Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 1.17 Mb.
bet49/66
Sana09.01.2022
Hajmi1.17 Mb.
#264738
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
Bog'liq
integrasiya2020 ad03ba8ea4bf8544e616340ae4553036

Darsning borishi.


1. Tashkiliy qism: O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
Intizomni to’g’rilash va ishlash kayfiyatini vujudga keltirish.

2. Uy vazifasini tekshirish. Yangi materialni qabul qilishga tayyorlash.

3. O’tgan mavzuni takrorlash:



- Bugun biz yana bizning do’stimiz svetofor bilan uchrashamiz.
Uning signallari bo’yicha ko’chadan o’tishni eslab qolganingizni
tekshirib ko’ramiz.

- Kimni piyoda deb ataymiz?

- Piyoda qanday ko’cha harakati qoidalarini bilish kerak?

- Piyoda yo’lning qaysi qismidan yurishi kerak?
- Yo’lni qayeridan kesib o’tish mumkin?

- Bolalar, endi she’rni eshitib ko’ring va uning mazmunini aytib bering.

Ko’chaning qayeridan o’tishni,



Qoidani eslab bil,

Avval e’tibor bilan qaragin chapga

Keyin esa o’ngga qaragin.

- Qanday qilib chap yoki o’ngni ajratamiz?



4. Svetafor maketi bilan ishlash

- Svetoforning nechta tomoni bor?

- Har tomonida nima ifodalangan?

- Nechta rang bor va qanday?



  1. Kitob bilan ishlash.

  2. Svetofor o’rnatilgan chorraxaga bolalarni olib chiqish.

Qaranglar, hozir svetoforning piyodalar uchun mo’ljallangan tomonida esa-kizil chiroq. Piyodalar yo’ldan o’tishdi, mashinalar-to’xtashdi. Endi ham sarik chiroq yondi. U yaqinda signal o’zgarishi haqida ogoxlantiryapti. Endi esa, aksincha, mashinalar uchun yashil chiroq yondi. Endi piyodalar to’xtashdi. Svetofor aniq ishlaydi. Bir chiroq boshqasi bilan almashinib turadi. Yo’lda hamma unga bo’ysinadi, shuning uchun tartib bo’ladi.
Bolalar, endi she’r eshitinglar:

Xavfli yo’lni o’tishda

Senga yordam berish uchun

Kechayu kunduz yonamiz

Yashil, sariq, qizil.


Bizning uyimiz svetofor,

Biz uch aka-ukamiz

Ko’pdan beri yonamiz

Yo’lda hamma bolalarga

Eng kattamiz - qizil rang

Agar u yonsa

To’xta! Yo’l yo’q.

Yo’l bekildi.


Yo’ldan tinch o’tish uchun

Bizga qulok sol.

To’xta! Sarik chiroqni ko’rasan

U o’rtada yonadi,

Undan keyin yashil yonadi

To’siq yo’q bemalol o’taver.



7. Regulirovkachi bilan tanishish.

Ba’zida harakatni milisioner - DAN hodimi boshqaradi. U regulirovkachi deyiladi. U jezl tayokchasi yordamida harakatni tartibga solib turadi. Qorong’uda tayokcha yonib turadi: shunda kechqurun ham regulirovkachining harakatlari haydovchilarga ham, piyodalarga ham yaxshi ko’rinib turadi.

Regulirovkachi harakatni boshqarayotganda yo’ldan utish qoidalari: Agar regulirovkachi senga yoni bilan turib, tayoqchali qo’lini oldinga ko’tarib tursa, demak u mashinalar uchun chapga va o’ngga yul ochdi, u qo’lini tushirmaguncha yo’ldan o’tish mumkin emas.

8. Didaktik uyin.



Bolalarning qo’llarida qizil, sariq, yashil rangli
doirali svetofor. O’qituvchi she’r o’kiydi, bolalar esa svetoforning
kerakli rangini ko’rsatishadi.
Svetoforning chiroqlari bor,

Ularga bo’ysining har doim

Ko’chada harakat avjida

Mashinalar yugurar, shoshar tramvaylar

To’g’ri javobni ayting,

Qanday chiroq yonyapti? (qizil)

Mahsus chiroq - ogohlantirish

Harakat uchun signalni kuting

Qanday chiroq yonyapti? (sarik)

Olg’a yur! Tartibni bilasan

Ko’chada jabrlanmaysan

To’g’ri javobni ayting,



Qanday chirok yonyapti? (yashil)

9. Mustahkamlash. O’quvchilar svetofor maketi va doskadagi didaktik
rasmlar bilan mashq qiladidar. O’qituvchi yana bir marta bolalarga
ko’chadan o’tganda ehtiyot bo’lishlari kerakligi, ko’chadan noto’g’ri o’tish
yomon oqibatlarga olib kelishini eslatib o’tadi.

10. Ijodiy ish. Bolalar, mana bu parchani eshitinglar.

«Bolalar aylanishga chiqishdi. Burchakka yetishdi, u yerda svetofor bor edi. Svetoforda qizil chiroq yonishni kutib turishibdi. Mashinalar esa ketma-ket o’tib ketyapti, ularning ohiri ko’rinmaydi. Ko’chaning o’rtasida milisioner turibdi. Bolalarga qarab qo’ydida, tayoqchasini ko’tardi. Mashinalar to’xtashdi. Qizil chiroq o’chdi, sariq, keyin esa yashil chiroq yondi. Ko’chadan o’tsa bo’ladi.

Bolalar ko’chadan o’tib, hiyobonda o’ynay boshlashdi. Sobir tayoqcha oldi va «Men milisionerman», dedi. Mashinalar, bolalar guvillab ko’chadan yurib ketiщdi. Chorrahada esa Sobir milisioner turibdi. Haydovchilar unga buysunishadi. Tayoqchani ko’tarsa-mashinalar to’xtaydi, tayoqchani silkitsa - mashinalar yuradi. Hyech kim bir-biriga qarab yurib ketmaydi, hyech kim bir-biriga halaqit bermaydi. Chunki milisioner harakatni kuzatib turibdi.

Endi har biringiz shu hikoyadan eslab qolganlaringizni rasmini chizing.

  1. Chizganlarini tahlil qilish.

  2. Darsga hulosa qilish.

Shunday qilib, yo’lni kesib o’tayotganda, juda ehtiyot bo’lish kerak! Svetoforga qarab, yashil chiroqni kutish kerak, avval chapga, keyin o’ngga qarab, keyin yo’ldan o’tish kerak.

- Qani aytingchi, yo’lning mashinalar yuradigan bo’lagida nima qilish mumkin emas?

  1. Baholash va baholarni izohlash.

  2. Uyga vazifa. Vazifani kuzatish kundaligi bo’yicha bajarish.

Boshlang’ich sinflarda integrasiyalangan ta’limni amalga oshirish metodikasi (uslubi)

Integrasiya, integrasiyalash jarayonlari zamonaviy maktabga kirib kelib, faqat uning mazmunini emas, balki kichik makgab o’quvchilarini ekologik ta’limining tashkiliy shakl va uslublariga ham faol kirib boryapti.

O’qituvchi bilim olish jarayonini shunday tashkil etishi kerakki, unda o’quvchilar ko’prok mustaqil izlanishlari, o’z xarakat va faoliyatlarining oqibatlarini oldindan bilishga o’rganishlari, baxs-munozaralarda ishtirok etishlari, tabiiy va ijtimoiy muhitni obodonlashtirishning amaliy ko’nikmalarini egallashlari kerak. Shuning uchun o’qish vaqtining yarmini o’quvchilar tabiat va ijtimoiy muhitda o’tkazishlari, amaliy ijodiy va tekshirish ishlari olib borishlari kerak. Bu vazifani ta’limning turli shakllari bajarish mumkin: kuzatishlar, tajriba va sinovlar o’tkazish, san’at asarlarini qayta tiklash, modellashtirish, ijtimoiy muhitdagi uz xarakat va faoliyatlarini natijasini ko’ra bilish, kitob bilan ishlash.

O’qituvchi dars samaradorligini oshiruvchi, matematika, rus tili, o’qish, tabiatshunoslik fanlarini o’qitishning turli-tuman usul va shakllariga ega. Har bir dars o’quvchiga ilmiy bilim, tasavvur va tushunchalarning ma’lum bir yig’indisini berishi, hamda tarbiyalash va rivojlantirishi kerak. Dasturdagi materialni ular dars davomida o’zlashtirishlari kerak. Bu o’quvchilarning o’quv mashg’ulotlari bilan ortiqcha yuklanmasligining muhim shartidir, chunki yaxshi o’zlashtirilgan dars uy vazifasini bajarish uchun ketadigan vaqtni ancha qiskartiradi. Bu xolatdagi asosiy prinsip: kichik maktab o’quvchilarining eng muhim vazifasi - o’qish, mustahkam bilim olish, darsdagi vazifa esa o’qituvchi boshchiligidagi mehnat. Bundan tashqari dars tashkil qilishda, uni o’tkazish metodlarini tanlashda bir xil qolipdan foydalanish.

Darsga tayerlanar ekan, o’qituvchi birinchi navbatda uning maqsadini anglaydi va shu asosida darsning mazmuni tanlanadi, asosiy savollar belgilanadi. Bunda o’qituvchi faqat darslik matnini gapirib berish bilan cheklanmasligi kerak. O’quvchilarni qo’shimcha material bilan ko’mib tashlamagan holda, ularga kitobda yo’q misollarni ham berib borishi kerak: turli she’rlar, badiiy asarlardan parchalar, maqollar, topishmoqlar va boshqa materiallar o’quvchilarda jonli qiziqish uyg’otadi va ta’sirlantiradi.

Har bir dars mazmuni belgilanayotganda predmet ichidagi va predmetlararo aloqalar hisobga olinadi. Darsning mazmunini belgilangach o’qituvchi qanday tasavvur va tushunchalar unda o’z rivojini topishini, o’quvchi qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishini aniqlaydi. Darsning maqsadi va mazmuniga mos ravishda o’qituvchi ta’lim metodlarini tanlaydi. Darsda o’qituvchi va o’quvchining faoliyatlari bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lganligi sababli, bu faoliyatlarning aniq bosqichlarini belgilab olish kerak. Butun dars davomida sinfning faol ishlashi uchun, usul va vositalarning to’g’ri almashinuvini aniqlab olish kerak.

1-sinf integrasiyalangan o’qish darsining yoyiq konspekt rejasi (O’qish, yozuv, tabiatshunoslik, matematika)

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling