Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Foiz stavkalar va daromadlarni hisoblash


Download 1.01 Mb.
bet34/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Foiz stavkalar va daromadlarni hisoblash


Bozor iqtisodiyotining oʻziga xos asosiy xususiyati shundan iboratki, bozor tamoyillariga toʻliq amal qilishdir.Bozor tamoyillaridan asosiysi bu bozor foiz stavkasi hisoblanadi.Bozor tamoyillari deyil- ganda talab va taklif asosida shakllantiruvchi omillardan biri qaysiki individumlarga yuqori likvidli barqaror daromad keltiruvchi foiz stavkalarga bevosita bogʻliq.


Shuning uchun, har bir moliya bozori ishtirokchilari albatta mazkur ya’ni talab va taklifdan kelib chiquvchi bozor foiz stavkalariga e’tiborni kuchaytiradilar. Bu esa oʻz navbatida oʻzlarini daromadlarini yanada koʻproq oshirishga olib boradi.
Foiz stavkasi bu jalb qilgan mablagʻlar boʻyicha kelishilgan toʻlov miqdori daromadlilikni stavkasidir. Amalda mablagʻlarni jalb qilish turlari qancha koʻp boʻlsa ularni foiz stavkasi turlari ham shuncha koʻp boʻladi. Misol;

  • zayomshik uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarz pul uchun mazkur zayom boʻyicha foiz stavkasi toʻlaydi, bu oʻz navbatida qoʻyilgan mablagʻ(naqd, mulk va boshqalar) boʻyicha foiz stavkasi deb yuritiladi;

  • bankning firmalardan ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti boʻyicha foiz stvkasi deyiladi .

Foizli pul yoki qisqaroq qilib, foizlar– moliyaviy hisob-kitoblarda pulni koʻrinishdagi barcha qarzlarning daromadlik summasiga tushi- niladi; jumladan, ssudalar, jamgʻarma hisobga pul qoʻyish, jamgʻarma sertifikati va obligatsiyani sotib olish, veksel hisob-kitobini amalga oshirish va boshqalar kiradi.
Moliyaviy va kredit shartnomalari tuzilayotganda kreditor va qarz oluvchilar oʻrtasida ssuda hajmiga nisbatan(ssuda foizi) qa’tiy oʻrna- tilgan davr uchun toʻlanadigan foiz stavkani hajmi kelishiladi. Davr (interval) – bu qaysiki foiz hisoblanadigan hisoblash davriga aytiladi. Foiz toʻlovlarni summasi ssuda hajmiga, uni umumiy qaytarish muddati va foiz stavkasi darajasiga bogʻliq boʻladi. Stavka foizlarning o‘nlik va natural koʻrinishda oʻlchanadi.
Foizlarni hisoblashda tartib boʻyicha diskret(diskret foizlari) usulida; hisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Ayrim hollarda mijozlarga mos kelishi uchun kunlik hisoblashlar qoʻl-
laniladi (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni analiz qilish uchun), ayrim hollarda esa foizni uzluksiz (-neprerыvnыe) hisoblash usuli qoʻllaniladi.
Foizlar kreditorlarga uni hisoblagan me’yorida toʻlanadi va qarz summasiga qoʻshilib boriladi. Foizni asosiy qarzga qoʻshilib ketishi hisobiga pul summasini ortib ketish yuzaga chiqadi, buni ortishi (narasheniem) yoki avvalgi summani ortishi deyiladi.
Foiz stavkani son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz summasini koʻpayish quroli koʻrinishda, balki kengroq ma’noda bevosita mablagʻlarni bir egasidan boshqasiga oqib o‘tish va ko‘payish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik darajasini o‘lchash uchun joriy etiladi.
Amaliyotda, koʻproq chet elda shartnoma va ma’lum faoliyat sharoitlariga bogʻliq holda foizlarni hisoblashning turli xil usullari mavjud.Bunda, sharoitlariga mos turli xil foiz stavkalari qoʻllaniladi. Ulardagi qaysiki foizlarni hisoblashdagi asosiy farqlar shuki, ularni hisoblash uchun toʻgʻri kelgan bazasini tanlash boʻyicha teng ahamiyatli boʻlgan xillari joriy etiladi. Shunda qilib, foizlar qarzni avvalgi mos-toʻgʻri kelgan summasiga yoki baza davr uchun hisoblangan foizlar summasiga ham hisoblanadi. Bu holda foiz stavkasi haqidagi ma’lumotni koʻrib chiqamiz. Boshqa usuli hisob stavkasi (hisoblash va ushlab qolish kredit berish jarayonni boshida bajariladi) dir.
Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlangʻich summasiga yoki avalgi davrlar uchun hisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha davlari(oddiy foiz stavka) uchun qoʻllaniladi. Shun- ga o‘xshash hisob stavkalari ham qoʻllaniladi. Mos holda, asosiy foiz stavka 4 turi bir-biridan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari.
Shartnoma shartlarida foizni fiksirlangan stavkalari kelishiladi. Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari suzib yuruvchi yoki oʻzgaruvchan stavkalari mavjud. Ayrim holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari (pul bozoridagi stavkani vaqtlar boʻyicha oʻzgarishidan, misol uchun London banki tomonidan oʻrnatilgan
«LIBOR»stavkasi)ga fiksirlangan qoʻshimcha daromad-marja qoʻshi- ladi. Shunday qilib, umuman stavka qaysiki, foiz hisoblanayotgan
stavka bazani oʻzgarishi hisobiga oʻzgarib turadi. Shartnomalardagi marjani hajmi vaqtlar boʻyicha oʻzgarishi orqali koʻrsatilishi mumkin.
Mavzuda keltirilgan formulani quyidagi belgilar qabul qilingan . i -ssudani barcha muddati uchun foizlar.
K -yilni kunlardan iborat davomiyligi( vaqtinchalik baza) R - ssudani avvalgi summasi.
S - ssudani qaytarishni oxirgi muddatidagi summa. i - foiz stavka.
d - oddi hisob stavka.
p - ssudani yillardan iborat davomiyligi. d - ssudani foydalangan kunlar soni.
Moliyaviy aktivlarni asosiy formalariga; qarzli majburiyatnoma, aksiya va hosilaviy qimmatli qogʻozlar kiradi. Qarzli majburiyat nomalarni muomalaga pul bilan shugʻullanuvchi davlat, korxona va boshqa xoʻjaliklar (uy-xoʻjaliklar) chiqaradi. Shunday qarzli majbu- riyatnomalar bozorida davlat va korporativ obligatsiyalari va boshqa tijoratli aktivalar; shuningdek, iste’mol zaymlarga oʻxshash aktivlar sotiladi. Qarzli majburiyatnomalar fiksirlangan daromadli instru- mentlar deyilib, kelgusida fiksirlangan summani toʻlashga va’da beradi yoki qa’tiy belgilangan foizli qimmatli qogʻozlar deyiladi.
Qarzli majburiyatnomalar uni qaytarish muddatiga qarab quyidagi shakllarga boʻlinadi:
-qisqa muddatli qarzli majburiyatnomalar bozori-(qaytarish muddati 1 yilgacha) pul bozori deyiladi
-uzoq muddatli qarzli majburiyatnomalar va aksiya bozori- (qaytarish muddati 1 yilgacha) kapital bozori deyiladi
Pul bozorida davlat yoki ishonchli boʻlgan xususiy sektor egasi tomonidan chiqarilgan foizli qimmatli qogʻozga oʻxshash afzallikka ega instrumentlar (kaznachee veksel, katta korxonalarni tijorat vek- seliga oʻxshash veksellar)muomalada yuradi. Zamonaviy pul bozori integrasiyani globallashuvi va likvidlilik bilan xarakterlanadi. Aktiv- larni likvidlilik darajasi uning pulini konvertatsiya qilish jarayonini tezligi va kam xarajatliligi hamda oddiyligiga bogʻliq holda aniqla- nadi.
Aksiya– uning aktivini bir qismi me’yorida, korxonaning mulkiy egalariga qoʻyilgan talabdir.
Har kuni televideniya, gazetalarda, radio va internetlarda bozor- ni barcha koʻrsatkichlarini imkoniyatlari haqida: foiz stavkalari, valyuta kotirovkasi va fondlarni indekslari toʻgʻrisida ma’lumotlar berib boriladi. Kelgusida buning mohiyatini ochishga harakat qilamiz.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling