o’qish darslarini o’tish metodikasi; 1) maqola matnni tushunishga tayyorlashni; 2) uni o’qishni; 3) matnni muhokama qilishni; 4) lug’aviy ishlarni; 5) tabiiy obyekt yoki ko’rgazmali qurollarni namoyish qilishni; 6) abzaslar bo’yicha o’qishni; 7) har bir abzasga muvofiq keladigan qurollarni namoyish qilishni o’qituvchining o’qilgan abzasni qayta gapirib berishini; 8) o’quvchilarning gapirib berishi uchun reja tuzishni; 9) maqolani gapirib berishni nazarda tutadi. Tabiatshunoslik mazmunidagi maqolalarni izohlab o’qish metodikasining boshqa varianti o’rganiladigan tasavvur va tushunchalar doirasiga olib kiruvchi tayyorgarlik suhbatini (tabiiy obyektlar kuzatiladi, tajribalar qo’yiladi, yangi material bilan ilgari o’rganilganlarning aloqasi o’rnatiladi); butun maqolani eshitarli qilib o’qishni; o’qilgan maqola mazmuni bo’yicha qisqachi suhbatni mantiqan tugallangan qism yoki parchalarni o’qib, har bir mazmunini o’quvchilarning o’qituvchi savoliga bergan javoblari bilan, tabiatshunoslik atamalarini doskaga yozilishi va orfogrammasini ajratish bilan muhokama qilinishini; har bir mazmunini o’quvchilarning o’qituvchi savoliga bergan javoblari bilan, tabiatshunoslik atamalarini doskaga yozilishi va orfogrammasini bilan muhokama qilinishi; har bir qismni kelishgan holda aytib berishning; umumlashtir va ayrim qismlar o’rtasida oloqa o’rnatishning; dastlabki suhbat asosida barcha maqola asosiy materialini ravon bayon qilishni; takroran o’qishni; uyga vazifa berishni; olingan bilimlar asosida amaliy faoliyatini nazarda tutadi. Agar o’rganilayotgan mavzu keng material bo’lsa, uning barcha ko’pxilligidan mohirona foydalanmoq zarur. Maqolaning mazmuniga qarab tabiat jismlari va suratlarini namoyish qilish vaqti tanlanadi. Maqolani o’qish oldidan o’qituvchining kirish suhbati uning mazmuniga chambarchas bog’liq bo’lishi kerak. Ba’zan kirish suhbati jarayonida o’rganilgan materialni takrorlash va uni yangi material bilan bog’lash zarur bo’ladi. Kirish suhbatida o’qituvchi qisqacha kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun tushunarli shaklda atama va qiyin so’zlarni tushuntiradi. Izohli o’qish darslarining quyidagi tiplari mavjud: ekskursiyadan keyin o’qish; tabiiy obyektlarni kuzatgandan keyin o’qish; predmetli darsdan keyin o’qish; tajribalarni namoyish qilishdan keyin o’qish; tegishli suhbat va o’qituvchining hikoyasi bilan birga ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish asosida o’qish; Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling