Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti
Download 1.47 Mb.
|
dissertatsiya eng oxirgi..
Tadqiqotning vazifasi: Tadqiqotlarni olib borish davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan: Xorazm viloyatida ekib kelinayotgan Mexnat navli g’o’zani yangi defoliyant bilan defoliyatsiya qilish muddatlari va me’yorlarini o’rganish.
Tadqiqot uslublari: Fenologik kuzatishlar Beydeman uslubidan foydalanib olib borildi. Ishini bajarishda umumqabul qilingan fenologik tajriba - kuzatish usuli, “Dala tajribalarini o’tkazish uslublari” (O’zPITI, 2007) dan foydalanildi. Defoliantlarni ishlatishda qo‘llaniladigan havfsizlik qoidalari: Barcha turdagi defoliantlarni saqlash, yuklash, tushirish va ularni ishlatishda ishtirok etadiganlar tibbiyot ko‘rigidan o‘tgan va havfsizlik qoidalari bilan to‘liq tanishgan bo‘lishlari shart. Ishchilar va mexanizatorlar shaxsiy himoya vositalari, qalin matodan tikilgan kombinzon, rezina qo‘lqop, rezina etik, respirator va himoya ko‘zoynagi bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak hamda ish joyida aptechka bo‘lishi kerak. 45 Ovqatlanishdan oldin albatta, qo‘lni sovunlab yuvish, ishdan keyin dush qabul qilib, undan so‘ng esa ish kiyimlarini uy kiyimlari bilan almashtirishlari kerak. Ish joyida ovqatlanish, suv ichish va chekish qat’iyan man etiladi. Biror bir shaxsda zararlanish holati sezilganda uni darhol ish joyidan chetga olib chiqib, kiyimlar tugmasini yechish, toza havodan nafas oldirish zarur.Yarim litr atrofida iliq suv ichirilib, qayd qildiriladi va tezlik bilan shifokorga ko‘rsatiladi. Defoliatsiya ishlarida 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlar, yoshi 60 dan oshganlar, shuningdek homilador va emizikli ayollarning qatnashishlariga ruxsat etilmaydi. ll bob Xorazm viloyatining geografik joylashuv o`rni va iqlimi Viloyat geografik o‘rniga ko‘ra 40°-31° va 42° shimoliy kengliklar 60°-62° sharqiy uzunliklar oralig‘ida joylashgan. Hududi shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharqqa 280 km, Urganch shahri joylashgan kenglikda g‘arbdan sharqqa 80 km atrofida cho‘zilgan. Viloyatning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumani Olchin qishlog‘i yaqinidagi Nuronbobo to‘qayiga to‘gri keladi. Janubiy chekka nuqtasi esa Tupraqqal’adan bir muncha janubda joylashgan. Xorazm viloyati yer tuzilishi jihatidan ikki qismga: Dengiz sathidan 100-110 m baland bo‘lgan katta shimoliy qismga va dengiz sathidan 120-150 metrgacha baland bo‘lgan chekka janubiy qismga bo‘lish mumkin. Viloyat iqlimi keskin kontinental bo‘lib, maksimal va minimal haroratlar orasidagi farq 78° ga teng.Viloyatning shimoliy va sharqiy tomonlarida tabiiy to'siqlarning yo'qligi Arktika va Sibirdan sovuq havo massalarining bemalol kirib kelishi uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Orol dengizi viloyat iqlimi tashkil topishda sezilarli rol o'ynamaydi. Aksincha, voha iqlimining tashkil topishida Qizilqum va Qoraqum cho'llari katta ahamiyat kasb etadi. Hududning qumlar bilan o'ralganligi havo haroratining +43...+45°C darajagacha ko'tarilishiga olib keladi. O'rtacha yillik harorat 12-13°C, chekka janubiy qismida esa +15°C ga yetadi. Yanvarning o'rtacha harorati janubda -3°C, qolgan hududlarda -4 -5°C ga teng. Vohada eng past harorat -32...-33°C gacha boradi. Viloyat hududida yillik sovuqsiz kunlar o'rtacha 200 kunni tashkil etgani holda, chekka janubda 204, shimoliy qismlarda esa 195 kundan iborat bo'ladi. Urganch metereologiya stantsiyasida o'tgan 30 yil davomida yillik o'rtacha harorat 15,4°C atrofida, fevralda eng sovuq -16°C gacha va eng issiq iyun/iyulda +40°C bo'lganligi qayd qilingan. Viloyat hududining qumlar bilan o‘ralganligi sababli yoz kunlari harorat +43°+45°C darajaga ko‘tariladi. Qish faslida eng past harorat -30°-33°C sovuqni tashkil etadi. Bu yerda yozning issiq, qishning sovuq kelishi ob-havoning sutka davomida keskin o‘zgarishi, yog‘in-sochinning kamligi, havoning quruqligi viloyat iqlimining asosiy xususiyatlaridir. Viloyatda yil davomida quyoshli kunlar ko'p bo'lib, yozda quyosh ufqdan ancha baland kotariladi. Masalan, 22-iyunda Urganchda quyosh ufqdan 71°C ga ko'tariladi. 22 dekabrda esa quyoshning ufqdan balandligi 25,5°C ga teng boladi. Quyosh nur sochib turadigan davr 2900 - 2950 soatdan ziyod bolib, nur sochishi mumkin bolgan davrning 35-50% ni, yozda esa 80-90% ni tashkil qiladi. Musbat haroratlar yigindisi 4000-4400°C darajani tashkil qiladi. Shuning uchun viloyatda yoz oylarida ob-havo kam o'zgaradi. Qishda esa quyosh radiatsiyasi susayadi va kirib kelgan har bir havo massasi haroratni, umuman, ob-havoni tez o'zgartira oladi. Vohaning gidrogeologik sharoiti Amudaryo va sug'orma dehqonchilikka bog'liq. Zahob asosan daryo, kanallar, ariqlardan sizib chiqqan va sho'r yuvish ekinlarni sug'orish natijasida shakllanadi. Georgevskiy B.M. (1937) ma'lumotlariga qaraganda, daryoga yaqin yerlarda zahob tuproq betiga yaqin bo'lib, undan 20-30 km uzoqlikda ular chuqur joylashgan. Lekin shuni ta'kidlash lozimki, Amudaryo hozir yaxshilab jilovlangan, uning suvi Surxondaryo, Qashqadaryo, shu jumladan Xorazm viloyatlari, Turkmaniston Respublikasidagi kanallarga olinishi natijasida viloyatning gidrogeologik sharoitlari butunlay o'zgarib ketgan. Lekin shunga qaramay, sug'orma dehqonchilik rivojlanganligi uchun ziroatchilik qilinadigan yerlarda zahob chuqurligi 1,5-2,5 metrni tashkil etadi. Hamma to'rtlamchi davrda xosil bolgan tuproqning ona jinslari o'zlarining kelib chiqishi bilan quyidagilarga bolinadi: allyuvial jinslar, bular asosan Amudaryo yotqiziqlaridir: Irrigatsiya natijasida xosil bo'lgan jinslar-ekinlarning loyqa suv bilan sug'orilishi va qum yerlarga mexanik tarkibi og'ir tuproq, og'ir tuproqlarga qum solish bilan hosil bo'lgan antropogen tuproqlar. Allyuvial yotqiziqlarining chuqurligi 35-45 m gacha borishi mumkin. Xorazm vohasining hamma sug'oriladigan yerlarida irrigatsiya yotkiziqlari mavjud. Yotqiziqlarning chuqurligiga qarab B.M.Georgievkiy ularni agroirrigatsiya, shahar, qishloq yotqiziqlariga boladi. Shu yotqiziqlarga qarab tuproq xosil bolish jarayonlari va ularning melirativ xolati, xosildorligi ham xar xil boladi Demak dehqonchilik tizimida melerativ ishlarini amalga oshirish, ekinlarni ogitlash, kochat qalinligini aniqlash, ekinlarni sugorish va boshqa agrotexnik tadbirlar shu uch xil sharoitda xosil bolgan tuproqlarga muvofiq ravishda olib borilishi kerak . Xorazm vohasi sharoiti Amudaryo bilan bogliq. Sizot suvlar birinchidan daryodan sizib otishi oqibatida paydo boldigan bolsa, ikkinchisi kanallar, ariqlar, shorini yuvish, ekinlarni sugorishda sizib otishi tufayli xosil boladi. B. M. Georgievkiy (1987) malumotlariga ko'ra daryoga yaqin yerlar sizot suvlari yer betiga yaqin /0,25 - 3 m/ bolib, undan 20 30 km uzoqlikda esa ularning chuqurligi 7 - 8 m, 80 - 100 km 15 20 metrni tashkil qiladi. B.M.Georgievkiy bu ma'lumotlarni keltirgan paytda Amudaryo suvi jilovlanmaganligini unutmaslik lozim. Xozirgi paytda uning suvi juda kop kanallarga oqiziladi va Tuyamoyin suv ombori tashkil bolishi bilan daryoning gidrogeologik tartibi ancha o`zgargan. Hozirga kelib vohada sug'oriladigan yerlarning gidrogeologik sharoitini ko'pincha kanallar, ariqlar va sug'orish tarmoqlari belgilaydi. Xorazm vohasining asosiy dehqonchilik qiladigan hududi sho'rlanishga moyil va meliorativ jihatdan birmuncha noqulaydir. Shu bilan birga ekinlarni sug'orish tarmog'i gidrogeologik sharoitga qarab belgillanishi ham ma'lum. Voha hududiga tushadigan yog’in-sochin miqdori oz bo’lishiga qaramasdan, ya’ni 80-100 mm, u chorvachilik uchun katta ahamiyatga ega. Sababi yaylov o’simliklari namlikni asosan atmosfera yog’in-sochinlaridan va qumlardagi akkumulyativ namlikdan oladi. 2.1.1.-jadval
Paxta va boshqa dehqonchilik madaniylari, shuningdek vaqti-vaqti sug’orib ekiladigan madaniy yaylovlar suniy ravishda sug’orib turiladi, sababi atmosferadan tushadigan yog’in-sochin miqdori juda kam. Shu bilan birga viloyat hududida yer yuzasidan bug'lanish atmosferadan tushadigan yog’in-sochinga nisbatan 15 marta ko’pdir. Xorazm viloyatining bunday o'ziga xos geografik joylashuvi va iqlimining injiqliklariga qaramasdan,bu hududda paxtachilik uzoq tarixga ega. Paxta ekish va undan hosil hamda ibtidoiy usullar bilan bo’lsada chigitdan qora yog’ ajratib olish ko’hna Xorazm vohasining Jayhun daryosi sohili atroflarida bundan 2500-3000 yillar muqaddam boshlangan. Paxta urug’i-chigit savdo karvonlari orqali Misr, Hindiston, ipak qurti Xitoy mamlakatlaridan keltirilgan. Sharqshunos olimlar S.P.Tolstov, Ya.G’ulomovlarning keltirgan ma’lumotlariga qaraganda eramizdan avvalgi ming yilliklarda va X-XII asrlarda Xorazm vohasida ikki yarim million gektar maydonda sug’orma dehqonchilik qilingan. Olimlarning fikriga ko’ra, vohada bug’doy, jo’xori, poliz va bog’dorchilikdan so’ng eng ko’p ekiladigan ekin bu paxta bo’lgan. Afsuski, Xorazmda paxta yetishtirishning mukammal tarixi hozirgacha to’la o’rganilmagan. Akademik Muhammadjon Yo’ldoshevning XIX asrga doir tadqiqotlarida, rus tadqiqotchilari Shkapskiy, Grishfeld, Galkin, Lobachevskiy, Kondrashev, Krasnoslobodskiy va boshqa qator mualliflarning asarlarida paxtachilikka doir ayrim masalalar o’rin olgan bo’lsada sohaning voha mehnatkashlari hayotidagi o’rni, iqtisodiyotga ta’siri yetarli ochib berilmagan. Shunga qaramasdan tarix fanlari doktori, professor xivalik Otaboy Sodiqov o’zining “Xiva va Rossiya iqtisodiy aloqalariga doir” nomli monografiyasida ushbu masalaga ancha oydinlik kiritdi. Moskva, Toshkent, Orenburg arxiv hujjatlarida XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida chor Rossiyasi bilan iqtisodiy aloqalarning kengayishi va tovarpul munosabatlarining o’sib borishi xonlik iqtisodiyotiga, xususan uning qishloq xo’jaligiga ta’sir eta boshladi, deb yozilgan.(Xorazm.uz) Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling