Malakaviy amaliyot natijalarini yakunlash va hisobotni taqdim etish hamda uni himoya qilish
Malakaviy amaliyot bo‘yicha yozilgan hisobot talaba tomonidan imzolanishi, amaliyot tugaganidan keyin 3 kundan kechiktirmasdan kafedraga topshirilishi lozim. Hisobot bilan birga dastur, kundalik va tavsifnoma ham qo‘shib topshiriladi.
Malakaviy amaliyot bo‘yicha yozilgan hisobot topshirilgandan so‘ng kafedra mudiri tomonidan belgilangan rahbar ushbu hisobotni tekshirib, ijobiy baholangan taqrizini bergandan keyin, agarda, unda kamchiliklar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu kamchiliklar bartaraf etilishi shart. Malakaviy amaliyot bo‘yicha yozilgan hisobotni tekshirish va himoya qilish universitet tomonidan belgilangan muddatda kafedrada tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 26sentyabrda 3069-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi.Malakaviy amaliyot bo‘yicha talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Malakaviy amaliyotni tashkil etishni moddiy ta’minoti
Malakaviy amaliyotni o‘tash jarayoni har bir talaba uchun majburiy hisoblanib, tasdiqlangan o‘quv reja asosida belgilangan. Malakaviy amaliyot (amaliyot bazasi) talaba tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi. Agarda talaba tomonidan malakaviy amaliyot bazasi taqdim etilmasa universitet imzolagan shartnoma asosida amaliyotga jo‘natiladi. Amaliyot o‘tash uchun shartnoma tuzilgan korxona (tashkilot)lar bilan malakaviy amaliyotning moddiy ta’minoti masalalari kafedra (universitet) o‘rtasida hal etiladi.
Talabalarning malakaviy amaliyotini o‘tashi uchun zarur bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar (malakaviy amaliyot yo‘llanmasi, amaliyot dasturi va kundaligi) bilan kafedra (universitet) tomonidan to‘liq ta’minlanadi.
№
|
Fanlar
|
Davomiyligi hafta
|
Bir kunlik soat
|
Jami soat
|
1.
|
Dehqonchilik
|
2
|
6
|
72
|
Jami:
|
2
|
6
|
72
|
9
Do'stlaringiz bilan baham: |