Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 1.17 Mb.
|
integrasiya2020 ad03ba8ea4bf8544e616340ae4553036
Tajribani namoyish qilishdan keyingi o’qish. Birinchi sinfdan boshlab darslarda o’quvchilar kuzatayotgan hodisalarni, masalan, qorning erishini, suvning qattiq holatdan suyuqlikka aylanishini, suvning bug’lanishini, yer qatlamining suv o’tkazmasligini, suv o’tkazuvchanligini va hakozolarni harkaterlovchi tajribalarni o’tkazadi. Tajribalar fahmlab olingandan keyin o’quvchilar darslikning tegishli maqolasini o’qiydilar va zarur xulosalar chiqaradilar. 3-sinfda, masalan, shu maqsadda «Tuproq», «Ne’ft» va boshqa maqolalardan foydalaniladi.
Ko’rgazmali qurollarni namoyish qilishdan keyin o’qish. Bunday darslar xilma-xil mazmunga ega bo’ladi, ammo ularning hammasi quyidagi bosqichlarni nazarda tutadi: 1) kirish suhbati; 2) o’quvchilarni matnni tushunib olishga olib keluvchi ko’rgazmali qurollarni tahlil qilish; 3) har xil qurollardan foydalanish bilan o’qituvchining hikoyasi; 4) maqolani o’qish va lug’at bilan ishlash; 5) ko’rgazmali qurollar bilan o’qilganlaning mazmuni bo’yicha suhbat; 6) mustahkamlash va maqola mazmunini yaxshiroq o’qish; 7) mavzu bo’yicha umumlashtirish; 8) daftardagi ishlar (qisqa xulosalarni yozish); 9) uyga vazifa. Kino va teledarslar. Keyingi yillarda kino va teledarslar maktab ishlari amaliyotiga ko’proq kirib bormoqda. Tabiatshunoslik bo’yicha uchinchi, to’rtinchi sinflar uchun telekursatuvlar tematikasi dastur mazmuniga va materialni o’rganishning kalendar muddatlariga muvofiq keladi, shuning uchun to’liq foydalanish mumkin. Teladarslar-o’qituvchi uchun yaxshi maddatdir, chunki ular aytib berilishida qiyin o’zlashtiriladigan keng materialni ko’rgazmali va harakatchan (denamik) shaklda yetkazadi. Tabiatshunoslik bo’yicha har qaysi telekursatuv ilgari darslarda o’rganilgan umumlashtirilgan materialni taqdim qiladi. Shunga telekursatuvgacha material bir necha darslarda o’rganiladi, telekursatuvlar yordamida esa umumlashtiriladi. Chunki har bir telekursatuv 20 minut davom etadi, darsda o’qituvchi ehtiyorida 25 minut qoladi, undan darsni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. Eshittirish boshlanishi oldidan o’qituvchi firantal suhbat o’tkazadi, bu vaqtda o’quvchilar o’rganilgan materialning asosiy masalalarini tegishli ko’rgazmali qurollardan foydalanish bilan takrorlaydilar. Keyin o’qituvchi telekursatuvning mavzusi va maqsadini bildiradi. Telekursatuvni maqsadga yunalgan va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi o’quvchilarga oldindan topshiriq beradi, uning natijasi eshittirishdan keyin tekshiriladi. Topshiriq doskaga va tabiatshunoslik daftariga yoziladi. O’quvchilar quyidagi savollarga e’tibor berishlari kerak: Eshittirish vaqtida ular qaysi jism va hodisalar bilan tanishadilar? Eshittirishda qanday yangi xodisalarni ko’radilar? Ular tanish hodisalardan nima bilan farqlanadilar? Eshittirishda nima qiziqarliroq bo’ladi? O’rganilgan materialdan qanaqa xulosa chiqarish kerak? Telekursatuvlarni olib boruvchi namoyish qilinayotgan kadrlar bo’yicha zarur tushuntirishlar beradi, ularning mazmuni haqida xikoya qiladi, topshiriq taklif qiladi. Shunga ko’ra o’qituvchi eittirishga aralashmasligi kerak. Eittirishning bir momentiga o’quvchilar e’tiborini qaratish talab qilinganda har zamonda qisqa sharhlab borish yetarli bo’ladi. Zaruriyatga qarab, o’qituvchi doskaga yangi atamalarni va narsa hamda hodisalarning notanish nomlarini yozib boradi. Eshittirishdan keyin suhbat o’tkaziladi, bu vaqt o’quvchilarning ko’rganlarini qanchalik o’zlashtirganliklari aniqlanadi va bolalarda to’g’ilgan savollarga javoblar beriladi. O’qitish jarayonida telekursatuvlardan tashqari o’quv kinofilmlari, kinofragmentlar, diapozitivlardan foydalaniladi. Ularni namoyish qilish 5-10 minut davom etadi, bu ularni kombinnirlashgan darslar tarkibiga kiritishga imkon beradi. Ayrim hollarda butun kinofilm namoyish qilish mumkin. O’zbekiston maktablari uchun «O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi» nomli kinofilm yaratilgan. U to’rt qismdan iborta, ularning har biri izchillik bilan cho’l, to’qay, tog’ etaklari va shu kabilarni ko’rsatadi. Filmning har bir qismini tegishli darslarda, butun filmni o’tilgan mavzularni takrorlashda va umumlashtirishda ko’rsatish mumkin. Film namoyish qilish 30 minutni band qiladi. Shunga ko’ra o’qituvchida tushuntirish va dars mavzusi bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlarni bajartirish uchun vaqt qoladi. Kinofilm o’quvchilarni darsda ularni tanishtirilishi muljallangan muammolar doirasiga kiritish uchun tegishli mavzuni o’rganish oldindan ham namoyish qilinishi mumkin, O’zbek tilida o’qitiladigan maktablarda o’qituvchi namoyish qilish davomida kadrlarni o’quvchilarning ona tilida o’zi sharhlab berishi (ovozini o’chirib) uchun oldindan kinofilm mazmuni bilan tanishishi kerak. Tabiatshunoslik darslarida o’quv kinofilmlaridan muhim o’quv axborotlar manbai sifatida muntazam foydalanish kerak. Kinofilmlardan sistemasiz kamdan-kam ularni namoyish qilinishiga o’quvchilar ovunchoq sifatida qaraydilar. Oson chalg’itiladi va har bir o’quv filmidagi barcha bilimlar yig’indisini o’zlashtira olmaydilar. O’quv filmi darsning qaysi qismini egallasasin, uning oldidan o’qituvchining tushuntirishi bo’lishi kerak. Bunda namoyishning maqsadini bildirish, ko’rish jarayonida yoki undan keyin bajariladigan topshiriq berish zarur, savollar oldindan tayyorlangan va doskada yozilgan bo’lishi lozim. Ko’rishdan keyin film va o’qituvchining hikoyasi asosida bilimlarni mustahkamlash va materialni umumlashtirish o’tkaziladi. Takrorlovchi-umumlashtiruvchi dars-odatda mavzu o’rganilgandan keyin o’tkaziladi. Uning didaktik maqsadi-ilgari o’tilgan qator darslar mazmunini bir-biriga bog’lash, ulardagi eng muhim masalalarni aniqlash va umuman butun mavzu bo’yicha umumlashgan xulosalar chiqarishdir. Takrorlovchi-umumlashtiruvchi darslar mazmuniga yangilik elementlari: yangi misollar, ilgarigi darslarda foydalanilmagan qurollar, diafilmlar, diapozitivlar kiritilishi lozim. O’qituvchi takrorlovchi-umumlashtiruvchi darsga po’xta tayyorlanishi (o’rganilgan mavzu bo’yicha savollar ruyxatini tuzish, umumlashtiruvchi jadval o’ylab chiqash, individual kortochkalar tayyorlash) kerak. Bilimlarni o’zlashtirilganligini chuqurroq tekshirish uchun dasturlashtirilgan kartochkalardan shuningdek ilgari bitirgan o’quvchilar tayyorlagan albomdan foydalanish mumkin. O’quvchilar bilimini tekshirishda umumlashtiruvchi jadvallar alohida ahamiyatga ega, chunki ularda o’yin elementlari bor. Misol sifatida «To’rtinchisi ortiqcha» jadvalni keltirish mumkin. Bu jadvalning har bir qatorida to’rtta umumiy bo’lgan hayvonlardan uchtasi ular uchun umumiy bo’lgan belgi bo’yicha alohida guruhga birlashtirilishi mumkin. «To’rtinchisi ortiqcha» jadvali.
Jadvalga har xil qushlar oyoq va boshlarining rasmlari ilova qilinadi. Bolalar ularning oyoqlari nima bilan farq qilishini, suvda suzuvchi yirtqich qushlar hayotida qanday rol o’ynashini, shuningdek tumshuqlari ovqatlanishida qanday yordam berishligini tushuntirishlari kerak. Takrorlovchi-umumlashtiruvchi darslarning strukturasi quyidagicha bo’lishi mumkin: 1) o’qituvchining kirish so’zi, bunda o’rganilgan mavzuning ahamiyatini tushuntiradi, dars maqsadi va rejasini bildiradi; 2) o’quvchilarning individual, frontal yoki jamoat bo’lib og’zaki yoki yozma umumlashtirilgan tipdagi topshiriqlarni bajarishlari; 3) ishning bajarilishini tekshirish va yetishmovchiliklarni to’ldirish; 4) diafilmlar namoyish qilish; 5) yakun chiqarish. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling