Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Download 1.01 Mb.
bet111/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Fiskal strategiyani ishlab chiqish uchun:
-Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan — har yili 15 aprelga qadar oʻrta
muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining dastlabki bahosi;
-birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan
— har yili 1 mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida oʻrta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlar roʻyxati hisobga olingan holda zarur boʻlgan mablagʻlar, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar toʻgʻrisidagi dastlabki takliflar;
-davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomoni- dan — har yili 1 mayga qadar navbatdagi oʻrta muddatli davr uchun davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlar prognozlari va xarajat- larning dastlabki miqdorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat dasturlari asosida kelgusi oʻrta muddatli davrda amalga oshiriladigan, shuningdek tugash muddati kelgan tadbirlarning bajarilishini zarur boʻlgan mablagʻlar bilan ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari boʻyicha takliflar;
-Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — har yili 1 mayga qadar daromadlar prognozlari, xarajatlarning (joriy xarajatlar hamda obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar) dastlabki miqdorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning dastlabki miqdorlari;
-Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, shuningdek idoralar tomonidan — har yili 15 mayga qadar amaldagi soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda oʻrta muddatli davr uchun Davlat budjetiga soliq va bojxona tushumlarining prognozlari boʻyicha hisob- kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
-Kodeksning 901-moddasiga asosan Fiskal strategiyani quyidagicha tasdiqlaydi.
-Kelgusi yil uchun yangilangan Fiskal strategiya:
-Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1 iyuniga qadar kiritiladi;
-Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 15 iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;
Kodeksning 902-moddasiga asosan Davlat budjetini shakllantirish- da budjetdan ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini yetkazish tartibi ishlab chiqiladi.
Bunda Fiskal strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yili uchun:
-birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirila- digan budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlarini oluvchilarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻ- larining cheklangan miqdorlarini, shuningdek obyektlarni loyiha- lashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
-Kodeksning 92-moddasiga asosan Budjet soʻrovlarini taqdim etish muddatlari oʻrnatilgan;
-Kelgusi yil uchun budjet soʻrovlari joriy yilning 1 avgustiga qadar: Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan,
viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tegishli moliya organlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlarini Oʻzbekiston Respub- likasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 15 avgustiga qadar kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻar-
malari daromadlarining prognozi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Res- publikasi Moliya vazirligiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 20 avgustigacha taqdim etadi. Kodeksning 93-moddasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini
tayyorlashning aniq muddatlarini belgilaydi.Bunda:
-Kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari:
-tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyat- lar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25 iyulidan kechiktirmay;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, davlat maq- sadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joriy yilning 1 avgustidan kechik- tirmay taqdim etiladi.
Kodeksning 94-moddasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ishlab chiqiladi.Bunda:
-Tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan:
-daromadlar boʻyicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning boʻlimlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar boʻlinmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
-Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
-xarajatlar boʻyicha — tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi- larning budjet soʻrovlari asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari Qoraqalpogʻiston Respub- likasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan:
-daromadlar boʻyicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, vilo- yatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining boʻlinmalari tomonidan ma’muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
-Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
-xarajatlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlar- ning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kodeksning 95-moddasiga asosan Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqish tartibi quyidagicha qilib belgilaydi.Bunda:
-Davlat budjetining loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan:
-makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi;
-daromadlarning tashkil topish manbalari boʻyicha Davlat budjeti daromadlari prognozi;
-birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari va Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;
Davlat budjetining loyihasi:
-ushbu Kodeksning 50 va 69-moddalariga muvofiq Davlat budjeti- ning daromadlar manbalari boʻyicha daromadlari va yoʻnalishlar boʻyicha xarajatlari prognozidan;
-Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash manbalaridan tarkib topadi.
-Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomoni- dan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari tushumlar manbalari boʻyicha daromadlar va yoʻnalishlar boʻyicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi.



      1. Download 1.01 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling